Çempionlar maskaniga aylangan dargoh: 12-sonli maktab mas-restlingçilarining yutuqlari
Bugungi kunda yurtimizda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va yoşlarni ommaviy sportga keng jalb etiş borasida ulkan islohotlar amalga oşirilmoqda. Ana şunday ezgu saʼy-harakatlarning yorqin natijasini Amudaryo tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi misolida yaqqol körişimiz mumkin. Mazkur taʼlim muassasasida yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida bir neçta sport tögaraklari yölga qöyilgan.
Xususan, 2023-yilda tajribali va fidoyi murabbiy Bahrom Qurboniyazov taşabbusi bilan kuraş va mas-restling sport turlari böyiça maxsus tögaraklar taşkil etilgan edi. Bugungi kunda maşğulotlarga nafaqat maktab öquvçilari, balki yon-atrofdagi boşqa taʼlim muassasalaridan ham sportga mehr qöygan yoşlar katta iştiyoq bilan qatnaşib kelmoqda.
Murabbiy Bahrom Qurboniyazov qöl ostida şuğullanayotgan sportçilar qisqa vaqt içida köplab yirik musobaqalarda munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Şu yilning 17-19-aprel kunlari Samarqand şahrida 16-18 yoşli ösmirlar va yoşlar örtasida ötkazilgan nufuzli musobaqada jami 15 nafar sportçi iştirok etdi. Ulardan 5 nafari birinçi, yana 5 nafari ikkinçi va 3 nafari uçinçi örinlarni egallab, umumjamoa hisobida Özbekiston böyiça faxrli ikkinçi örinni qölga kiritişdi. Musobaqadan qaytgan jamoa maktab rahbariyati, öqituvçilar va öquvçilar tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Mas-restling çuqur tarixga ega bölgan öziga xos yakkakuraş sporti hisoblanadi. Öyin şartiga köra, ikki sportçi bir-biriga qarama-qarşi holatda ötiradi, oyoqlarini maxsus taxtaga tirab, örtadagi tayoqni öz tomoniga tortişga harakat qiladi. Kim raqibini öz tomoniga tortib öta olsa yoki tayoqni qölidan çiqarib yuborişga majbur qilsa, öşa iştirokçi ğolib deb topiladi. Bu sport turi sportçidan tezkor fikrlaşni, töğri taktika tanlaşni va kuçli ruhiy bardoşni talab etadi. Qaçon bor kuçni işga soliş, qaçon sabr qilib raqibni çarçatiş va qaçon keskin hujumga ötişni biliş — ğalabaning asosiy omilidir. Şu boisdan ham, mazkur sport turi insonni har tomonlama çiniqtiradi, yoşlarda jasurlik, mehnatsevarlik va qatʼiyat ruhini şakllantiradi.
Uşbu sport turi bilan şuğullanib kelayotgan tögarak qatnaşçilarining zafarli yurişlari 2023-yilgi Özbekiston çempionatidan boşlangan bölib, öşanda sportçilar muvaffaqiyatli iştirok etib, navbatdagi xalqaro turnirlarga yöllanmani qölga kiritişgan edi. 2024-yilning may oyida Nukus şahrida bölib ötgan mas-restling böyiça Osiyo çempionatida esa 10 nafar öquvçi qatnaşdi va ularning 1 nafari oltin, 2 nafari kumuş hamda yana 2 nafari bronza medallariga sazovor böldi. 2025-yilda ötkazilgan Özbekiston çempionatida 12 nafar sportçi qatnaşdi va Qirğiziston Respublikasida bölib ötgan Osiyo çempionatiga yöllanmani qölga kiritdi. Qitʼa birinçiligida ham amudaryolik yoşlar ikkita kumuş va uçta bronza medalini qölga kiritib, yurtimiz bayroğini baland kötardilar.
Bunday yuqori natijalarga erişişda 12-sonli maktab rahbariyatining sport tögaraklari faoliyatini doimiy ravişda qöllab-quvvatlab kelayotgani, maşğulotlar uçun zarur barça şart-şaroitlarni yaratib berayotgani muhim omil bölmoqda. Şu bilan birga, ota-onalarning ham farzandlari tanlagan yölni maʼqullab, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişiga katta hissa qöşayotganini alohida eʼtirof etiş örinlidir. Bularning barçasining negizida esa, şubhasiz, trener Bahrom Qurboniyazovning maşaqqatli va samarali mehnati yotibdi. Uning öz kasbiga bölgan sadoqati va yoşlar tarbiyasidagi yuksak masʼuliyati munosib baholanib, 2025-yil yakunlariga köra, Özbekiston mas-restling federatsiyasi tomonidan "Eng yaxşi trener" kökrak nişoni bilan taqdirlangani ham sözimizning yaqqol isbotidir.
Bugungi kunda tögarakda jami 52 nafar öğil-qiz ikki smenada muntazam ravişda maşğulotlarda iştirok etişmoqda. Endilikda yoş sportçilar oldinda turgan navbatdagi katta sinov — şu yilning may oyida 13-15 yoşli öquvçilar örtasida bölib ötadigan Özbekiston çempionatiga qizğin tayyorgarlik körmoqdalar. Hamyurtlarimizga uşbu musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶