“IÇINGNI QIZDIRADI” (mutoyiba)
Mirzaning uyi qişloqning çeti, naryoği keng-möl dehqonçilik dalalari bölgani uçun tuman asalariçilik xöjaligidagilar qirq quti asalari uyalarini olib kelib qöyişdi. Nima, mendan non-oş tilarmidi, deb Mirza özi ruxsat berdi. Asalariçilar bu xonadon egalarining samimiyati, mehmondöstligini körgaç, yaqin oşna bölib qolişdi.
Hozir qutilar soni yuzdan oşdi.
“Bol tutgan barmoğini yalar”, deganlariday, yil – ön ikki oy Mirza xonadonining dasturxoni asalsiz bölmaydi, ança-munça sotişga ham ortadi.
“Mirzaning asali – asl”, –deb Yangiboy aka hamma joyda maqtab yuradi. Asalni oliş paytida “kavsan”dan ham quruq qolmay, uluşini oladi... “Reklama uçun” deb.
Yangiboy aka keçadan beri asalariçilar kelib işlayotganini eşitib, Mirzaning uyiga qarab yöl oldi.
– Assalomu alaykum! Xirmonga barakat! – deb kirib borganida Mirzaning xotini non yopayotgan ekan. Mirza asalariçilarning haydovçisi bilan supada çoy içib ötirar, yana uç yigit töri kökrakka tuşadigan qalpoqni kiyib, maxsus tutunlikni tutatib, asal yiğmoqda edilar.
Qator turgan bidon idişlarga qaraganda, asalning bu yilgi hosili zörga öxşardi.
– Umringizga barakat! Keling, nerdan is bildingiz-ay? – deb, hamişagi quvnoq hazili bilan kutib oldi Mirza, – törga öting.
Yangiboy aka quyuq duo qilib, yuziga fotiha tortgaç, barça bilan söraşib oldi, xirmonlariga yana bir bor baraka tiladi.
– Sen, qizğançiq, aytmaganing bilan arilardan xabar bordi!
– Çoy içing, endi xabar bermoqçiydim, mana, toza asal bilan içing, – deb Mirza çoy içadigan piyoladan kattaroq vazaçadagi asalni yaqinroqqa qöydi.
– Hey, Mirzaboy, buning kiçkina tilimga yuq ham bölmaydi, toza boldan mana bu piyolaga töldirib obkesang-a! Ana, kelinning issiq çöragidan ham ikkitagina, a?! Qölingni oçib tur, xirmon ustida!
– Xöp, xöp, Yangaka, – deb, darrov barini muhayyo qildi Mirza.
Asalariçilar ham bularning hangomalaridan xabardor, ikkalasi bir-birini “uçirib” gaplaşganiga köp guvoh bölişgan. Yangiboy akaning gavdasiga yaraşa iştahasi ham zör edi.
– Mirzaboy, şu sening uyingga kelsam, iştaham oçilib ketadi, hayronman, – dedi piyolani böşatayotib.
– Hovva, özingizning uyingizdagina iştahangiz yopiq böladi sizning, – javob otdi Mirza.
– Yöğ-ey, mehmonlarga köpdan yetişsin, der edim-da, hozirlari xarajat begona bölmasin deb, uyda ham iştaham oçiq böladi, – dedi Yangiboy aka yumşoq çörak bilan kosadagi bolni sidirib olarkan böş kelmay.
– Bizdan ham bir piyola, Yangakang uçun! – qiçqirdi bolçilardan biri, – ob keling, rosa quyuq joyidan solib berayin, juft bölsin-da!
Yangiboy aka bu piyolani ham böşatdi. Hali ikkinçi çörakning yarmidan ozroği bor edi.
– Yangaka! Yana bir piyola obkesinmi?!
– Ob kelaqol, yana bitta çörak ham oldiraqol,–dedi Yangiboy aka undan qaytmasdan, çiranibroq ötirib. Mirza kulib, yana piyolani töldirarkan, bolçilarga ham eşittirib gap otdi:
– Hö, Yangaka, sal xabardorroq böling! Köp yevorsangiz, içingizni qizdiradi bu! Yangiboy aka undan ham baland ohangda qiçqirdi:
– Sen ob kelaver. Köramiz! Körib turibmiz, kimning içi qizişini!
T.ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶