SALOHIYaTLI YoŞLAR KAMOL TOPAYoTGAN DARGOH
Bugungi kunda taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar har bir maktab faoliyatida öz ifodasini topmoqda. Zamonaviy bilim beriş, yoş avlodni maʼnaviy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularni zamon talablariga mos kadrlar sifatida şakllantiriş — bugungi kunning ustuvor vazifalaridandir. Amudaryo tumanidagi 19-sonli maktab jamoasi ham ana şu missiyani şaraf bilan ado etib kelmoqda.
Mazkur maktabning hozirgi binosi 1970-yilda qurila boşlagan bölib, 1971-yilda 400-öringa möljallab foydalanişga topşirilgan. Bugungi kunda esa bu yerda 780 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olmoqda. Taʼlim jarayoniga 65 nafar pedagog jalb etilgani maktab jamoasining salohiyati yuqori ekanini körsatadi.
Pedagoglar tarkibi sifat jihatidan ham diqqatga sazovor: 10 nafar oliy toifali, 21 nafar 1-toifali, 14 nafar 2-toifali hamda 23 nafar mutaxassis öqituvçilar faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, 10 nafar öqituvçi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega. Ingliz tili fani öqituvçisi Ayapbergan Qudaybergenovning Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri jamğarmasi hisobidan iş haqiga 70 foiz ustama olayotgani esa yuqori malaka va samarali mehnatning munosib baholanayotganidan dalolat beradi. Maktab öquvçilaridan 12 nafarida milliy sertifikatlar mavjudligi taʼlim sifati natijalarda öz aksini topayotganini körsatadi.
Har qanday yutuq zamirida mustahkam boşqaruv va tizimli mehnat faoliyati yotadi. Maktab rahbariyati deyarli har uni ertalab direktor huzurida yiğilib, kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladi. Maktab direktori Nodira Tajimuratova hafta davomidagi yutuq va kamçiliklarni tahlil qilib, navbatdagi vazifalar yuzasidan aniq rejalar belgilab oladi va tegişli masʼullarga topşiriqlar beradi.
Maktab jamoasining ilmiy yönalişdagi yutuqlari nihoyatda salmoqli. Maktab öquvçisi Jahongir Saʼdullayev fan olimpiadasida tumanda faxrli 1-örinni egalladi. Joriy yilda Markaziy Osiyo davlatlari örtasida ötkazilgan Arximed xalqaro olimpiadasida 6-sinf öquvçisi Bunyodbek Gulmirzayev saralaş bosqiçida oltin, finalda esa kumuş medalni qölga kiritdi. U boşqa xalqaro olimpiadalarda ham yuqori natijalarga erişib kelmoqda. Yoş matematikning muvaffaqiyatlarida ustozi, tajribali matematika fani öqituvçisi Zulfiya Matkarimovaning mehnati beqiyosdir.
Öquvçilar nafaqat taʼlimda, balki mahalliy va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida ham munosib iştirok etmoqda. Jumladan, 2025-yil oktyabr oyida sportning taykvando yönalişida 11-sinf öquvçisi Gulbonu Örinboyeva Özbekiston çempioni böldi. Bu natija maktabda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan eʼtibor samarasidir.
Taʼlim maskanida öquvçilarga faqat bilim beriş bilan çeklanilmasdan, kasbga yönaltiriş işlariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 220-sonli buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida maktabda kasbiy rivojlantiriş soatlari sifatli taşkil etilgan. Bu soatlarni ingliz tili fani öqituvçisi Ayapbergan Qudaybergenov olib borib, öquvçilarga çuqur bilim berişga va ularni kelajak uçun foydali bölgan kasblarga yönaltirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Maktabda fan va kasb tögaraklari ham samarali yölga qöyilgan. Texnologiya fani öqituvçisi Saparboy Tangirbergenov rahbarligidagi “Mohir qöllar” tögaragida öquvçi qizlar biçiş-tikiş va munçoq tikiş böyiça amaliy könikmalarga ega bölmoqda.
Öquv işlari böyiça direktor örinbosari Rustam Ötamuratov, tarix fani öqituvçisi Baxram Saparboyev va matematika fani öqituvçisi Zulfiya Matkarimova tomonidan ötilayotgan qiziqarli darslar öquvçilarning bilim darajasini yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Maktabda darslar özbek va qozoq tillarida olib boriladi. Bu esa köp millatli jamiyatda taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiradi. Yoş va tajribali boşlanğiç sinf öqituvçisi Mahfuza Öpayeva qozoq sinfida bolajonlarga mehr va fidoyilik bilan dars berib, ularni bilim olamiga yetaklamoqda.
Maktab kutubxonasida 1140 ta badiiy kitob va 20 mingdan ortiq darslik mavjud. Öqituvçi va öquvçilar böş vaqtlarida kerakli adabiyotlarni mutolaa qilib, bilim doirasini kengaytirmoqda.
Maktab psixologi Gulşod Xöjanafasova öquvçilar bilan muntazam treninglar ötkazib, ularni qiziqişlariga qarab kasb tanlaşga yönaltirmoqda. Tarbiyasida özgariş kuzatilayotgan öquvçilar bilan yakka tartibda suhbatlar ötkazilib, kerakli tavsiyalar berib borilişi taʼlim-tarbiya jarayonining muhim qismiga aylangan.
Maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog Ğiyosjon Kenjaboyev, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Kunduz Kazakova va maktab psixologi Gulşod Xöjanafasova maktabda ertalabki reyd taşkil etib, öquvçilarning darsliklarni töliq olib kelişi, sumkalarida tiğli buyumlar mavjud yoki yöqligini közdan keçiradi. Bunday tadbirlar maktabda xavfsiz muhit yaratiş va intizomni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, taʼlim maskanida turli sanalar munosabati bilan bayram tadbirlari, adabiy-badiiy keçalar tez-tez ötkaziladi. Ona tili fani öqituvçisi Nafisa Abdullayeva tomonidan 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bağişlab ötkazilgan tadbir ham şular jumlasidandir. Mazkur tadbirda öquvçilar faol iştirok etib, Boburning hayot va ijod yöli, asarlari haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar.
Kuyuk köpir ovulidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi özining köp yillik tarixi, malakali pedagoglari, öquvçilarning yuqori natijalari va pedagoglar jamoasining hamjihatligi bilan namuna böla oladigan taʼlim muassasalaridan biridir. Bunday maskanlarda tarbiya topayotgan yoşlar kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qöşadigan malakali kadrlar bölib yetişişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶