TAKSIDA…
(Qatra)
Kun issiğida yölga çiqib ovora bölmay, deb taksi çaqirdim. Maşina kelib, manzilga yöl oldik.
Xayol surib ketayapman. Eʼtibor berib qarasam, soçlarining oqidan qorasi köp, yuzida horğinlik aks etgan haydovçi maşinani nihoyatda yaxşi boşqarar edi. Köçalarni, odamlarni tomoşa qilib ötirib, közim rulga qistirib qöyilgan qoğozga tuşdi. Qarab, qarab, oxiri qiziqişim ustun kelib söradim:
– Amaki, anavi qoğoz nima?
– Qaysi? Haa, bumi? Bu özbekça sözlarning inglizça tarjimasi.
– Nega??
– Til örganyapman. Bu avvalo özimga foyda. Keyin, nevaralarimning dars qilişiga yordamlaşaman.
– Qoyil, lekin! Neça yoşdasiz, amaki?
– Ellikka kirdim...
Ajabo? Ellik yoşda baʼzilar «böldi, hayotimning yarmidan köpini yaşab qöydim» deb, oyoq-qölini çözvolişadi. Kimdir esa yaşaşda, intilişda davom etadi.
Öylayman, Allohning odamlarni turfa feʼl-atvorli qilib yaratganining ham bir hikmati bordir-da?!
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶