SAFARBOY SURATÇI MATUBOTNING ÇINAKAM FIDOYISI EDI
Gazeta işida nafaqat ijodkorlar, yaʼni qalam ahlining, balki uning sahifalarini suratlar bilan bezatuvçi, texnik xizmat körsatuvçi xodimlarning ham örni alohida.
El orasida “Safarboy suratçi” nomi bilan tanilgan, fotomuxbir Safarboy Şomurodov ham tumanimiz gazetasi fidoyilaridan biri edi.
Safarboy Şomurodov 1934-yilda Qipçoq tumanida, dehqon oilasida dunyoga keldi. Ovuldagi maktabning 7-sinfini bitirgaç, 1952-yildan Toşkent şahridagi madaniy-oqartuv texnikumida öqidi. Orada harbiy xizmatni ötab keldi. Texnikumni tugatgaç, tuman Madaniyat uyida ommaviy tadbirlar uslubçisi bölib işlay boşladi. Iş bilan bir qatorda Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat Pedagogika institutining kutubxonaşunoslik fakultetida sirtdan öqidi.
Safarboy aka madaniyat sohasida işlaş bilan bir qatorda yoşligidan havas qilgani – suratkaşlik işini ham birdek olib bordi. Tumanda ötkazilayotgan har bir ommaviy tadbir, muhim sanalar, el xizmatidagi fidoyi insonlar S.Şomurodov tomonidan foto qoğozlarda muhrlanib boraverdi.
1957-yilning oxirida Qipçoq va Manğit tumanlari birlaştirilib, Amudaryo tumani taşkil etildi va davriy naşr “Amudaryo haqiqati” gazetasi çop etila boşladi. Bu davrlar içida suratkaşlikda katta tajriba töplagan Safarboy aka el orasida tanila bordi. 1965-yilning iyun oyidan boşlab, u “Amudaryo haqiqati” gazetasida foto muxbir sifatida öz faoliyatini boşladi.
Bunday kişilar haqida gap ketganda çin maʼnoda “halovat neligini bilmay işlagan insonlar”, deb haqli ravişda aytişimiz mumkin. Çunki öşa paytda tuman gazetasi haftasiga uç marta naşr qilingan. Gazetaning öqişli, rang-barang, mazmunan teran, materiallarga boy bölişi, söz bilan surat birligi muhim edi. Har sahifada kamida ikkitadan maqola qahramonlarining suratlari aks ettirilardi. Yoş yigit paytida “Xabarovets”, keyinçalik “Ural” mototsikllarida tumanning har bir nuqtasidagi muhim tadbirlarga öz vaqtida yetib borardi.
Tadbirdan söng, uyga kelib tun yarmigaça kimyoviy usulda plyonka va surat qoğozlarga işlov berib tayyorlaş, quritiş işlarini bajarardi. Tayyor bölgan suratlar Nukus, Gurlan yoki Urganç şahridagi ustaxonalarda temir-klişega köçirilardi. Fotoklişe olib kelinib, bosmaxonada naşr qilinayotgan gazeta sahifasiga qöyilardi.
Bu jarayon ketma-ket davom etaverardi, aytişga oson. Biroq barçasiga ulguriş kerak. Aks holda gazetaning navbatdagi soni naşrdan keçikadi. Foto-muxbir Safarboy Şomurodov barça masʼuliyatni his qilgan holda çarçaş nimaligini bilmay yelib-yugurdi, barçasiga ulgurdi.
Şunday fidoyi insonlarning tinimsiz mehnatlari tufayli “Amudaryo haqiqati” gazetasining nufuzi nafaqat tumanimizda, balki sobiq Ittifoq miqyosida ham yuqori örinlarga kötarildi. Gazeta öz sahifalarida “Ijtimoiy muammolarni keng yoritgani uçun”, “Harbiy vatanparvarlik va baynalminal tarbiya mavzularini yuksak darajada yoritgani uçun” hamda “Işçidehqon muxbirlari xatlari bilan işlaşdagi faolligi uçun” kabi ittifoq miqyosidagi 1- va 2-darajali diplomlar, esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
S.Şomurodov gazetaning fotomuxbiri bölib işlaşi bilan bir qatorda, çin maʼnodagi madaniyat kişisi, maʼrifat tarğibotçisi ham edi. Uning özi minib yurgan ulovini soz holatda saqlaşi, kiyim kiyişdagi orastaligi, öziga zarur foto-uskunalarni saranjom-sarişta saqlaşi va foydalanişi – buning barçasi zavq bilan eslaşga arzigulik.
Tumanning qaysi bir burçagiga, qaysi kasb egalari orasiga bormasin, uni barça xuş kayfiyat bilan kutib olardi. Borgan joyida suhbatni yarim hazil ohangida boşlaşi, kirişimliligi, şirin muomalasi, qangliça lahjada gapirib, suhbatdoşining könglini bir zumda kötarib yuborişi bilan barçaning hurmatini qozonardi.
Universitetni tugatib, jurnalistlik mutaxassisligi böyiça iş boşlagan paytimda Safarboy aka 20 yillik muxbirlik tajribasiga ega inson edi. Tumanning turli joylariga birga borib, maqola qahramonlari bilan hamsuhbat böliş, işlari bilan tanişiş, u bilan qanday munosabatda bölişni şu insondan örgandim. Tajribali mutaxassis bilan birga işlaş men uçun alohida hayot maktabi böldi.
U kişining ajoyib jihatlaridan biri – xotirasi kuçli edi. Özi tuşirgan suratlarning orqasiga yozib yurmasdi. Yigirma yil oldin suratga tuşgan odamning ismini yanglişmay aytib bera olardi. Bir kuni Qangli ovuliga ketayotganimizda “jöramning bolasi armiyadan kelibdi, bir yöla tabriklab ötamiz”, dedi. Uyidan beşikda yotgan gödakning suratini olib çiqdi. Suratda biror yozuv yoki sana yöq. Keyin bilsam, bu armiyadan kelgan yigitning çaqaloq paytida olingan surati ekan.
Yana bir kuni Safarboy Şomurodov bilan xizmat safarida yurar ekanman, uning sumkasida atir sovun va soç-soqol oladigan uskunalarni körib qoldim. Hayron bölib: “Ustoz, uyda soqol olişga vaqt yöqmi?” – deb söradim. Şunda Safarboy aka: “bu narsalar men uçun emas, dalada işlab, soç-soqol oldirişga qöli tegmay yurgan odamlar uçun kerak”, – dedi.
Haqiqatan ham dalada mehnat qilayotgan, mavsumning qizğin pallasida işga berilib ketgan mexanizatorlar, dala işçilarining soç-soqolini dala boşida oldirib, suratga tuşirganlarini körganman.
Tumanimizning köp xonadonlarida eski suratlar bor. Uy egalari: “buni Safarboy suratçi tuşirgan”, – deyişadi faxr bilan. U olgan suratlar albomlarda, arxivlarda, idora daftarlarida ham bor. Bu suratlar tumanimizning 40-50 yillik tarixini özida aks ettirgan durdonalardir.
Hozirgi kunda S.Şomurodovning işini farzandlari Mahmudjon Şomurodov, nabiralari Muhriddin, Öktamlar davom ettirişmoqda. Ustozning örnida bugungi kunda öğli Mahmudjon Şomurodov işlamoqda. Mahmudjon ham bugungi kunda yetuk mutaxassis sifatida elga tanilib, yoş fotomuxbirlarga ustozlik qilmoqda. Axir ot izini toy bosadi, degan gaplar bejiz aytilmagan.
Töğri, hozirgi zamon foto uskunalari ötgan davrlardagidan keskin farq qiladi. Hozirgilari, tezkor, ixçam, sifatli.
Biroq ustoz bosib ötgan ibratli yöl özgarmaydi, eskirmaydi. Bu yöl biz uçun ham, bizdan keyingi avlodlar uçun ham mangu mayoq vazifasini ötayveradi.
Örozali REYIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶