25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 09:34
Jamiyat 👁 96

FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA SUDLAR TOMONIDAN BELGILANGAN TARTIB VA MIQDORDA DAVLAT BOJI UNDIRILADI

FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA SUDLAR TOMONIDAN BELGILANGAN TARTIB VA MIQDORDA DAVLAT BOJI UNDIRILADI

Sudlarga daʼvo arizalari, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari, qarorlari ustidan shikoyatlar, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalar, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyatlar va nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida arizalar berganlik uchun, shuningdek, sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalari berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.

Daʼvogar oʻzining talablarini kamaytirgan, arz qilgan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda toʻlangan boj qaytarilmaydi.

Arz qilingan talablar koʻpaytirilganda yetishmagan summa daʼvoning koʻpaytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.

Pul undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha – undiriladigan summaga, mulk talab qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha – daʼvo qilinayotgan mulkning qiymatiga qarab daʼvoning bahosi belgilanadi. Bir qancha mustaqil talablardan iborat daʼvolar boʻyicha – hamma talablarning umumiy summasiga, aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha – bir yillik toʻlovlarning yigʻindisiga qarab baho koʻrsatiladi. Muddatli toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha – toʻlovlarning yoki beriladigan pullarning yigʻindisiga qarab, lekin koʻpi bilan uch yillik yigʻindisiga koʻra belgilanadi.

Xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha – imoratning haqiqiy qiymatiga qaraladi. Lekin bu miqdor inventarizatsiya bahosidan, inventarizatsiya bahosi boʻlmaganida esa, majburiy sugʻurta bahosidan kam boʻlmasligi lozim. Tashkilotlarga qarashli imoratlarga doir daʼvolar boʻyicha esa, imoratlarning haqiqiy bahosidan kam boʻlmasligi kerak.

Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʻrsatiladi. Daʼvogar koʻrsatgan baho daʼvo qilinayotgan mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol boʻlsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi. Daʼvo qoʻzgʻatilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʻlsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish vaqtida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, bojning kam qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
Toʻlangan davlat boji qonun hujjatlari boʻyicha talab qilinganidan ortiq boj toʻlanganida, ariza yoki shikoyatni qabul qilish rad etilganda, ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli yuritish tugatilgan boʻlsa qisman yoki toʻla qaytarilishi kerak. Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilganligi sababli koʻrmasdan qoldirilsa ham davlat boji qaytarib beriladi.

Davlat bojini qaytarish sudning ajrimi asosida moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha  Amudaryo tumani sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026