YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYaMIZNING BOŞ MAQSADLARIDAN BIRI – TINÇLIKSEVAR TAŞQI SIYoSAT
Şu yil 30-aprelda ötkaziladigan referendum natijalari har bir yurtdoşimizning kelajagiga, taqdiriga bevosita taʼsir qilişi heç kimga sir emas. Çunki, ayrim qonunlar borki, ular faqat maʼlum toifadagi yoki kasbdagi yoxud yoşdagi aholi qatlamning huquq va manfaatlarini qamrab oladi, ayrimlari esa vaqt nuqtai nazaridan maʼlum muddatgagina amal qiladi. Ammo Konstitutsiya – mamlakat aholisining har birining taqdiriga doimiy boğliq hujjatdir. Şunday ekan yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ham özida davlatimizning oliy maqsadlarini, kuç-qudratini, davlat va fuqaro örtasidagi özaro huquq va majburiyatlar taqsimotini, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatini hamda odil sudlovga erişiş darajalarini belgilab bermoqda.
Taʼkidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri bilan tanişib çiqqan fuqaro loyihaning har bir moddasi zamirida kelajak uçun katta marralar qöyilganini, har bir insonning ertangi kuniga katta işonç tuyğusi yöğrilganligini sezadi.
Konstitutsiyamizning yangi loyihasi hozirgi körinişga kelgunga qadar aholining 220 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kelib tuşgani, şundan tegişli komissiyalar tomonidan 20 mingga yaqin takliflar örganib çiqilgani, Konstitutsiyadagi normalar insonning maktabgaça taʼlim yoşidan pensiya yoşiga yetgunga qadar bölgan umri davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlarini qamrab olgani uning tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi ekanligini isbotlaydi.
Hammamizga maʼlumki, boş Qomusimizning ayrim normalari oldingi tahrirda qoldirilgan bölsa, ayrimlari yangilandi, ayrimlariga esa qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Şu örinda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 4-bobi, yaʼni 17-,18-moddalariga töxtalib ötsak. Amaldagi Konstitutsiyamizda davlatimizning taşqi siyosatiga oid faqat bitta, yaʼni 17-modda mavjud. Unda Özbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari töla huquqli subʼekt ekanligi taʼkidlanib, davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan taşqi siyosatning maqsadi va huquqiy asoslari (xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan printsip va normalari) sanab ötilgan.
Yangi loyihada esa bu qoida va maqsadlar yanada aniqlaştirilgan. Jumladan, 4-bob 18-modda bilan töldirilib, unda Özbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan ikki va köp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirişga qaratilgan tinçliksevar taşqi siyosatni amalga oşirişi belgilab berilgan va Özbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib çiqqan holda ittifoqlar tuzişi, hamdöstliklarga va boşqa davlatlararo tuzilmalarga kirişi hamda ulardan çiqişi mumkinligi qayd qilingan.
Hozirgi globallaşuv davrida xalqimiz boş Qomusida Davlatimizning tinçliksevar taşqi siyosat olib borişi alohida taʼkidlab ötilgani fikrimça muhim ahamiyatga ega. Oxirgi yillarda dunyoda yuz berayotgan bosqinçilik va tajovuzkor harakatlar, buning oqibatida yuzaga kelayotgan gumanitar talofatlar yer sayyorasining har bir fuqarosida tinçlikka bölgan ehtiyojni yanada kuçaytirmoqda.
Maʼlumki, ötgan yillar davomida qöşni davlatlar bilan aloqalarimizning bir muddat sovugani heç kimga sir emas. Muhtaram Prezidentimizning faoliyat boşlagan ilk yillaridanoq mazkur masalaga alohida eʼtibor bilan qarab, qöşni, birodar davlatlar bilan çegralarni oçişi, çegara va bojxona siyosatida yengilliklar va aholi uçun qulayliklar yaratilişi Örta Osiyo xalqlarini yanada jipslaştirdi. Tarixan rivojlangan bordi-keldi va savdo aloqalari, madaniy va ilmiy hamkorliklar öz tizginiga qaytdi. Davlatimizning bunday siyosatini faqatgina qöşni davlatlar emas, xalqaro hamjamiyat ham qöllab-quvvatladi. Natijada yil sayin keskinlaşib borayotgan munosabatlar döstona ruh kasb etdi. Qisqa fursatda Özbekiston dunyo davlatlari uçun turizm markazi, qulay investitsiya makoni hamda madaniy va savdo aloqalari çorrahasiga aylandi.
Davlatimiz taşqi siyosatini bunday ruhda davom ettirişiga işonçimiz komil. Sababi Konstitutsiyada buning huquqiy asoslari töla-tökis va aniq belgilab berilmoqda. Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi boş maqsad qilib qöyilmoqda.
Şunday ekan, 2023-yil 30-aprelda ötkaziladigan referendum, bu şunçaki muhim siyosiy tadbir bölib ötadigan kun bölibgina qolmay, har birimizning, farzandlarimizning tinçligini, farovon va osuda hayotini belgilab beruvçi hujjatning qabul qilinişi uçun ovoz beriladigan kun ekanligini unutmaylik!
Möminjon Matyusupov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maʼmuriy sudi boş konsultanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶