Salomatlik farishtalari – shifokorlarga
Yo oʻlmoq, yo qolmoq maxsus xonada,
Bir inson taqdiri hayot talashar.
Burnida, ogʻzida, najot – moslama,
Oyoq va qoʻllarda darmon ignalar.
Yer bilan osmon ham tortishar tinmay,
Oʻrtada bemorning ruhidir sarson.
Cheksiz boʻshliq sari turar, ucholmas,
Ogʻriq, azoblardan charchagan inson.
Ogʻriqlar ummoni batamom yengdi,
Manzilga keldim, deb toʻxtadi yurak.
Shifokor bemorga, xitobat qildi:
“– Akajon, toʻxta, sen yashashing kerak!”
Bu xitob yashinday koʻzlarni ochdi,
Na iloj, yurak ham ura boshladi.
Isyonkor ruhi ham orqaga qaytdi,
Soʻnayotgan koʻzga qayta nur keldi.
Bu koʻzlar shifokor yuz-koʻzin koʻrmay,
Oppoq libosiga mahliyo boʻldi.
“Akajon”, degan soʻz, totli asalday,
Tana ogʻriqlarin qaygadir oldi.
Bemorning hayoti qayta yaraldi,
Oq libos kiyganlar unga parvona.
Tez kunda sogʻayib uyiga qaytdi.
Qaytadan tanishdi bu olam ila.
Nur ila ishonchdir, maʼsum koʻzlarga,
Shifokor ahlining oppoq libosi.
Bejizga emas bu, ular aslida,
Allohning yerdagi farishtalari.
Odil Shomurodov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶