YaNGI TAHRIRDAGI QONUN MILLIY TAʼLIM TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAŞTIRADI
Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 30-oktyabrda ötkazilgan videoselektor yiğilişida hammamiz uçun birdek muhim bölgan – taʼlim masalasi alohida eʼtiborda böldi.
Bu bejizga emas, albatta, zotan taʼlim tizimini isloh qilmay turib, milliy taʼlim standartlarini jahon standartlariga mos va yaqin qilmay turib, millat kelajagi haqida gapirib ötiriş befoyda. Buni 20-asrda qoloq davlatlar qatoridan rivojlangan davlatlar qatoriga qöşilgan köpgina Osiy davlatlari misolida körişimiz mumkin.
Şu örinda Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-sentyabrda imzolangan “Taʼlim töğrisida”gi Qonunning yangi tahriri haqida qisqaça töxtalsak. Qonun 11 bob, 75 moddadan iborat bölib, eski tahriridan farqli ölaroq davlat akkreditatsiyasi, taʼlim kampusi va boşqa şu kabi yangi tuşunçalar bilan töldirildi. Qonun bilan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar belgilab olindiki, bu printsiplar şubhasiz mamlakat taʼlim tizimining sifat va daraja jihatdan yangi bosqiçga çiqqanligini körsatadi. Jumladan, qonunda quyidagi asosiy printsiplar keltirilgan:
taʼlim ustuvorligining tan olinişi;
taʼlim oliş şaklini tanlaş erkinligi;
taʼlim sohasida kamsitişlarga yöl qöyilmasligi;
taʼlim olişga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanişi;
taʼlim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
taʼlim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
taʼlimning uzluksizligi va izçilligi;
ön bir yillik taʼlimning hamda olti yoşdan yetti yoşgaça bölgan bolalarni bir yil davomida umumiy örta taʼlimga tayyorlaşning majburiyligi;
davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablari doirasida taʼlim olişning hamma uçun oçiqligi;
öquv dasturlarini tanlaşga doir yondaşuvning yagonaligi va tabaqalaştirilganligi;
insonning butun hayoti davomida taʼlim olişi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilişning kafolatlanganligi;
taʼlim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va isteʼdodning rağbatlantirilişi;
taʼlim tizimida davlat va jamoat boşqaruvining uyğunligi;
taʼlim faoliyati sohasidagi oçiqlik va şaffoflik kabilar örin oldi.
Qonunga köra endilikda taʼlim oliş huquqi: taʼlim taşkilotlarini rivojlantiriş, taʼlim taşkilotlarida innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş va öquv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qöllagan holda amalga oşiriş, işlab çiqarişdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, keçki, masofaviy) taʼlim olişni taşkil etiş, kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, umumiy örta, örta maxsus taʼlimni va boşlanğiç professional taʼlimni bepul oliş, oilada yoki mustaqil öqiş orqali taʼlim olgan fuqarolarga, şuningdek, umumiy örta taʼlim olmagan şaxslarga akkreditatsiyadan ötgan davlat taʼlim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan ötiş huquqini beriş orqali taʼminlanadi.
Şuningdek, qonun çet ellik fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning ham haq-huquqlarini belgilab ötgan. Masalan, Qonunga köra, çet ellik fuqarolar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq Özbekiston Respublikasida taʼlim olişga haqlidir. Özbekiston Respublikasida doimiy yaşayotgan fuqaroligi bölmagan şaxslar taʼlim oliş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Yangi qonunga köra taʼlim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgaça taʼlim va tarbiya;
umumiy örta va örta maxsus taʼlim;
professional taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
maktabdan taşqari taʼlim.
Qonunning yana bir eʼtiborga molik jihati bu taʼlim oliş şakllarining zamon talablariga moslaştirilganidir. Masalan, Qonunning 15-moddasiga binoan taʼlim oliş şakllari quyidagilardan iborat:
işlab çiqarişdan ajralgan holda taʼlim oliş (kunduzgi);
işlab çiqarişdan ajralmagan holda taʼlim oliş (sirtqi, keçki, masofaviy);
dual taʼlim;
oilada taʼlim oliş va mustaqil taʼlim oliş;
katta yoşdagilarni öqitiş va ularga taʼlim beriş;
inklyuziv taʼlim;
eksternat tartibidagi taʼlim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiliş faoliyati sohasida kadrlar tayyorlaş.
Yangi qonunda taʼlim taşkilotlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligi ham eʼtibor berilgani ham bejiz emas albatta. Sababi zamonaviy taʼlim deganda faqat zamonaviy taʼlim binosini emas, balki uning reyting körsatkiçlari, salohiyati, taʼlim oluvçilarning ijtimoiy himoyasi va boşqaruv borasidagi imkoniyatlari ham tuşuniladi. Şunga köra, endilikda taʼlim taşkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylaştiradi:
taʼlim taşkilotining ustavi;
taʼlim beriş tillari haqida maʼlumot;
davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari;
taʼlim faoliyatining moddiy-texnika taʼminoti haqida maʼlumot;
litsenziya (nodavlat taʼlim taşkilotlari uçun);
taʼlim taşkilotining reytingi;
taʼlim faoliyatini amalga oşiriş uçun davlat akkreditatsiyasi töğrisidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yönalişlari va natijalari, şuningdek ularni amalga oşiriş uçun ilmiy-tadqiqot bazasi töğrisidagi maʼlumot (oliy taʼlim uçun);
taʼlim oluvçilarga stipendiyalar beriş tartibi, ularga ijtimoiy yordam körsatişning mavjudligi va şartlari töğrisidagi maʼlumot;
vaqtinça yaşaş joylarining mavjudligi va yaşaş joylarining soni, şuningdek tölov miqdori töğrisidagi maʼlumot;
pedagoglar va taʼlim oluvçilarning soni, şuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati töğrisidagi maʼlumot.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, qabul qilingan yangi qonun zamon talablari va xalqaro tajribani hamda milliy anʼanalarimiz va tarixiy tajribamizni hisobga olgan holda qabul qilingan bölib, qonun taʼlim sohasidagi bugungi kunning köpgina savollariga javob topib bera oladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶