QUTURIŞ KASALLIGIDAN EHTIYoT BÖLING!
Quturiş – ötkir yuqumli zoonoz kasallik bölib, markaziy nerv sistemasining zararlanişi bilan taʼriflanadi.
Infektsiya manbai quturgan uy va yovvoyi hayvonlardir. Itning sölagida virus quturiş belgilari maʼlum bölişidan 7-10 kun ilgari paydo böla boşlaydi. Itdan quturiş kasalligi yuqişi uçun itning odamni tişlaşi şart emas, uning sölagi odam terisidagi şilingan yoki tirnalgan joyiga tuşsa ham kasallik yuqadi.
Yaralangan odam terisiga tuşgan it sölagidagi virus nerv tolalari böylab, boş va orqa miyaga yetib boradi va ularda köpayib, çuqur özgarişlar yuz berişiga sabab böladi.
Kasallikning inkubatsion, yaʼni yaşirin davri 1-2 oy davom etadi, baʼzan 2 haftagaça qisqarişi yoki 1-yilgaça uzayişi mumkin.
Boşlanğiç, yaʼni prodroma davri 2-3 kun davom etadi. Bemor uyqusi buzilib, iştahasi böğiladi. Unda qörquv hissi paydo böladi, kayfiyati özgarib turadi. Keyin bemor atrofga loqayd bölgan holda yotadi. Hayvon tişlagan joydagi jarohat tortişib oğriydi. Suvdan va havodan qörqiş belgilari paydo böladi. Keyinçalik bemor köziga yöq narsalar körinadi, u alahlaydi. Bu davr 2-3 kundan, 5-6 kungaça davom etiş mumkin.
Falaj davrida gidrofobiya ança kamayadi, bemor tinçlanadi, suyuqlik iça boşlaydi. Şu holatda oyoqlar falaji boşlanadi. Şu holat davom etib, bemor yurak faoliyati yetişmasligi oqibatida öladi.
Quturişning davosi yöq. Profilaktikasi – daydi it va hayvonlardan ehtiyot bölişdir. It tişlagan odamlarni öz vaqtida ehtiyotdan emlaş orqaligina hayotini saqlab qoliş mumkin.
Durbek Bobojonov,
tuman SEO va JSB epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶