Öquvçilar “Jayhun ilhomlari” nomli NNT qoşidagi kutubxona bilan tanişdilar
Xabaringiz bor, 21-27-aprel kunlari mamlakatimizdagi barça hududlarida “Özbekiston – kitobxonlar yurti” şiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari yuqori saviyada taşkil etildi. Bu yilgi haftalikni yanada mazmunli va boy tarzda taşkil etiş maqsadida köplab yangi va diqqatga sazovor ğoyalar amalga oşirildi.
Har yili ötkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi” davlatimizda kitob mutolaasini rağbatlantiriş, adabiyotga bölgan qiziqişni oşiriş, kitobxonlik madaniyatini xalq orasida keng tarqatiş maqsadida yölga qöyilgan muhim tadbirlardan biridir. Kitobxonlik madaniyati xalq tafakkurini rivojlantirişda muhim rol öynaydi. Şuning uçun kitobxonlik haftaligi doirasida ötkazilgan tadbirlar aholining har bir qatlamini qamrab olişga qaratilgan edi.
Tadbirlar doirasida 40-sonli maktabning kutubxonaçisi Gulçiroy Davlatboyeva boşçiligida bir guruh kitobxon öquvçilar “Jayhun ilhomlari” nomli NNT qoşida taşkil etilgan kutubxona bilan tanişdilar. Bu kutubxona özining boy fondi, milliy va zamonaviy özbek hamda jahon adabiyotining nodir namunalari bilan aholining eʼtiborida. Tadbir davomida maktabning 8-sinf öquvçilari nodir adabiyotlar bilan yaqindan tanişib, mutolaa ahamiyati va kutubxonaga aʼzo böliş tartibi haqida batafsil maʼlumot olişdi. Bu amaliyot öquvçilarda kitobga bölgan qiziqişni yanada kuçaytirib, ularni intellektual ösişga, bilim olişga rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Kutubxonalardagi bu kabi tadbirlar, albatta, har bir yoş avlodning kitobga bölgan qiziqişini va yozuvçilarga, mualliflarga ehtiromini yuksaltirişga yordam beradi. Kitobxonlik haftaligi doirasida taşkil etilgan bunday tadbirlar xalq tafakkuri va madaniyatini rivojlantirişning muhim vositasi bölib xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶