TOMORQA – DEHQON MEHNATI BILAN DAROMAD MANBAIGA AYLANADI
Yurtimizda yozning ayni pişiqçilik davri hukmronlik qilmoqda. Qay bir yurtdoşimizning xonadoniga kirmang, dasturxoni turli yoz neʼmatlari bölgan mevalar bilan tökin. Biri-biridan totli qovun-tarvuzlarni totgan damlarimizda ona zaminimiz saxovatidan könglimiz toğday yuksaladi. Bu neʼmatlar dehqonlarimiz qişning ayozi-yu yozning saratonini pisand qilmay, dalalarda qilgan zahmatli mehnatlari mahsulidir. Dehqon ekkan ekinining ildizi – özining bağrida, deb bejiz aytişmagan xalqimiz.
Ha, çindan-da, bugungi bozorlarimizdagi serob sabzavotlarga, mevalarga dehqonning qalb qöri singgan.
Oq oltin ovulida dehqonçilikning közini biladigan tomorqa egalari köp. Ular öz mahsulotlari bilan tumanimiz bozorlarigina emas, respublikamiz bozorlari tökinligiga munosib hissa qöşişayapti.
Ovuldagi barça xonadonlarning öz tomorqa yeri, qoramollari, yetti xazinaning biri bölgan parrandalari bor. Ular öz oilalarida daromad manbalarini köpaytirib, özlarining turmuşi farovon bölişiga erişayaptilar.
“Jiydali qulon” aholi punktida istiqomat qiluvçi Azimboy Şomurodov ham tomorqani oila iqtisodini yuksaltiruvçi omil deb hisoblaydi. U har yili 40 sotixlik tomorqasida oilasi ehtiyojini qoplaguday mahsulot yetiştirib, ortganini bozorda sotib, tökin-soçinlikka öz hissasini qöşmoqda. U yangi imorat qurib köçib kelgan vaqtlarida hovlisi atrofi şör yer bölganligidan qator yillar faqat şoli ekdi. Uşbu ekin yer hosildorligini oşirib, şörini yuvibgina qolmay yaxşigina daromad ham berdi.
U bir neça yildirki, özi erta bahorda pomidor, bodring, qovun, tarvuz, bulğor qalampiri kabi ekinlar köçatlarini ekib, ertagi ekinlardan ham möl hosil oladigan böldi. Turmuş örtoği Sayyora Qalandarova, öğli, qizi ham “Suhrob-Hojiakbar” fermer xöjaligidagi ijara yeri işlaridan böşagan vaqtlarida asosan tomorqadagi ekinlar parvarişi bilan band bölişadi.
Zaminning şifokori – dehqon deganlariday, neça yillik mehnat evaziga hovlisi atrofini unumdor yerga aylantirgan Azimboy Şomurodov tomorqasini bugun körganlarning bari havas qiladi. Tomorqada yetişgan tarvuz, qovunlar bozorda xaridorgir. Erta bahordan köçirib ötqazilgan pomidor, baqlajon, bulğor qalampiri, köçatlari hosil berayotganiga ikki oydan oşdi. Ötgan yili kuzda ekilgan sarimsoqpiyoz örniga iyun oyi oxirlarida ekilgan 2 sotixça bodringdan ham yaxşi daromad olişayapti. Natijada oila turmuşi farovon, mehnatlari tufayli yaxşi hayot keçirişadi. Ötgan yili yaxşi niyatlar bilan yerdan undirgan mablağlariga töy qildi, Özbekistonda işlab çiqarilgan avtomaşina sotib oldi.
Tomorqa – daromad manbai. Bu iborani köp eşitamiz, aytamiz. Biroq yer bejizga insonni siylamasligini, hosil insonning peşona teri, halol mehnati evaziga bunyodga kelişi haqida çuqurroq öylab körmaymiz.
Taqir yerdan rizq undiriş uçun yil mobaynida mehnat qilinadi, omilkorlik bilan yer tabiatiga qarab ekin turi joylaştiriladi. Azimboy Şomurodov kabi mehnatsevar, zahmatkaş insonlar borki, xalqimiz dasturxoni tökin, totli mevalar serob.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶