PEDAGOG-TARBIYaÇILAR UÇUN “METODIK MAHORAT SOATI” ÖQUV-SEMINARI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini jahon andozalari darajasida takomillaştiriş, sohaga ilğor xorijiy tajribalarni, şu bilan birga davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida faoliyat olib boruvçi yuqori malakali pedagog-tarbiyaçilarning namunali innovatsion ğoyalarini keng joriy etiş orqali tarbiyalanuvçilarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida amalga oşirilayotgan işlar özining ijobiy samarasini bermoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligining 2025-yil 2-sentyabr kungi buyruği ijrosini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli tumandagi tayanç maktabgaça taʼlim taşkilotlarida malakali trener-mentorlar tomonidan innovatsion treninglar, öquv-seminar maşğulotlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 7-oktyabr sanasida tumandagi 40-sonli va 5-sonli tayanç maktabgaça taʼlim taşkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida "Metodik mahorat soati” öquv-seminari taşkil etildi. Öquv-seminarini tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining boş uslubçisi Hulkar Babajanova oçdi va maktabgaça taʼlim tizimiga ilğor xorijiy tajribalarni keng joriy etişning afzalliklari xususida batafsil söz yuritdi.
Mazkur öquv-seminari 40-sonli va 5-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ötkazilib, har birida 27 nafardan pedagog-tarbiyaçilar iştirok etişdi va ularga malakali trenerlar tomonidan sohaga oid qimmatli maslahat va tavsiyalar berildi.
“Maktabgaça yoşda kognitiv rivojlanişni qöllab-quvvatlaş” mavzusida ötkazilgan “Metodik mahorat soati” öquv-seminari yuqori saviyada taşkillaştirildi. Har ikkala davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazilgan öquv-seminari avvalida malakali trenerlar – 40-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktorining örinbosari Albina Esnazarova hamda 5-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktorining örinbosari Gulçehra Yuldaşevalar tadbirning maqsadi va kutilayotgan natijalari yuzasidan zarur maʼlumotlar berdilar. Ular “Maktabgaça yoşda kognitiv rivojlanişni qöllab-quvvatlaş” mavzusidagi maʼruzalari orqali sohaga xorijiy tajribalarni keng joriy etiş böyiça har biri 3 soatlik körgazmali dars-maşğulotlarini olib bordilar.
Maktabgaça yoşdagi bolalarda kognitiv rivojlanişni qöllab-quvvatlaş Singapurça yondaşuv bölib, bunda bolalarda elementar matematik könikmalarni rivojlantiriş, öqitiş yondaşuvi, savol-javoblar va tadqiqotga asoslangan öquvning dastlabki bosqiçida bolaga hisoblaşni örgatiş muhim ekanligi alohida taʼkidlandi.
Aynan ana şunday asosda olib borilgan taʼlimiy va tarbiyaviy işlar bolaning barqaror rivojlanişini taʼminlaydi va eslab qoliş qobiliyati, taʼlimiy maşğulotlarni özlaştiriş könikmalari, iqtidori şakllanadi.
Yuqori işçanlik ruhida ötkazilgan öquv-seminar maşğulotlari iştirokçilar uçun qiziqarli taassurotlarga boy, savol-javoblar va özaro tajriba almaşuvlar asosida ötgani bilan muhim ahamiyatga ega böldi. Mazkur tadbir orqali öquv-seminar iştirokçilari nafaqat xorijiy tajribalarni, balki milliy-maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan innovatsion ğoyalarni amaliyotga joriy etiş böyiça qimmatli maʼlumotlarga ega böldilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶