MAʼRIFAT NURIDAN NURAFŞON XONADON
Ustoz murabbiy, islomşunos Qodirbergan hoji Jumamurodovning 2012-yilda çop etilgan tumanimiz xalq taʼlimi sohasi faxriylari haqida yozgan “Amudaryolik ziyokorlar” nomli kitobini öqib, ulkan taassurotlar olgan, sohaning ilk vakillari hayotiga doir maʼlumotlar könglimda öçmas iz qoldirgan edi. Ayniqsa, Bosuv mahallasida yaşab ötgan, butun hayotini 26-sonli maktabda öqituvçilik qilib, bolalarni savodli qilişga bağişlagan Şomurod Davlatov haqidagi maqola juda taʼsirlantirgan edi. Yozilişiça, u kişi maktabga kelgan bolalarga boşlanğiç taʼlim beriş bilan çeklanmay, kelmagan bolalarni izlab uylariga borib, ota-onasi bilan gaplaşib, bolalarni savodli qiliş zaruratini tuşuntirib, maktabga jalb qilganlar. Hatto oyoğini bosa olmaydigan xasta bir bolani otasi “şu mayib bola öqib kim bölardi”, deganiga qaramay, har kuni orqasida opiçlab olib ketib, öqitib yana uyiga opiçib olib kelib qöygan ekanlar. Oradan kunlar ötib, bola öziga qaratilgan eʼtibordan köngli kötarilibmi yo sinfdoş döstlari qatori harakatlanib, heç kimdan kam bölmay yuriş istagi uyğonganmi, yura boşlagan, keyinçalik butunlay soğayib, oliy maʼlumotli mutaxassis bölib yetişgan ekan.
Ustoz murabbiy bu holatni kitobida “yaxşilikdan yaxşilik unib çiqaveradi”, deya taʼriflanganlar.
“Yaxşilikdan yaxşilik unib çiqaveradi!” Ayniqsa, bu taʼlim sohasida, hali norasida bolalarga ilk saboq berib, harf tanitib ilmli qiliş yölidagi xayrli işlar bölsa... Axir hayotimizdagi jamiki yuksalişlar, yangilanişlar, ezgu işlarning asosi – ilm, maʼrifat ekanligi barçaga birdek ayon!
Hozirgi kunda 2008-yilda 93 yoşida vafot etgan öşa fidoyi muallimning oila qörğonini öğli Rajabboy Şomurodov va kelini Aqljon Şomurodovalar halol mehnatlari ila ziynatlab yaşaşmoqda. Biri-biridan oqil 7 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazib, el qatoriga qöşganlar.
Asli ilm qadrlangan, hayotda insonning öz örnini topişi uçun eng muhim ehtiyoj sifatida farzandlar köngliga singdirilgan oilaning çiroğboni Rajabboy Şomurodov mana 70 yoşga qadam qöydi. Biroq umr böyi bolalarga dars berib çarçadim demaydi, mana şunday maşaqqatli mehnat bilan keçgan umrining har bir lahzasini könglida bir şirin orziqiş bilan eslaydi.
– Uyda öğillarim, qizlarimga doim darslaringizni puxta özlaştiring, sinfda biron narsani sörasam – bilmay turmang, bolalar oldida meni uyaltirmang, deb uqtirardim. Çarçab kelsam ham har kuni uy vazifalarini bajarib bölgaç, birma-bir nazoratdan ötkazardim. Axir öz bolalarim söraganimni bilmay tursa, boşqalar undan ham badtar bölib ketar edi, – deya eslaydi Rajabboy aka.
Farzandlariga ham namunali ota, ham talabçan ustoz böla olgan Rajabboy Şomurodov, ayoli Aqljon Şomurodovalarga Yaratgan inʼom etgan beş öğil, ikki qizning beş nafari ota-ona saʼy-harakatlari, özlarining intilişlari natijasida oliy maʼlumotli öqituvçilar bölib yetişdi. Oilaning tönğiçi Yalğaşbay – 26-sonli maktab direktori, Toşkent Davlat Universitetining matematika fakultetini tugatgan. Öqituvçilik faoliyatini boşlaganiga 28-yil tölgan bölsa, şuning 23-yili rahbarlik lavozimlariga töğri keladi. Akrom – “Ruslan-Sabrina” fermer xöjaligi iş yurituvçisi, Akbarali – 26-sonli, Barno – 33-sonli maktabda, Sanobar – 74-sonli maktabda, Azamat – 26-sonli maktabda öqituvçi, Anvar – 26-sonli maktabda işçi. Hammasi uyli-joyli, öz oila qörğoniga ega.
53 yillik turmuşlarida ularni bugungiday kunlarga yetkaziş uçun tinib-tinçimagan Rajabboy aka bilan Aqljon opaning hozir ham böş vaqtlari bölmaydi. Ota hovlining sakkiz sotixlik tomorqa yeri ularning eng köp vaqtini ötkazadigan manzili. Tonggi ibodatdan söng ular şu yerda erta bahordan to keç kuzgaça mehnat qilib, rözğoriga kerakli poliz, sabzavot mahsulotlarini özlari yetiştiradilar.
Ha, ona zaminimiz saxovatli. Rajabboy aka, Aqljon opalar buni yaxşi his qilişadi. Farzandlarni birin-ketin oliygohlarda öqitiş, uyli-joyli qilişda şugina tomorqa yerdan ungan daromad ham juda asqotgan. Ular tomorqani oila rizqi unadigan va yana farzandlar ilk mehnat könikmasini oladigan tarbiya maskani deb hisoblaşadi.
Ularning, farzandlarining oilalarida bekorçi odamning özi yöq, kelinlar ham öqituvçi, hisobçi. Biroq işdan kelib, uyida ham vaqtini behuda ötkazişmaydi, rözğor taşvişlaridan böşagaç, qaynonasi atrofida yiğilişib, quroq qurab, körpaçalar qavişadi, özlariga kerakli kiyimlarni özlari tikişadi, paypoqlarini ham özlari töqib kiyişar ekan. Bölak çiqqan tört öğilning ham tomorqasida mevali daraxtlar hosil berib turibdi, çorva, parranda boqib ham qöşimça daromad topişadi. Şuning uçun ham xonadonlari obod, turmuşlari fayzli.
Hayotda heç bir niyatga mehnatsiz erişib bölmaydi.
– Bolalarimizni öqitişga, ilmli, yurtimizga xizmat qiladigan insonlar qilib kamolga yetkazişga intildik, yugurib-yelib, topganimizni şu yölda sarfladik. Birin-ketin öqitiş oson bölgani yöq. Mana mehnatlarimizning rohatini körib ötiribmiz.
Aqljon ona “orzularimiz uşaldi” deya quvonib sözlayotgan bölsalar-da, hali niyatlari ham köp. Hozir ularning 18 nafar nevaralarining 2 nafari öqituvçi bölib faoliyatini boşlaşdi, 5 nafari talaba ekan, bu yil yana ikki nafari oliygohlarga kirib, 7 nafar bölibdi. Yana örta maxsus maʼlumot bilan işlayotgan, oilaning kenjatoy farzandi, oilali Sanobar Çirçiq pedagogika institutining sirtqi bölimiga öqişga kiribdi.
– Ötgan yillarda ham harakat qilgandi, biroq töplagan bali kamlik qilgandi. Bu yil qizimning talaba bölganiga judayam quvondim. Suyunçisiga bir pensiyamni kontrakt şartnomasiga berib yubordim, –deydi kulib Rajabboy aka.
Joriy yil ularning oilasida bundan boşqada quvonçli voqealar köp böldi: törtinçi öğil – Akbarali kasb faoliyatida erişgan yutuqlari tufayli “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Dunyoi-dun yaralibdiki, hayotda har kim öz falsafasi bilan yaşaydi. Baxt-saodatni ham har kim öz qariçi bilan ölçaydi, kimdir topganiga, kimdir soçganiga, kimdir birovning könglini oğritganiga quvonadi. Biroq jamiyatda tom maʼnoda maʼrifatli, boşqalarga ham maʼrifat ulaşa oladigan odamlar doim qadrlanadi. Şu boisdan ham Bosuv mahallasida Rajabboy aka, Aqljon opaning obrö-eʼtibori baland, qöni-qöşnilar oilalari ham tinç, ahil bölişi uçun maslahat, yöl-yöriq berib ötirişadi.
Men sözim avvalida nogiron bolani yelkasida kötarib maktabga olib borib öqitib, yetuk mutaxassis bölib yetişiga sababçi bölgan 26-sonli maktab öqituvçisi Şomurod Davlatov haqida aytgan edim. Ana şunday maʼrifatli, fidoyi insonning nevarasi Yolğoşboy Şomurodov mana sönggi ön yildan beri uşbu taʼlim maskaniga rahbarlik qilib keladi. Maktab unga avvalo bobosidan ilk savod olgan, mustaqil hayotga uçirma bölgan muassasasi bölgani uçun, otasi, bobosi izlari borligi uçun ham aziz. Ularga munosib böliş masʼuliyatini esa har doim his qilib turadi.
Maktabda bölganimizda uning iş xonasi bir burçagida artib tozalangan, biroq eskiligi şundoqqina körinib turgan stol, stulga közim tuşdi. Odatda maktab direktorlari xonasi zamonaviy mebellar bilan bezatilib turardi.
– Bilasizmi, – mening könglimdan ötganlarini xuddi sezganday biroz önğaysizlanib gap boşladi Yolğoş Şomurodov. – Bu stolda ötirib aziz ustozimiz Ismoil aka Xöjamurodov 35-yil şu maktabga rahbarlik qilganlar. U kişi şunday talabçan, qatʼiyatli, ğamxör ediki, hamma öqituvçilar, öquvçilar juda hurmat qilardi. Olimpiadalarda örin olgan bolalarni bağriga bosib quvonganlarida hammamizning ham ğolib bölgimiz kelib ketardi. U kişiday böliş qiyin. Ustoz ötirgan stol, stul menga ustoz ibrati, xotirasi hurmati sifatida tursin, deyman.
Direktor sarğayib, böyoqlari köçib ketgan stol, stulni qöllari bilan silab sözlayapti-yu, uning ham köngli bobosi, otasi kabi maʼrifat nuridan yolqinlanib, bu nur bilan atrofidagilarni ham bahramand etmoq istagi kuçli ekanligini teran his qildim. Axir, ustozga ehtirom ham tarbiya-da!
Ha, Rajabboy Şomurodov, farzandlari qörğonini obod, fayzli, saodatli maskanga aylantirgan ham teran tomirlardan oziqlangan maʼrifat-maʼnaviyat bölsa, ajab emas. Tilagimiz – yurtimizda ana şunday ibratli oilalar köpayaversin!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶