Buzoqning yugurgani somonxonagacha
Garchand sudlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarliklar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali, xalq orasida targʻibot ishlari olib borilib, sayyor sudlari oʻtkazilib, fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda bir qanda ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, baʼzi fuqarolar xalol ishlab pul topish oʻrniga qingʻir-qiyshiq yoʻllarni tanlashadi. Shulardan biri Azatov Rustam (ism-shariflari oʻzgartirilgan) begona hovliga emas, balki oʻzing otasi Mansur Zoyirovga oʻgʻirlikka tushdi.
Gap shundaki, R.Azatov yoshligida ota-onasi ajrashib, otasi M.Zoyirov boshqa ayol bilan turmush qurgan, R.Azatov boʻlsa onasi qoʻlida tarbiyalanadi, oʻsha kuni R.Azatov otasiga qasd qilib, qishloqdagi otasining uyiga kechasi borib, mol-mulkini oʻgʻirlash maqsadida, spirtli ichimlik ichgan mast holatda bir bosh sigirini yashirin ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan. Shu tariqa R.Azatov.oʻgʻirlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan sigirni tungi vaqt qishloqdan shahar markaziga qarab yayov olib keladi va tonga yaqin shahar markazidagi mol bozoriga olib chiqib qoʻlga kiritilgan oʻljani arzon bahoda sotib pullik boʻlish istagini amalga oshirmoqchi boʻladi, lekin “buzoqning yugurgani samonxonagacha” degan maqolning isboti kabi bozordagi xaridorlar ham sigirning arzonligini koʻrib sotib olish istagini bildirishmaydi, qolaversa shu kunning oʻzida M.Zoyirov oʻziga tegishli sigirning yoʻqolganini bilib, ichki ishlarga murojaat qilib, sigirining izlaridan kelib shahar markaziga bozorga kirib kelishib, ne koʻz bilan koʻrsinki oʻzining oldingi turmush oʻrtogʻidan boʻlgan oʻgʻli ekanligini koʻradi.
Natijada R.Azatov qilgan ishiga yarasha Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Taxtakoʻpir tuman sudining hukmiga binoan jabrlanuvchining xech qanday daʼvosi yoʻqligini, sudlanuvchi qilmishidan pushaymon boʻlgani va ilgari jinoiy javobgarlikka tortilmagani hamda boshqa yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, sudlanuvchiga ahloq tuzatish jazosi tayinlandi.
Endi bir mulohaza qilib koʻraylik: oʻgʻil oʻz otasining mulkiga koʻz olaytirishi, oradan shuncha vaqt oʻtib, voyaga yetgan vaqtida unga qasd qilgan boʻlib, oʻgʻirlik jinoyatiga qoʻl urishi achinarli holat emasmi.
Shunday ekan kelajak yoshlar qoʻlida ekanligini, ularni qonunga itoatkor qilib tarbiyalash, jinoyat va huquqbuzarliklar hamda ular uchun jazo muqarrar ekanligini tushuntirish borasida hali ham koʻp ishlar amalga oshirishimiz kerak ekanligidan dalolat beradi. Bu esa faqatgina sud organilari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas boshqa davlat organlari, qolaversa fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining maʼsuliyatli boʻlishlariga chaqirib qolamiz.
J.Urazbayev, Jinoyat ishlari boʻyicha Taxtakoʻpir tuman sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶