Qahramon şifokorlarga
Hayot gözal, zavqli şunçalar,
Lahzalarda ming xil sinoat.
Baxtga payğom nurli keçalar,
Vatan yaşar mangu salomat.
Şu Vatanni sevib, ardoqlab,
Fidoyilar yaşaydi bunda.
Dilda ezgu qasamin oqlab,
Köngillarga suyanç har damda.
Ana, qarang, yarim tunlarda,
Kezib yurar qişloq oralab.
Yöl muzlagan, izğirinlarda,
Qor yoqqanda hatto böralab.
Heç injilmay ketaveradi,
Hayot uçun kuraş yölida.
Bemorini asrayveradi,
Möʼjiza bor uning qölida.
El osuda, omon bölsin deb,
Qattol virus yölini kesdi.
Har lahzada xalq ğamini yeb,
Öz ğamini tamom unutdi.
Özim kördim, Kovid markazda,
Jon talaşib yaşaganini,
Aziz xalqin asrab közida,
Jon-u mehrin töşaganini.
Azob çekdi xalq bilan birga,
Öz jonini garovga qöyib.
Va yaşadi egiz sabrga,
Tun-u kunning sanoğin yöyib.
Qahramonlar köpdir Vatanda,
Yulduz porlar kökraklarida.
Olim, ustoz... Tengsiz jahonda,
El taʼzimda hurmatlariga.
Qahramondan qaysi biri kam:
Tikka turib oyoqlarida,
Zararlandi hatto özi ham,
"Karantin"ning öçoqlarida.
Menga qolsa, ehtirom bilan,
Yuragimda havas tuyardim.
Şifo ahlin qadrlab çindan,
Oltin yulduz taqib qöyardim!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶