21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:00
Siyosat 👁 2,719

Oʻzbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga

Oʻzbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga
Aziz mirishkor paxtakorlar!
Qadrli dehqon va fermerlar!
Siz, azizlarni shu kunlarda oʻta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingiz evaziga 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, shartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklashdan, chin qalbimdan hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.
Paxta oʻstirishning oʻzi har qaysi dehqon, fermer va mutaxassisdan naqadar murakkab va ogʻir mehnatni, chuqur bilim va tajribani, ona yerimizga mehrini berib, tuproq bilan tillashib yashashni, loʻnda qilib aytadigan boʻlsak, kundalik fidoyilikni talab qilishini butun elimiz, xalqimiz yaxshi biladi va bu yilgi mavsumda qoʻlga kiritgan zafarlaringizni yuksak baholaydi, desam, ayni haqiqatni aytgan boʻlaman.
Xalqimizda, dehqon uchun oson yilning oʻzi boʻlmaydi, degan teran maʼnoli ibora bor. Bu yilgi mavsum bu fikrni yana va yana bir bor tasdiqlab bermoqda. Bahor faslida havo haroratining odatdagidan nisbatan past boʻlgani, chigitning unib chiqishi 8-10 kunga kechikkani, ayrim hududlarda gʻoʻzani sel va doʻl urib ketgani, turli kasallik va zararkunandalar koʻpaygani, yozdagi suv tanqisligi, kuzning ancha erta va salqin kelgani dehqon va fermerlarimiz uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirdi.
Joriy mavsumning mana shunday noqulay va murakkab kelishiga qaramasdan, birinchi navbatda koʻp yillar davomida toʻplangan tajriba va zamonaviy agrotexnikani samarali qoʻllaganimiz, shular qatorida oʻz vaqtida gʻoʻzani "sharbat” usulida sugʻorib, mahalliy oʻgʻitning orttirib berilgani, olim va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlari tufayli, qanday ogʻir boʻlmasin, hosilni saqlab qolishga erishganimiz, bir soʻz bilan aytganda, dehqon va fermerlarimizning mardligi va matonati, tashabbuskorligi bu yilgi yutugʻimizning qadr-qimmatini yanada oshiradi.
Shu maʼnoda, bugungi yuksak xirmonni bunyod etishda oʻzini ayamasdan, jonbozlik koʻrsatib, aytish mumkinki, qahramonona mehnat qilgan fermer va dehqonlarimizga oʻz nomimdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorchilik izhor etib, ularga tahsin va tasannolar bildirishni ham qarz, ham farz, deb hisoblayman.
Aziz doʻstlar, muhtaram yurtdoshlar!
Hech kimga sir emas, yurtimiz dalalarida yetishtiriladigan hosilning, xususan, paxta xomashyosining taqdiri birinchi navbatda yer unumdorligiga bevosita bogʻliq. Ayni vaqtda dehqonchilikda har qaysi ekin maydoni, har qanday tuproq unumdorligining ham chegarasi borligini unutmasligimiz kerak.
Shu bois barchamizni boqadigan ona zaminimizning kelajagini oʻylab, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha qabul qilgan davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ulkan ishlarimiz qishloq xoʻjaligida qanday katta burilish yasaganini bugun koʻp-koʻp misollarda yaqqol koʻrish mumkin. Oʻtgan 6 yil davomida mamlakatimiz boʻyicha 1 trillion 300 milliard soʻm mablagʻ hisobidan 1 million 750 ming gektar sugʻoriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Faqatgina keyingi ikki yilda paxtachilik boʻyicha hosildorlik 24 tsentnerdan 26,5 tsentnerga oshgani ana shunday keng koʻlamli ishlarimizning muhim natijasi boʻldi, desak, yanglishmagan boʻlamiz.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda yangi gʻoʻza navlarini yaratish, selektsioner olimlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatini ragʻbatlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli 100 dan ortiq yangi navlar yaratilgani, ularning 27 tasi davlat reyestriga kiritilib, amalda joriy etilayotgani ushbu tarmoqning izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, eʼtirof etishimiz kerakki, bugungi kunda Oʻzbekiston sharoitida har qaysi viloyat va tuman uchun mos keladigan, serhosil, yuqori sifatli tola beradigan, ertapishar gʻoʻza navlarini chiqarish va rayonlashtirish eng dolzarb, yechimini barcha dehqonlarimiz orziqib kutayotgan muammo boʻlib qolmoqda. Ana shu muhim masalani hal etish avvalo mutasaddi olimlar, selektsiya sohasida ishlayotgan mutaxassislarning asosiy vazifasi ekanini yaxshi bilamiz va ulardan bunday gʻoʻza navlarini tezroq yaratishlarini kutamiz.
Bu yilgi mavsum davomida biz duch kelgan murakkab sinov va qiyinchiliklarni bartaraf etishda intensiv agrotexnologiyalardan oqilona foydalanib, gʻoʻza qator oralari har yilgidan 4-5-marta koʻp, oʻrtacha 12 martadan ziyod sifatli kultivatsiya qilingani, gektariga 5 tonnadan, jami 13 million tonnadan ortiq mahalliy oʻgʻit berilgani alohida ahamiyat kasb etdi.
Bugun barchamizga ayon – biz qoʻlga kiritayotgan yutuq va marralarning asosiy garovi va hal qiluvchi kuchi boʻlmish fermerlik harakatining oldida turgan muammolarni yechish, uning qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish, qishloq hayotidagi rolini kuchaytirish boʻyicha olib borayotgan ishlarimiz avvalo bu yilgi mavsumni uyushqoqlik bilan oʻtkazishda, yetishtirilgan moʻl hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan yigʻib-terib olishda mustahkam zamin tugʻdirdi, desak, har tomonlama oʻrinli boʻladi.
Buning yaqqol tasdigʻini respublikamiz paxta xirmonining qariyb 90 foizi yuqori sortlarga topshirilgani ham isbotlab beradi.
Nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida erishayotgan marralarimiz avvalambor xalqimizga xos mehnatsevarlik, mardlik va matonat kabi fazilatlarda, hayot oʻzgarishi bilan odamlarimizning ongu tafakkuri tobora oʻzgarib, ularning oʻz yeriga egalik, masʼuliyat va daxldorlik tuygʻusi, oʻz mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti ortib borayotganida namoyon boʻlmoqda va xalqimizning ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
Mana shu quvonchli ayyomda oʻz shartnoma majburiyatlarini birinchilardan boʻlib ado etgan Andijon viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm, Buxoro viloyatlari, barcha viloyatlarimiz mehnatkashlari mamlakatimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qoʻshganini minnatdorlik bilan taʼkidlashni istardim.

Ayniqsa, Amudaryo, Ellikqalʼa, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Baliqchi, Peshku, Olot, Muborak, Yakkabogʻ, Qiziltepa, Navbahor, Namangan, Narpay, Qumqoʻrgʻon, Beshariq, Quva, Gurlan, Xonqa, Xiva tumanlari dehqon va fermerlari belgilangan rejani qisqa fursatda, 20-25 kunda bajarib, koʻpchilikka oʻrnak va namuna boʻlgani tahsinga loyiqdir.

Buxoro tumanidagi "Islom Narziobod”, Jondor tumanidagi "Jonibek Farhod”, Arnasoy tumanidagi "Sangzor”, Doʻstlik tumanidagi "Eshniyoz bobo”, Mirishkor tumanidagi "Kamalak”, Shahrisabz tumanidagi "Umida ona oʻgʻli”, Navbahor tumanidagi "Arslon bobo”, Karmana tumanidagi "Avez bobo”, Paxtachi tumanidagi "Mirzayev Shuhrat”, Qumqoʻrgʻon tumanidagi "Munchoqtepa istiqboli”, Bekobod tumanidagi "Komiljon”, Hazorasp tumanidagi "Gʻofur Ruhiya”, Xonqa tumanidagi "Madir Xonqa” singari hosildorlikni gektaridan 45-52 tsentnerga yetkazib, yuksak natijalarga erishgan ilgʻor fermer xoʻjaliklariga samimiy tashakkur bildiraman.
Shular qatorida fidokorona mehnat qilib, katta hurmat va ehtiromga sazovor boʻlgan fermer va dehqonlarimizga, Vatanimizning ulkan xirmoniga munosib hissa qoʻshgan barcha-barcha insonlarga "Balli sizga, azizlarim!” deb, ularni chin qalbdan tabriklash menga katta xursandchilik bagʻishlaydi.
Muhtaram doʻstlar!
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning paxtachilik sohasida yetakchi mamlakatlardan biri sifatidagi obroʻyi va nufuzi tobora ortib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Yaqinda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oʻninchi Xalqaro Oʻzbekiston paxta va toʻqimachilik yarmarkasida 50 ga yaqin davlatdan dunyo bozorida nom qozongan 1000 dan ziyod yirik firma va kompaniyalarning vakillari ishtirok etib, dehqonlarimizning peshona teri bilan yetishtirilgan paxta tolasiga, avvalambor, uning yuksak sifatiga katta qiziqish bildirgani ham shundan dalolat beradi.
Maʼlumki, 90-yillarda yurtimizda yetishtirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi oʻzimizda qayta ishlanar edi. Oʻtgan qisqa davrda bu boradagi koʻrsatkich 6 barobardan ziyod koʻpaygani hamda bugungi kunda 44 foizni tashkil etib, chet mamlakatlarga sotilayotgan paxta tolasiga yana qoʻshimcha qiymat qoʻshishga imkoniyat yaratayotgani shu yoʻnalishda uzoqni koʻzlab olib borayotgan ishlarimizning amaliy samarasidir.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilda paxtachilikdan olinadigan yalpi daromad oʻtgan yilga nisbatan 12 foiz yoki 400 milliard soʻmdan ortishi kutilmoqda. Bu yil paxta xomashyosini yuqori sortlarga sotishning oʻzidan fermer xoʻjaliklari 200 milliard soʻmdan ziyod qoʻshimcha daromad olishga muvaffaq boʻlishdi. Buning hisobidan biz dehqon va fermerlarimizning, qishloq ahlining daromadlarini oshirishga, koʻzlagan ezgu marralarimizga yetish, el-yurtimizni yanada obod va farovon boʻlishiga erishamiz, inshoollo.
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Mana shunday xursandchilik kunlarda barchangizni mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida qoʻlga kiritilgan katta mehnat gʻalabasi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
El-yurtimiz, xonadonlarimizdan fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!
Yaratganimizning oʻzi barchamizga doimo madadkor boʻlsin!
Hech qachon kam boʻlmang, halol mehnatingizning rohatini koʻring, azizlarim, qadrdonlarim!
Islom Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026