19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:11
Jamiyat 👁 162

NURONIYLAR MEʼMORIY OBIDALAR SAYoHATIDAN KATTA TAASSUROTLAR BILAN QAYTDI

NURONIYLAR MEʼMORIY OBIDALAR SAYoHATIDAN KATTA TAASSUROTLAR BILAN QAYTDI

Qilichboy ovulidagi mahallalarda yashovchi bir guruh nuroniylar Respublikamiz hududidagi tarixiy maskanlar, muqaddas qadamjolarga sayohat qilishdi.

Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, shuningdek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan respublikamizda olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari natijasida bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi turistik salohiyati tez surʼatlarda rivojlanib borayotgan hududlardan sanaladi. Respublikamiz hududida sayyohlarni jalb qilish mumkin boʻlgan koʻplab madaniy meros obʼektlari mavjud.

Ulugʻ ajdodlarimizning aqlu-zakosi bilan bunyod boʻlgan madaniy boyliklarimiz goʻzalligidan bahra olishlariga, yurtimiz tarixini yaqindan tanishishlari hamda  madaniy hordiq chiqarishlariga sharoit yaratish maqsadida tumanimizdan bir guruh nuroniy faxriylar uchun mazkur maskanlarga sayohat tashkil etildi. Tuman hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tashabbuskorligidagi ushbu sayohatga Qilichboy ovuli hududidagi mahallalardan 65 nafar otaxon va onaxonlar jalb etildi. Sayohat davomida nuroniylarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va xotirjamligini taʼminlash maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasidan ajratilgan shifokor va hamshiralar, ichki ishlar xodimlari ularga hamrohlik qildilar.

Respublikamiz hududidagi tarixiy maskanlar, muqaddas qadamjolarga sayohat qilish uchun yoʻlga chiqqan nuroniylar dastlab ziyoratni Hakim ota ziyoratgohidan boshladilar.

Moʻynoq tumanida joylashgan ushbu Hakim ota Sulaymon Boqirgʻoniy hazratlari maqbarasi 1978-yilda barpo qilingan. Joʻyborzoda qalamiga mansub “Manoqib” kitobida yozilishicha, Hakim ota, yaʼni Hazrat Sulaymon Qurʼoni karimga oʻzgacha hurmat koʻrsatib, darsga borayotib Mushafni boshiga koʻtarib olar ekan. Buni koʻrgan Ahmad Yassaviy hazratlari uni shogirdlikka taklif etadi. Hakim ota u zotning qoʻlida taʼlim olib, oʻn besh yoshida muridlikni qabul qiladi. Tarixiy asarlarda Hakim otaning shariatga oid oʻttiz ming, tariqatga oid oʻttiz ming va haqiqat borasida ham oʻttiz ming hikmat aytganlari bayon qilingan.

Maqbara ziyorati davomida nuroniylar ziyoratgoh tarixiga oid qiziqarli maʼlumotlardan xabardor boʻldilar va ushbu muqaddas qadamjoning obodonlashtirilishiga hissa qoʻshish maqsadida oʻzlari keltirgan archa koʻchatlarini oʻtqazdilar.

Shundan soʻng, nuroniylar Qoʻngʻirot tumanidagi Dovud ota ziyoratgohiga yoʻl oldilar. Maqbara ziyorati davomida ular Dovud ota hayotiga doir tarixiy maʼlumotlarga ega boʻldilar va ushbu qadamjoga ham koʻkalamzorlashtirilishiga hissa qoʻshish maqsadida archa koʻchatlarini koʻchirdilar.

Darhaqiqat, diqqatga sazovor joylardan boʻlgan Mizdakxan arxeologik kompleksi, Qoʻngʻirot tumani Dovut ota ziyoratgohi, Beruniy tumani Sulton Uvays bobo ziyoratgohi, Moʻynoq tumani Hakim ota maqbarasi, Amudaryo tumani Shayx Jalil bobo maqbarasi, Ellikqalʼa tumani Norinjon bobo maqbarasi, Chimboy tumanidagi Kunxoja va Berdaq shoirlar maqbaralariga sayyohlarning eʼtibori juda katta. Oʻtmishdan meros boʻlib qolgan ushbu maskanlarga mahalliy aholi ham tez-tez tashrif buyurib,  ularning tarixi bilan tanishadi.

Sayohat Xoʻjayli tumanida davom ettirilib, nuroniylar tarixiy obidalardan Mazlumxon Suluv maqbarasini ham ziyorat qildilar.

Rivoyatga koʻra, bu yerdagi sagʻanalardan biri Xorazm shohining Mazlumxon ismli goʻzal qizi dafn etilgan. Sagʻananing tomi 8 qirrali gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz darchalari ganch panjarali. Panjaralarning dumaloq teshikchalariga xona ichini bir tekis yoritib turuvchi doyra shaklidagi qabariq shishalar joylashtirilgan. Katta xonaning chap tomonidagi ravoq orqali kichik xonaga oʻtiladi. Uning devorlari sirkor gʻisht va koshin bilan bezatilgan. Katta xona sahnidagi shohsupaning butun sathiga zan-gori va oq koshindan girih naqshlar ishlangan.

Tarixiy maskanlar haqida shu kabi koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlgan nuroniylar tashkilotchilardan nihoyatda mamnun boʻldilar va ushbu maroqli sayohatga homiylik yordamini koʻrsatgan “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligi raisi Yoqubboy Ashirovga ham minnatdorliklarini bildirdilar.

Yurtimizdagi meʼmoriy obidalar olis oʻtmishdan yodgorlik sifatida barchamiz uchun qadrlidir. Shunday ekan koʻp asrlik tarixga ega boʻlgan ushbu bebaho xazinalarimizni asrab-avaylash, tarixini oʻrganish, muhofaza qilish va kelgusi avlodlarga ham yetkazish, qolaversa, keng targʻib qilish barchamizning vazifamiz sanaladi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026