KAFTDEK YeRDA BÖSTON YaRATIB...
Baʼzan katta-kiçik davralarda ziroatçilik haqida gap ketganida ayrimlar:
- Xudoyo, dehqonçilik – qora mehnat-a, uni çidaganga çiqargan, - deb qöyişadi oşkora noliş bilan.
Rostdan ham şundaymi? Haqiqiy dehqon odam bunday demasa keragov...
Haqiqiy dehqon... U qaysi yerga qanday ekin ekiş kerak, mehnatning gazagi qay vaqt – barini beş qölday biladi. Eng muhimi, u yerni sevişdan, mehnat qilişdan aslo çarçamaydi.
- Yerimiz – davlatimiz, - deydi "Tölqin” ovulida yaşovçi Ramiza opa Matqurbonova. – Har tong tomorqaga çiqib, nonuşta vaqtigaça işlamasak, çoyimiz heç "qönmaydi”. Şu yerga boğlangan taqdirimizdan hamişa rozimiz. Muhtaram Prezidentimiz: "tomorqa – oila byudjetini möʼtadillaştirib turadi”, - deb bekorga aytmaganlar.
Yer va ziroatçilikning qadr-qimmati haqida alohida mehr bilan sözlayotgan Ramiza opa Matqurbonovani "tölqin”liklar juda yaxşi bilişadi: "Dehqonçilikda ilmi baland ayol”, - deya taʼrif berişadi opa haqida gap ketganida. Suhbat asnosida Prezidentimizning tomorqa xöjaligi yuritişga oid fikrlariga öziça çiroyli izohlar berib gapiradigan, ertalab tomorqasiga çiqib işlamasa, heç çoyi "qönmaydigan” Ramiza opaning xonadonida bölganimizda uning tomorqa xöjaligini yuritişda öziga xos uslubi borligiga guvoh böldik. Avvalo, uy va hovlining sariştaligidan körgan kişining közi yayraydi. Daraxtlar şu darajada mohirlik bilan ekilganki, birining soyasi boşqasiga tuşmaydi. Uzum toklariga esa öta sanʼatkorlik bilan tartib berilgan. Toifi, husayni, xirmoni, çillaki navlari qator ekilgan uzumzorda bahorgi tadbirlar – tok zangilarini kötariş, oziqlantiriş, tuplarini çopqilaş işlari şu darajada sariştalik bilan bajarilganki, boğbonning işiga havas qilmaslikning aslo iloji yöq.
- 2012-yilda 6 million söm kredit mablaği oldik, - deydi oila sohibi, qişloq xöjalik fanlari nomzodi, Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öqituvçisi Xudoyor aka Matyoqubov. – Oilamiz daromadi bilan qöşib 10 million sömlik sarf-xarajat qilib 2 sotix yerga issiqxona qurdik. Umr yöldoşim barça işni öz qöliga olgan. Nasib qilsa, şu yoz mavsumidayoq issiqxonaga ketgan mablağ töliq qoplanadi.
Ramiza opa umr yöldoşiga "yoşulli” deya hurmat körsatarkanlar.
- Yoşullining maslahati bilan iş yuritamiz, - deydi u. – Menga öğlim Amirbek, qayn ukamning öğli Temurbek katta yordam berişadi.
To nafaqaga çiqqunigaça Özbekiston Respublikasi ğöza selektsiyasi va uruğçiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim bölib işlagan, asli kasbi agronom bölgan Ramiza Matqurbonova qaysi vaqtda qanday iş qilişni yaxşi biladi.
Issiqxonada ayni kunda Ramiza opaning işi köpaygandan-köpaygan. Birinçi bölmada ertagi pomidor, karam, baqlajon, bulğor qalampirining köçatlari bozorga olib çiqişga tayyorlab qöyilgan. Yana bir bölmada esa poliz ekinlari uruğlari qadalgan yuzlab mayda qutiçalarda ertapişar tarnak, bodring, ertagi tarvuz, gurvak nihollari allaqaçon unib çiqişni boşlagan bölsa, asosiy bölmada iş eng qizğin pallaga kirgan. Bu yerda köçatlari Toşkent şahridan olib kelib ötqazilgan ertagi pomidor paykali yoppasiga gulga kirgan. Odamning közini yaşnatib, könglini kötaradigan mehnatning çiroyini şu yerda kördik biz.
"Mehnatning çiroyi bölarkanmi?” – deya ajablanmang, eldoş. Agar Ramiza opaning mehridan taft olib, bağrida neça yuzlab köçatlarni gullatib qöygan, atigi 2 sotixgina, kaftday yerda dunyoning gözalligiga röbarö kelsangiz, albatta, nainki gözallik, balki sehr-u sinoatning barçasi mehnatda, yerga muhabbatda ekanligiga guvoh bölardingiz. Yana, bu kaftdek böstonning – tomorqaning egasi 10 million sömlik issiqxona öz xarajatini şu yozda qoplaydi, qolgani faqat foyda, deb xom çötini oldindan quvonib aytib tursa, bu halol va fidoyi mehnatga havas ham, hayrat ham munosib.
- Uzumzor, olmazordan keladigan daromad ham ança bordir-a? – qiziqdim.
- Buning hisobini yoşulli biladi, u kişidan ötib bir narsa deya olmayman, - deydi Ramiza opa kamtarlik bilan.
- Özimizga ham, bozorga olib çiqişga ham yetib-ortadi. Faqat ertagi pomidorning özidan 2 sotix yerdan 1,5 tonna hosil yiğiş niyatimiz bor. Issiqxona xöjaligimiz yangi bölgani uçun qişda hosil yetiştiriş imkoni bölmadi. Lekin tayyor pomidor köçatlarini Toşkentdan olib kelib ötqazdik. Ramiza opangizning va öğlim Amirbekning mehnati bilan pomidor nihollari yoppasiga gulga kirdi. Xudo xohlasa, may oyining örtalariga birinçi hosilni yiğişni boşlaymiz. Hozir Manğit bozorida pomidorning kilosi -5-6 ming söm. Bizning pomidor pişib-yetilgan paytda 3-3,5 ming söm atrofida böladi. Ramiza opangizning hisob-kitobida xatolik bölmaydi. Opangiz bozorni yaxşi örgangan dehqon. Endi 1,5 tonna pomidorni sotişdan keladigan daromadni özingiz hisoblab çiqavering.
Ramiza opaning 2 sotix yerdagi faqat bir bölmadan, kaftdek yerning uçdan bir qismidan oladigan daromadini özimça hisobladim – 4,5-5 million söm atrofida! Qolgan ikkita bölmadagi turli xil köçatlardan olinadigan daromad-çi?
- Endi bunisi sir, - deydi Ramiza opa kulib.- Ayrim köçatlarning bir tupini 400-500 sömdan sotamiz, ayrim turlarini 300 sömdan, deganday.
Vaholanki, issiqxonada mayda qutiçalarda östirilayotgan neça yuzlab, balki minglab köçatlar bor, albatta, ularning sanoğiga yetiş qiyin.
Körganlarim, kuzatganlarim – mehnatning qadrini baland tutgan oddiy bir dehqon ayolning öğli Amirbek va jiyani Temurbekni yoniga olib bir parça yerda böston yaratişga intilib yaşayotgan lahzalari oltinga teng hayotining birgina lavhasi. Bu lavhada katta maqsad sari uluğvor qadam bor, ertangi kunga qatʼiy işonç bor. Öz mehnati ila yaralayotgan gözallikka orzumandlik mujassam. Yana, halol va fidoyi mehnatning şirin, totli noni bilan aziz tökinlik, tökinlikdan yaralgan obodlik, ÖZGARIŞ bor unda!
ÖZGARIŞ. Mustaqil mamlakatimizga xos uluğvor ÖZGARIŞlar – tökinlik, farovonlik va obodlik eng avvalo oila ostonasidan – tomorqadagi iqtisodiy ösiş, yangilikdan boşlanadi. Buni muhtaram Prezidentimiz Mustaqillikning ilk kunlaridanoq eʼtirof etganlar, qimmatli fikrining amaliy isboti uçun tomorqa xöjaligini rivojlantirişning asosiy tamoyillaridan eng muhimi issiqxonalar barpo etişga kirişiş ekanligini taʼkidlaganlar.
Yerim, mulkim degan har bir dehqon yer egasi – mulkdor böldi, kaftdaygina tomorqasi ortidan boy-badavlat böldi.
Şu haqda öylarkanman, 16-20 sotix yeri bor ayrim yurtdoşlarimizning tomorqasiga beda yoki xaşakbop öt ekişdan nariga ötmay, daromad izlab çet davlatlarga çiqib, sargardon kezib, biri ikki bölmay kaytayotganlari, hatto firibgarlar tomonidan aldanib odam savdosi qurboniga aylanib, qolayotganlariga açinib ketaman. Axir möl-köl daromad topişning manbalari öz uyimiz, oilamiz ostonasida - tomorqa yerimizda ham bisyor ekin-ku. Mana, Ramiza opa Matqurbonovaga öxşagan rejali, tadbirli uy bekalari rözğor yumuşlaridan ortib, yerga – tomorqaga mehr qöydi, oila kam-köstini töğrilaşning, farovon va obod turmuş keçirişning uddasidan çiqdi. Qandini ursin! Oilaning har bir aʼzosi uçun moliyaviy muammo yöq. Mol-holi, kurka-yu tovuği, tuxumi-yu don-duni, meva-yu sabzavoti bisyor xonadonda har kuni bir özgariş – qimmatbaho gilamlar, maişiy uskunalar.
Hayotidan, mehnat kunlaridan mamnun, köngli töq insonlargina yaxşi niyatlar qilişadi. Yaxşi niyat - yarim davlat, deydilar. Bu xonadonda ana şunday davlatmandlikni kördik biz.
Robiya YÖLDOŞEVA,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶