TABIATDAGI KOʻRINMAS ORGANIZMLAR FOJEASI
Butun yer sayyorasida inson salomatligiga xavf solayotgan koronavirus infektsiyasi qisqa kunda tarqalib, pandemiyaga aylandi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi virusni ekologik qonunlar asosida oʻrganadigan boʻlsak, har qanday tirik organizm oʻzining yashash muhitida faqat ekologik valentligi yuqori boʻlganda, yaʼni hayotchanligi yuqori boʻlsa, atrof-muhitga moslashib, oʻz tirikchiligini davom qiladi, moslasha olmagan organizimlar esa, nobud boʻlishadi. Umuman olganda, buni tabiat qonuni deb tushunish mumkin. Lekin shuni ham inobatga olish kerakki, turli taʼsirlardan organizmlarning moslashuvchanligi ham ortib boradi.
Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu kasallikka chalingan bemorlarda kasallik alomatlari bir xil holatda kuzatilmaydi. Baʼzi bemorlarda kasallik juda yengil, hatto bu virusni oʻziga yuqtirgan bemor sezmasligi, yaʼni oddiy shamollashdek oʻtib ketishi mumkin, baʼzi bemorlarda juda ogʻir oʻtishidan oʻlim holati yuz beradi. Baʼzi maʼlumotlarga karaganda koronavirus infeksiyasi oldin ham kuzatilgan boʻlib, uni keltirib chiqaruvchilar hayvonlar deb qaralgan va virus hozirda tarqalyotgan turlariga nisbatan sustroq va issiqlikka chidamsiz boʻlgani uchun, virusning tarqalishiga qulay zamin yaratilmagan deb taxmin qilish mumkin. Boshqacha aytganda virus oʻzida atrof-muhitga va tirik organizmlarda oʻz faoliyatini olib borish uchun oʻzida yangi immunitetni yaratadi, deyish mumkin.
Odamlarda tabiiy immunitet qanchalik yuqori boʻlsa, bu kasallik yengil oʻtadi va tuzalib ketishi mumkin. Agarda organizm har qanday kasalliklarni yengib oʻtishda sunʼiy immunitetni hosil qilish orqali tuzalishga odatlangan boʻlsa, unda bemor bu kasallikni qabul qilishi oson va kasallik alomatlari ogʻir oʻtishidan bemorning oʻlim xavfi yuqoriroq boʻladi. Chunki organizmning virusni yengishga qurbi yetmaydi va bu viruslar qabul qilingan vositalarga nisbatan moslashgan ham deyish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda vaziyatning qanchalik murakkabligini anglash qiyin emas. Qolaversa, kasallikni bartaraf etishda ilm-fan, ayniqsa, tibbiyot va biolog olimlar oldida hal etilishi kerak boʻlgan eng katta muammolar turibdiki, albatta, zamonaviy ilm-fan bu asr muammosiga yechim topadi.
Nilufar RAJABOVA, QDU magistranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶