24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 206

XALQ KUTUBXONALARI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

XALQ KUTUBXONALARI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

Prezidentimiz Farmoni bilan har bir mahallada xalq kutubxonalari ochildi. Bu kitobsevarlar uchun ajoyib sovgʻa boʻldi. 7 yoshdan 70 yoshgacha kitobsevarlar kutubxonaga obuna boʻlishdi. Men ham Qipchoq shaharchasida 2018-yil ochilgan xalq kutubxonasiga obuna boʻldim. Oradan 1-yil oʻtgach, obunachilar qadami kutubxonadan yiroqlashdi, chunki kutubxonadagi barcha kitoblar oʻqib boʻlingan, yangi kitoblar yoʻq edi.
Kutubxonadagi kitoblar har xil mavzuda edi, baʼzi bir kitoblarni oʻqiganda ketgan vaqtimga afsuslangan paytlarim ham boʻlgan. Albatta, guruch kurmaksiz boʻlmaydi. Koʻp ham emas, oz ham emas, bir yilga yaqin vaqt davomida kutubxonadagi yoshimga va saviyamga mos boʻlgan kitoblarni oʻqib boʻlgandim. Yangi kitoblar olib kelinganini eshitib, borganimda 16 dona kitob kelgani va 8 dona kitob esa bir xil mavzuda ekani va 8 ta kitobning 6 tasi yengil-yalpi mavzuda yozilganligini bildim. Bu esa yuqorida aytganimdek, kitob oʻqishga sarflangan vaqtga  achinishdan boshqa narsa emas.
Boshqa xalq kutubxonalarini bilmadim, lekin Qipchoq shaharchasidagi xalq kutubxonasining koʻzga yaqqol koʻrinib turadigan kamchiliklari bor. Avvalo, mazkur xalq kutubxonasida kutubxonachi yoʻq, kutubxonaga 3-yildan beri aʼzo boʻlsam-da, aniq bir odam kitoblar bilan shugʻullanganini koʻrmadim. Goh shaharcha fuqarolar yigʻini kotibi, goh boshqa bir mutaxassis “kutubxonachi”lik qiladi.
Baʼzida esa “kitob qabul qilmaymiz” yoki “bermayapmiz”, deyishadi. Eng achinarlisi ham shu.
Qanday kitob borligini ham, bor kitobini kim olib ketishganini ham hech kim bilmaydi. Baʼzi bir kitoblar judayam eski, birining muqovasi yoʻq, yana birining muqovasi boʻlsa, baʼzi bir betlari yoʻq.
Kitobxonlarning yoshiga munosib kitob ham tavsiya qilishmaydi. 13 yoshli kutubxona aʼzosi 30-35 yoshli odam oʻqiydigan kitobni olib ketaveradi. Xalq kutubxonasi borligini haligacha bilmaydigan kitobsevarlar ham bor.
Kutubxonaga aynan kutubxonachilik yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan yoki kutubxonadagi kitoblarning 85-90 foizini oʻqib chiqqan bironta kishi masʼul qilib qoʻyilsa, kitobxonlarning yoshiga va saviyasiga qarab kitob tavsiya qilsa, kitobni qabul qilib olayotganda kitoblarning holatiga eʼtibor bilan qarab qabul qilib olsa, yaxshi boʻlardi. Boshqalar qanday qabul qiladi, bilmadim-u telegram tarmogʻida xalq kutubxonasi kanali ochilsa va bu kanalda kutubxonada bor kitoblar hamda yangi kitoblar haqida maʼlumotlar berib borilsa, yaxshi boʻlardi. Hech boʻlmaganda bir oyda bir guruh shakllantirish, 7 yoshdan 70 yoshgacha obunachilari bilan musobaqa oʻtkazilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi. Buning uchun hech qanday qimmatbaho sovgʻa kerak emas, shunchaki gʻolib guruhga kitob sovgʻa qilinsa, bu kitobsevarlar uchun ham manzur boʻlardi.
Eng asosiysi, xalq kutubxonalari shahar, shaharcha, mahalla fuqarolar yigʻini binosida emas, balki kichkina boʻlsa ham boshqa bir binoda faoliyatini davom ettirsa, menimcha ibratli ish boʻlardi. Xalq kutubxonasi faoliyatini televideniye va radio kanallarida yoritib borish ham kitobsevarlar uchun katta eʼtibor boʻlardi.

Qarshigʻa Alimboyeva,
Daryoboʻyi mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026