Salqin içimlik va muzqaymoq isteʼmolida ehtiyot böling
Kunlar isib boşlaşi bilan aholi, xususan, yoşlar orasida salqin içimliklar va muzqaymoqlarga bölgan talab ortişi kuzatiladi. Çanqoqni bosiş va organizmni tetiklaştiriş maqsadida bu kabi mahsulotlar keng isteʼmol qilinadi. Biroq ularni notöğri şaroitda saqlaş va sotiş holatlari inson salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Ayniqsa, uşbu mahsulotlarni isteʼmol qiliş orqali ötkir yuqumli içak kasalliklari, ovqatdan zaharlaniş hamda yuqumli bölmagan boşqa kasalliklarning kelib çiqiş ehtimoli yuqori. Şu bois isteʼmolçilar öz soğliğini asraş maqsadida isteʼmolga masʼuliyat bilan yondaşişi lozim.
Şu kunlarda Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan aholi gavjum joylar — bozorlar, kafeler va jamoat maskanlarida salqin içimliklar, muzqaymoqlar hamda tez buziladigan mahsulotlardan zaharlaniş holatlarining oldini oliş maqsadida profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Turğun savdo şoxobçalarida sotilayotgan mahsulotlardan namunalar olinib, bölim laboratoriyasida ularning kimyoviy va bakteriologik tarkibi tekşirilmoqda.
Muzqaymoqlar sut mahsulotlari toifasiga kiradigan, oziqaviy qiymati yuqori va tez buziladigan mahsulotlar sirasiga kiradi. Salqin içimliklar esa çanqoqni bosişda keng qöllaniladi. Uşbu mahsulotlarning xavfsiz isteʼmoli ularning belgilangan sanitariya qoidalari va davlat standartlariga muvofiq saqlanişi hamda sotilişiga boğliq.
Jumladan, yumşoq — frezerli muzqaymoqlar faqat turğun savdo nuqtalaridan sotilişi mumkin. Savdoga çiqarilayotgan har bir salqin içimlik va muzqaymoq sifat va xavfsizlik talablariga javob beruvçi sertifikatga ega bölişi şart. Ular saqlanayotgan idişlar belgilangan standartlarga mos bölişi, maxsus sovutgiç uskunalar bilan jihozlangan bölişi va isteʼmol muddati körsatilgan muhrga ega bölişi lozim.
Sotiş jarayonida mahsulot bir marta foydalaniladigan idişlarga quyilişi, bu idişlar foydalanilgandan söng alohida konteynerlarda yiğilişi talab etiladi. Şu bilan birga, sotuvçilar tibbiy körikdan ötgan, maxsus kiyim-boşda bölişi va şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilişi zarur.
Afsuski, baʼzan köçalarda, quyoş nuri töğridan-töğri tuşadigan oçiq joylarda, polietilen idişlarda qadoqlangan, qanday şaroitda tayyorlangani nomaʼlum bölgan salqin içimliklar sotilmoqda. Bunday mahsulotlar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi va inson salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Ularni isteʼmol qiliş orqali turli kasalliklar, jumladan, ötkir içak infektsiyalari va ovqatdan zaharlaniş holatlari kelib çiqişi mumkin.
Şuning uçun issiq kunlarda salqin içimliklar va muzqaymoqlar isteʼmol qilişdan oldin har bir şaxs ehtiyotkor bölişi, ularning saqlaş va sotiş şaroiti, qadoqlaniş holati, isteʼmol muddati hamda sotuvçilarning sanitariya talablariga amal qilişiga alohida eʼtibor qaratişi zarur.
Soğliğingiz öz qölingizda — unga beparvo bölmang!
D. Baltabayeva, Amudaryo tumani SEO va JSB oliy toifali şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶