Yoş sportçilarga Elyor polvon Maşaripov mahorat darslari ötdi
Sönggi yillarda tumanimizda sport sohasini rivojlantiriş, yoşlarning özlari qiziqqan yönalişlar böyiça sport turlari bilan şuğullanişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli nufuzli sport musobaqalarida iştirok etib, sovrinli örinlarni egallab kelayotgan yoşlar safi ösib bormoqda. Bunda, albatta, tuman BÖSM tomonidan hamkor taşkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, tuman hokimligi yordami bilan mahallalar va umumtaʼlim maktablari hamkorligida yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularning sport bilan muntazam ravişda şuğullanişlarini taʼminlaş maqsadida sunʼiy qoplamali sport maydonçalari bunyod etilib, foydalanişga topşirilmoqda. Natija esa quvonarli. Ayni paytda tumanimizdan yetişib çiqayotgan sportçilar orasida Özbekiston, Osiyo, Jahon çempionati va kuboklari sovrindorlari bor.
Yangi 2021-yilning ilk haftasida, 4-yanvar kuni tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabida uşbu maktabning sobiq öquvçilaridan biri, dzyu-do kuraşi böyiça yoşlar örtasida Yevropa oçiq çempionati, Osiyo öyinlari sovrindori, bir neça marta Özbekiston çempioni va Xalqaro musobaqalar sovrindori Elyor polvon Maşaripov bilan tumanimiz yoş sportçilarining uçraşuvi ötkazilib, unda tuman BÖSMda ilk sport tahsilini olgan, ayni paytda jahon sport arenalarida yurtimiz şarafini munosib himoya qilib kelayotgan mohir sportçi Şarofiddin Boltaboyevning erişayotgan yutuqlari, şu barobarida, dzyu-do kuraşining sirlari haqida maroqli suhbat uyuştirildi.
Taniqli sportçi bilan uçraşuv tadbirini tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tojimurodov oçdi va barçani diyorimizga kirib kelgan yangi 2021-yil bilan samimiy muborakbod etdi. Şuningdek, Çorşam Tojimurodov öz sözida Manğit şahrining Navoiy nomli mahallasida tuğilib-ösgan Şarofiddin Boltaboyevning tuman BÖSMda ilk maşğulot boşlagan yillari va sportda erişayotgan yutuqlari haqida qisqaça töxtalib ötdi. Şundan söng, yoşlar örtasida Yevropa oçiq çempionati, Osiyo öyinlari sovrindori, bir neça bor Özbekiston çempioni va xalqaro musobaqalar sovrindori Elyor Maşarripov yoş sportçilarga yurtdoşimiz Şarofiddin Boltaboyevning sabr-matonati, irodasi, kuçli sportçi ekanligi xususida faxrlanib sözladi. Şu bilan birga Şarofiddin Boltaboyevning sportdagi yutuqlari xususida batafsil töxtaldi. Xususan, 2019-yil Birlaşgan Arab Amirliklarining Fujayra şahrida ötkazilgan jahon dzyu-doçilarining Osiyo çempionatida 2-örinni, şu yili Toşkent şahrida bölib ötgan gran-pri musobaqalarida öz vazn toifasida faxrli birinçi örinni egallagani, hozirgi kunda Olimpia yöllanmasini qölga kiritiş maqsadida jahon reytingida oçkolar sonini 2993 taga yetkazib, reytingda 15-öringa kötarilganini yoşlarga faxrlanib sözlab berdi.
Bundan taşqari, Şarofiddin Boltaboyev 2021-yilning 11-13-yanvar kunlari Qatar poytaxti Doxa şahrida «Masters» seriyasidagi yilning dastlabki nufuzli musobaqasida Özbekiston şarafini himoya qiliş uçun jönab ketganini, «Masters» turniri nufuzi jihatidan jahon çempionatidan keyin turişini, bu musobaqada ham yurtdoşimizning ğalaba qozonişiga işonç bildirib, Ş.Boltaboyevni yoş sportçilarga ibrat qilib körsatdi.
Öz navbatida yoş sportçilar Elyor polvon Maşaripovga sport sohasiga oid savollar bilan murojaat qildilar. Elyor polvon yoşlarga yuqori natijalarga erişiş sirlari haqida gapirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Sermazmun muloqot, qiziqarli savol-javoblar bilan ötgan uçraşuvda Elyor polvon Maşaripov yoş sportçilarga mahorat darslarini ham ötdi. Dzyu-do kuraşining öziga xos usullari, sir-sinoatlari yuzasidan BÖSM sport murabbiylari bilan özining bilim va tajribalari, könikmalarini örtoqlaşdi. Murabbiylarning maşğulotlarni tizimli olib borişlari, ayniqsa, iqtidorli yoşlar bilan şuğullanişda maşğulotlarning uzviyligini taʼminlaş yuzasidan tavsiyalar berdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶