Amudaryolik pillakorlar qabul maskaniga bir kunda 32-32,5 tonna pilla topşirişmoqda
Xalqimiz pillaçilikni yetti xazinaning biri deyişadi. Haqiqatdan ham pillaçilik sohasi bilan şuğullangan ota-bobolarimizning rözğorlari but, moliyaviy hayotlari tökis bölgan. Pillaçilik sohasi rivojlangan davlatlar esa pillani qayta işlaş orqali olinadigan mahsulotlari bilan jahon bozoridan munosib örin egallagan.
Mamlakatimizda ham pillaçilikka agrar sohaning yetakçi tarmoği sifatida qaraladi va har yili yuqori hosil olinadi. Amudaryo tumani esa Özbekiston miqyosida eng köp pilla yetiştiruvçi tumanlardan biri, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi pillaçilik tarmoği jadal rivojlanayotgan mohir pillakorlar yurtidir. Tuman pillakorlari har yili davlatga 254 tonnadan ziyod yuqori sifatli sanoat xom aşyosi yetkazib berişib, zimmalaridagi şartnomaviy reja va majburiyatlarini ortiği bilan ado etib kelişmoqda.
Tumanda joriy yilgi ipak qurti parvarişlaş mavsumiga ham puxta hozirlik körildi. Avvalo pillaçilik tarmoği bor bölgan fermer xöjaliklari tasarrufidagi mavjud tutzorlarga öz vaqtida zarur işlovlar berilib, agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oşirildi. Ötgan yilgi köçat ekiş mavsumida yangidan bunyod etilgan tutzorlar, şuningdek, avvaldan mavjud bölgan, içki yöllar, ariqlar böylari hamda dalalar çetlaridagi tut daraxtlari erta bahorda yaxşilab oziqlantirildi. Natijada möl ozuqa bazasi yaratildi. Buesa pillakorlr uçun barg yetişmovçiligi bilan boğliq muammoni bartaraf etiş imkonini berdi va amudaryolik pillakorlar mavsumni muvaffaqiyatli boşladilar.
Mavsum boşida “Jayxun silk” MÇJ tomonidan 2024-yil pilla hosili uçun kasanaçilar bilan töğridan-töğri şartnomalar tuzildi. Unga köra, tumandagi pillaçilik yönalişi bor bölgan fermer xöjaliklarining kasanaçi pillakorlariga 4 ming 605 quti sifatli jonlantirilgan ipak qurti uruği tarqatildi va kasanaçilar bilan “Jayxun silk” MÇJ örtasida 296 tonna pilla hosili yetiştiriş böyiça şartnoma tuzildi.
Ipak qurti boqiş mavsumini muvaffaqiyatli ötkaziş maqsadida hududlarga biriktirilgan mutaxassislar tomonidan qurtxonalarning sanitariya holati doimiy nazorat qilib borildi va zarur holatlarda kasanaçi pillakorlarga maslahatlar berildi. Öz vaqtida körilgan çora-tadbirlar, qolaversa, kasanaçilarning tun-u kun fidoyilik bilan qilgan mehnatlari tufayli qurtxonalarda möl pilla hosili yetiştirildi.
Ayni kunlarda “Jayxun silk” MÇJ korxonasining qabul maskanlarida pillani qabul qiliş va dastlabki işlov beriş işlari agrotexnik talablar asosida boşlab yuborildi. Joriy yilgi pilla topşiriş mavsumida Çoyköl ovuli hududidagi fermer xöjaliklarining kasanaçi pillakorlari karvonboşilik qilişmoqda. Mazkur hudud pillakorlari 399 quti ipak qurti uruğidan 25 ming 647 kilogrammlik pilla xirmoni bunyod etişga ahd qilişgan. Ayni paytda hudud pillakorlari kuniga yillik rejaning 10-11 foizi miqdorida, 3 tonnadan ziyod hosil topşirişmoqda.
Şuningdek, Tölqin, Qangli, Qipçoq, Oq oltin ovullari hududlaridagi kasanaçi pillakorlarning ham şijoatlari baland. Ular ham kuniga 1,5- 2tonnadan ziyod hosil topşirib, kun sayin marraga yaqinlaşmoqdalar.
Bugungi kunda pillani qabul qiliş maskanlarida iş qizğin pallaga kirgan. Yillik rejaning kuniga 10-11 foizi miqdorida, bir kunda 32-32,5 tonna pilla topşirişga erişayotgan amudaryolik pillakorlar joriy yilning 4-iyun sanasiga qadar salkam 94 tonnalik pilla xirmonini bunyod etdilar. Şartnomaviy rejani bajariş sari dadil qadam taşlayotgan pillakorlar yana bir neça kundan keyin közlangan marrani zabt etişlariga aslo şubha yöq.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶