“Taraqqiyot közgusi”
Amudaryo desalarming evrilib,
Yaxşilikning yöllaridan gul terib.
Dil ğuborin, ğamlarini sidirib,
Tonglar aro tölib-toşib kelgusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Bor dunyosi Söz-u Qoğoz aslida,
Öşal Sözda ming xil parvoz aslida.
Sözlar dildan tilga köçgan faslida,
Köngillarga quvonç olib kirgusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Sakson yilning ortlaridan möralab,
Haq yölida ming bor qoğoz qoralab.
Hurlik, deya yuraklarin poralab
ötgan uluğ bobolarning orzusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Qaranglar-a, şunça mazmun, mohiyat:
Vatan mehri eng bebaho qadriyat.
Sahfasida qulf urib maʼnaviyat,
Zulmatlarning bağrini yoritgusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Kördingizmi, Amudaryo boğlarin,
El rizqining toşib turgan çoğlarin.
Baland-baland oppoq hosil toğlarin,
Jahon ketar yöllar tomon eltgusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Elim, degan mardlarning yuragida,
Yer körmagan alplarning kuragida.
Soğlom Ona, Soğlom Bola tilagida,
Matonat timsoli bölib yongusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Ezgulikka eltar yoruğ yulduz u.
Tunlarning bağrini tilgan kunduz u.
Adolat yölida tolmas hargiz u,
Kuraşçan dillarga mayoq bölgusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Men seni jonim, deb jonimga qöydim,
Bir lahza körmasam özimni yöydim.
Sen bilan qolgan dam bir hisni tuydim,
Umrim osmonini quçmiş yoğdusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
U – Ustoz-muallim! Muqaddas maktab,
Uning-çun el baxti eng oliy matlab.
Amu bolalarin suyib, erkalab,
Kelajakka eltar sarbon bölgusi –
"Taraqqiyot közgusi!”
Közguga bir boqing, unda hayot bor,
Istiqloldan ungan nurli bayot bor.
Eng uluğ niyat bor, taraqqiyot bor,
Amu osmonida Quyoş bölgusi -
"Taraqqiyot közgusi!”
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶