Bir ajoyib zamon keldi…
Manğitda Jumaniyoz usta nomi bilan maşhur bölgan otam yoğoçsoz edi, qöli doim işda, tilidan şukronasi tuşmaydigan odam edi. Öşa zamonlarda ham hunarli xor bölmas ekan-da, bizning tirikçiligimiz boşqalarnikidan ança yaxşi edi. Şuning uçunmi, uyimizga zarurat bilan keluvçilar köp bölar, otam ham, onam ham heç oğrinmay borini örtaga qöyardi.
Uruşdan oldingi yillarda otam Manğitning hozirgi tennis maydonçasi joylaşgan hududga yaqin yerda uç xonali joy qurib, buyra töşab boşpanasizlar yotib-turib yurişi uçun eşigini oçib qöydi. Qişda molimiz uçun ğamlagan ötimiz ham şu yerda turar, bir xonasida şu atrofdagi kişilar yiğilişib nomoz öqirdi.
Xuddi hozirgiday köz öngimda: 1941-yil boşlari edi. Manğit arna böyida (hozirgi Gurlan köçasining arna böyi tarafida) joylaşgan hovlimizga bir kuni uç-tört militsiya xodimlari kelib, ustaxonasida işlayotgan otamning qöliga kişan solib olib ketişdi. Yiğlab "otamni olib ketmang” deb baqirib, çoponining etagiga osilib olsam, otam xotirjam ovozda "yiğlama, qizim, nasib qilsa keçqurunga qolmay kelaman”, dedi.
Onam ikkalamiz kuni böyi tuz totmadik. Keçqurun akalarimning işdan, otamning tergovdan qaytib kelgani çinakam bayram bölib ketdi.
Otamning aytişiça, öşa boşpanasizlar uçun solgan imoratini kimdir "Masjid qurdi” deya "organ”ga yetkazibdi.
Tergovçi otamdan "xudoga işonasizmi, nomoz öqiysizmi”, deb söraganda ha, deb javob bergan ekan. Hademay otamni "quloq” qilişdi. Bor-budimizni tortib olib, katta hovlimizning bir xonasinigina onam ikkimizga yaşaş uçun qoldirişdi. Uç akam uruşga ketib, ikki muştipar yolğiz qolgan kunlarimizda boşimizdan ne bir uqubatlar ötmadi. Tezak terib öçoqqa yoqib, çöğiga non pişirardik. Non pişadi-da kulga bulğanib çiqadi. Uni suvda yuvib yeganmiz.
Hozirgi zamon şunday hur zamon böldi-ki, öng tarafga qarasang ham, çap tarafga qarasang ham közing quvnab ketadi. Biri-biridan obod uylar, yöllar, tinç-xotirjam, ertagi kunidan köngli töq odamlar... nima iş qilaman desang imkon eşiklari oçiq. Xudoyim bu kunlar boqiy bölsin! Yurtni oğir iqtisodiy qiyinçiliklardan, tahlikali kunlardan töğri yöl topib, yoruğ kunlarga olib çiqqan Yurtboşimiz omon bölsin, - deya duo qilaman ertayu keç.
Jumagul JUMANIYoZOVA,
mehnat faxriysi, "Olmazor" mahallasi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶