KAŞANDALIK – UMR EGOVI
Eng köp tarqalgan zararli odat - tamaki çekiş va nos otiş hisoblanadi.
Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, tsianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qörğoşin, margumuş kabilar. Bulardan:
- nikotin arterial qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oşiradi;
- is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, içki sekretsiya bezlari va boşqa aʼzolarning kislorod bilan taʼminlanişini izdan çiqaradi, ularning funktsiyasi buzilişiga olib keladi;
- tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi kontserogen moddalar bor;
- sigareta filtrining sariq-qönğir rangga böyalişiga sabab, tamaki tutunidagi kontserogen modda hisoblangan qatron smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta çekadigan kaşanda bir yilda bir kilogramm katron yutgan böladi. Katron rak kasalligining asosiy sababçisidir.
Rak kasalligi bilan röyxatga olingan bemorlarning 30 foizi, öpka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi kaşandalardir. Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kaşandaning miya, yurak, öpka, jigar, meʼda kabi hayotiy muhim aʼzolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duçor qilib, umriga zavol böladi.
Jumladan, sigareta va nos çekuvçi kaşandalar orasida miokard infarkti kabi oğir kasallik tufayli hayotdan köz yumganlar tamaki çekmaydiganlarga nisbatan 5-marta köp;
Tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak uruğdonida, ayol tuxumdonida işlab çiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, bölajak avlod genofondini kasallantiradi. Miya töqimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanişi oqibatida tuğilgan bolalarning aqliy qobiliyati zaif, feʼl-atvorida asabiylaşiş, xomuşlik, xayoli parişonlik kabi belgilar namoyon böladi.
Kaşandalikning eng köp avj olgani bu – nos çekişdir. Odamda nosga nisbatan ruhiy mutelik dan taşqari jismoniy mutelik yuzaga keladi. Bunday odam öz vaqtida nos qabul qilmasa boşi oğriydi, boşi aylanadi, yuragi öynaydi, böşaşadi, sovuq ter bosadi, iştahasi yöqoladi, ruhiyati buziladi, jahli çiqadi, atrofdagilarga qöpol muomala qiladi, uyqusizlik paydo böladi. Aqliy va jismoniy iş qobiliyati pasayadi, u barça imkoniyatlarini nos topiş va uni qabul qilişga safarbar etişga intiladi.
Köp yillar davomida nos çekiş tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi. Taʼkidlaş joizki, nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avval boş miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kaşandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez öz-özidan, ayniqsa nos qabul qiliş muddati keçikkan paytlarda yomonlaşadi, sal narsaga jahli çiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablaşadi. Fikrlaş, aqliy mehnat qiliş qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlaşadi, öqigan, körgan, eşitgan narsalarini yodida saqlay olmaydi. Özlaştiriş qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar ötişi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy hastalik belgilari ham qöşiladi. Kaşandaning yuragi, öpkalari, jigari, buyraklari zararlanişi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi öynaydi, oğzidan badböy hid keladi, arterial qon bosimi kötariladi, tomir urişi tezlaşadi, rangi oqaradi, lablari kökaradi. Şuningdek, jigar sohasida (öng qovurğa ostida) oğriq paydo böladi. Buyraklari kasallanişi tufayli ertalab uyqudan turganda közlarining osti şişgan böladi. Keçqurun esa oyoqlari şişadi. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, oğiz - til, qizilöngaç, meʼda kabi aʼzolarning rak kasalligi nos otuvçilarda boşqalarga nisbatan bir neça marta köp uçraydi. Şunday qilib, köp yillar nos çekiş natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflaşadi, iş qobiliyatini yöqotadi, vaqtidan ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.
Kaşandalikka barham beriş asosan kaşandaning irodasiga boğliq.
Ikrom Sariboyev,
tuman Salomatlik markazi şifokori.
(Foto - http://zarnews.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶