Jayxun ilhomlari
Karantinda
Salomatlik – tuman boylikdir,
Soğlom odam xuş çiroylikdir.
Soğligingiz himoya qiling,
Karantinga rioya qiling.
Toza bölsin yuz-u qölimiz,
Toza bölsin niyat, dilimiz,
Oydin bölar şunda yölimiz,
Soğligingiz himoya qiling,
Karantinga rioya qiling.
Kuraş bilan tirikdir inson,
Hayot özi sinov – imtihon,
Kerak qatʼiy tartib-intizom,
Soğligingiz himoya qiling,
Karantinga rioya qiling.
Maşaqqatning rohati bölar,
Quvonçning vaqt-soati bölar,
Pölat Juman baxtingiz tilar,
Soğligingiz himoya qiling,
Karantinga rioya qiling.
Pölat Xudoyberganov,
faxriy jurnalist.
Kelajakdan umid
Yetim bilar ota-ona qadrini,
Farzand ne, biladi tirnoqqa zorlar,
Biz bilan qöşilib, birga tilaydi,
Jonga jon payvandlar ham döst-u yorlar.
Xudoyim bergandan könglim tölibdi,
Şukur, farzandlarim baxtli bölibdi!
Dunyoning ğalvasi turlidan turli,
Kim dunyo yiğadi,kim şon deb yonar,
Ilm olgan özadi – bezab umrni
“Ezgu fikr, amal, yaxşi söz qolar” –
Donolardan olib taʼlim-u saboq,
Öğlim olim bölar zör, inşaalloh!
Soya-nur, oq-qora – olam mos-u zid,
Odamzod ham şunday: orif yo johil,
Köp tilagi köldir, Allohdan umid:
Umri, rizqi, tolei but, xulqi asil –
Öğlim köngli qorday sof, oq böladi,
Inşaalloh, umri gul, boğ böladi!
Mehr-u oqibatga begona bölib,
Odam bölmay ötar baʼzi insonlar,
Ular keldi nima, kelmadi nima –
Qurtça, qumursqaça bölmagan jonlar.
Öğlim qalbi mehr, nurga töladi,
Inşaalloh, Inson – Odam böladi!
Yigit-qiz kamolga,böyga yetadi,
Alloh Özi sevib ravo körgan çoğ,
YaNGI Özbekiston barpo etadi!
Şodlik, baxtga bölib yana bu dargoh
Töyxona böladi – mehmon töladi,
Inşaalloh, şunda hamma birga böladi!
Tursunboy Abdullayev.
SOĞINÇ
Xavotirlar bilan ötgan kunim aytsin,
Uyqu bilmay bedor ötgan tunim aytsin,
Har biringning yöllaringda tentiragan,
Orom bilmas, özni demas yurak aytsin –
ÖZI uçun yaşolmagan şirin jonim!
Kelarmu, deb yöl qaragan közim aytsin,
Soğinçlarda azoblangan dilim aytsin.
Boraversam, malol bölsa kuyovlarga,
Deya, hadik bilan ötgan kunim aytsin.
Farzandlarim – yoğdu soçgan oftoblarim!
Onajonim, endi bildim ahvolingni,
Keça-kunduz yölga qarab zorligingni.
Mana bugun yoşim ötib, ulğayganda,
Sening ahvolingga tuşib turibman-da.
Soğinçlarin aytolmagan onajonim!
Nolimayman, farzandlarim atrofimda
Axir endi har birining uyi bor-da.
Şukr qilay Allohimga, heç kamim yöq,
Faqatgina yurt soğinçi örtamoqda –
Ota-onam hoki yotgan ona yurtim.
Singillarim, qarindoş-u döst-yorlarim,
Şunça yillar yetaklaşgan kasbdoşlarim.
Heç bölmasa kira qoling tuşlarimga,
Suhbatlaşib, tarqab ketsin ğuborlarim.
Faqat endi xayollarga qoldi kunim...
Şukur qilay, çet eldamas, yurtimdaman,
Bir ming bir yuz kilometr nima degan,
Bir qadam-ku, deyişadi farzandlarim,
Ular qaydan bilsin mening soğinçlarim?
Tuproğingni közga surtay ona yurtim –
Amudaryom, kindik qonim tomgan elim!
Jumagul Yunusova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶