AMU ELNING ÖZ QIZIGA AYLANGAN ZULXUMOR
Şifo ahli uçun heç qayerda yozilmagan bir qoida bor: kun-u tunning qaysi mahalida bölişidan qatʼiy nazar, bemordan çaqiruv böldimi, sumkasini yelkalab tezda yölga şaylanadi. Öz burçini sadoqat bilan bajarişga kirişadi. Kasbiy faoliyatiga, Gippokrat qasamiga sodiqlik tuyğusi şifokorni har lahzada safarbar holatda yaşaşga undayveradi.
Ularning fidoyiliklari, elim, yurtim, deb intilişlarini his etmoq uçun faqatgina bir keça – tong otgunça bir bemor holatini kuzatmoq kifoya. Zero, şifo ahli butun hayoti, bilim va tajribasi, kuç-ğayratini ana şunday beorom faoliyatga baxş etib yaşaydilar.
Zulxumor Mamatqulova ana şunday yuzlab, minglab fidoyilardan biri. Asli Qaşqadaryolik Zulxumor Mamatqulova öz kasbiy foaoliyati, fidoyiligi, taşkilotçiligi va nihoyatda kirişimliligi bilan amudaryoliklarning aziz farzandiga aylandi. Gastroenterolog-şifokor sifatida yuzlab insonlarning dardiga darmon böldi. Tibbiyot birlaşmasining zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxşi jihozlangan fizioterapiya bölimi taşkil etilişida yelib-yugurdi, bölimni namunali tibbiy muolaja maskaniga aylantirdi. Fizioterapiya bölimi rahbari sifatida bölim uçun ajratilgan xonalarni taʼmirlaş, davolanuvçilar uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş işlariga boş-qoş böldi.
Taşabbuskor şifokor tibbiyot sohasida xususiy sektorni rivojlantirişga hissa qöşiş maqsadida 2017-yilda «Mohidil shifo med» masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi xususiy klinikani taşkil etdi. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oşiriş uçun maxsus litsenziya olgan 2017-yilning 8-sentyabr sanasi Zulxumor Mamatqulovaning hayotidagi eng quvonçli kun bölib qoldi.
Ayni kunda aholiga UZI tekşiruvi, EXO kardiografiya, EKG, laboratoriya tekşiruvlari, kompyuter yordamida umurtqa poğonasini çöziş, uqalaş, parafin, yurak-qon tomir, asab kasalliklari, oşqozon-içak, buyrak, qandli diabet, nafas yöllari kabi kasalliklarni davolaş böyiça xizmat körsatişga ixtisoslaşgan mazkur klinikada bemorlar uçun barça şaroitlar yaratilgan.
«Mohidil Shifo med» xususiy klinikasi şahar markazida, tumanimizning barça ovul va mahallalaridan avtotransport vositalari serqatnov hududda joylaşgani, zamonaviy infratuzilmaga egaligi aholiga manzur. Bundan ham muhimi, 20-öringa möljallangan mazkur şifo maskanida 6 nafar yuqori malakaga ega mutaxassis şifokorlar, 6 nafar örta va 4 nafar kiçik tibbiy xodimlar tun-u kun xalqimiz xizmatida. Aholiga yanada yaxşi qulayliklar yaratiş maqsadida klinikaga öz mablağlari hisobidan yuqori aniqlikdagi «LOGIC» UZI apparati olib kelib örnatildi va 4 ta yangi iş örin yaratildi.
Izlanuvçan, tinib-tinçimas Zulxumor Mamatqulova tibbiyot sohasiga oid yangiliklar va zamonaviy muolaja usullarini özlaştirib boriş bilan birga amaliyotga joriy etiş borasida ham samarali faoliyat olib bormoqda. Klinika rahbari hamda malakali şifokor sifatida u ozoonterapiya muolaja usulini qunt bilan örgandi, tinmay malakasini oşirdi. Natijada klinikada ozoonterapiya muolaja usulini yölga qöydi.
Ozon – bakteriya, virus va zamburuğlarni nobud qiladi, hatto organizmning tiklovçi jarayonlarini tezlaştirib, töqimalarda kislorod yetişmovçiligini bartaraf etadi. Ozonli muolaja, ayniqsa, hozirgi pandemiya şaroitida bemorga juda muhim. Şifokorlarning fikriça, doimiy ravişda ozonli muolaja olib turgan kişi soğlomlaşib, yaşarib ketadi, faqat qatʼiy muolaja tartibiga amal qiliş kerak.
Klinikada 2020-yil boşidan beri 13 ming 562 nafar bemorga sifatli tibbiy xizmat körsatilib, şundan 200 nafardan ziyod bemor ambulator, 545 nafari esa statsionar şaroitda davolanib, oilalari bağriga qaytişdi.
Şifo maskanida davolangan, öz dardlariga şifo topgan insonlar, garçi soğayib ketişsalar-da, bu yerga, Zulxumor Mamatqulova bilan uçraşiş, zarur tavsiyalar oliş uçun tez-tez kelib turişadi. Ularning minnatdor nigohlaridan özlariga hayot gözalliklaridan bahra oliş, soğlomlik baxş etgan najotkor şifokoriga nisbatan mehr va samimiyat tuyğularini ilğab oliş qiyin emas. «Mohidil shifo med» klinikasi ana şunday mehr va samimiyat nurlaridan hamişa çaroğon va gavjum.
Klinika rahbari, oliy toifali gastroenterolog-şifokor Zulxumor Mamatqulovaning har bir iş kuni ana şunday minnatdor köngillar gavjumligida, xalq salomatligini muhofaza qilişdek ezgu maqsadlar bilan ötaveradi. Fidoyi mehnat va xalq mehri bilan sayqallangan kasbiy faoliyati esa Zulxumor Mamatqulovaning umr mazmuniga aylangan. Zero, Amu elining öz qizi kabi aziz Zulxumorxon uçun xalq soğligidan ham uluğroq neʼmat va baxt yöq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶