26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 23:40
Maqolalar 👁 349

MEHR-OQIBATDAN BOʻY TIKLAGAN OILA

MEHR-OQIBATDAN BOʻY TIKLAGAN OILA

Umrning mashaqqati – uning rohatini taʼminlaydi. Kimki, ezgu niyatlar bilan, ertangi kuniga umid bilan intilsa, hayoti obod, farovon boʻladi.

Aslida hammamiz ham mehr-oqibatdan, halol mehnatdan yuksalgan fayzli xonadonlarni koʻrganimizda havasimizni yashira olmaymiz, manzaradan bahra olish barobarida xonadonda yashovchilar qanday baxtli odamlar ekan-a, deb oʻylaymiz. Biroq chuqurroq mulohaza qilib koʻrsak, har qanday goʻzallikning, obodlikning ijodkori odamlar ekanligini anglaymiz.

Biz ijodiy guruhimiz bilan Oq oltin ovulining Beshtom aholi punktiga borib, ovulning namunali oilalaridan biri sanalmish Sharif Oʻrozovning xonadonini surishtirganimizda koʻcha boshida uchragan yigit:

– Huvv, anavi oldi gulzor uy Sharif ogʻaniki, – dedi koʻcha oxirrogʻiga ishora qilib.

Yaxshining yaxshiligini aytsang – iymoni toshadi, deydi xalqimiz. Oq oltin ovulidagi elga ibrat boʻlgulik, oʻziga xos hamjihatlik, mehr-oqibat va oʻzaro hurmat hukmronlik qilayotgan Sharif Oʻrozovning oilasi haqida hikoya qilishdan maqsadimiz ham shu edi aslida. “... oldi gulzor uy”, degan “taʼrif”dan yana ham koʻnglimiz yuksaldi.

Chindan-da, hovlining fasad qismidanoq qiygʻos ochilib turgan anvoyi gullar, did bilan ekilgan archa va boshqa manzarali daraxtlar koʻchadagi boshqa hovlilardan ajratib turibdi. Hovliga kiraverishda, tomorqadagi bogʻ, did bilan ekilgan turli ekinlar bu yerda yashovchilarning mehnatsevarligidan, omilkorligidan dalolat beradi. Ulkan, chiroyli koʻrinishga ega hovli oldidan boshlab, yoʻlak boʻylab, tomorqa oxirigacha erta bahorda ekilgan piyoz otiz ichida begona oʻt yoʻqligidan baravj nihollar oʻzini koʻz-koʻz qiladi. Kartoshka, sabzi, bodring, pomidor bulgʻor qalampiri kabi ekinlar rivoji ham yaxshi.

Boshingizni koʻtarib qarasangiz yuqorisini koʻrishingiz dushvor boʻlgan oʻriklarni, olma, olcha, shaftoli, nashvati va boshqada mevali daraxtlarni ham Sharif Oʻrozovning oʻzi ekib, parvarish qilgan ekan. Bir tup oʻrik daraxtidan har yili mevasini yeganlari, qishga murabbo qilib gʻamlaganlaridan tashqari 100 kilocha qoqi olishar ekan.

Xonadon bekasi Mohimjonning aytishicha, bogʻdagi uncha katta boʻlmagan shotut daraxti mevasi qishga murabbo, kompot tayyorlashga, yeyishga va yaqinlariga ulashishga ham yetib ortadi.

Tagiga tangaday oftob tushmaydigan oʻrik, olma daraxtlari tagidagi koʻrpachaday keladigan, himoyalangan yer diqqatimizni tortdi. Aytishicha, xonadon bekasi gulchilikka ham qiziqarkan, qishda ichkarida turgan xonaki gullarini yozda shu yerga ekib, yangi chiqargan shoxlarini alohida oʻtqazib koʻpaytirarkan. Shugina yerning oʻzi 350-400 ming soʻm daromad berar ekan.

Bundan tashqari, koʻchasidagi qoʻshnilariga, mahalladoshlariga shunchaki savob uchun ulashar ham ekan.

Sharif Oʻrozov baʼzan oʻzi bunyodga keltirgan shu moʻʼjaz bogʻida oʻtirib xayolga toladi. Shu hovlida uch aka-uka, toʻrt opa-singillari bilan kechgan bolalik chogʻlari, otasi erta vafot etib ketgach, onasining ne bir mashaqqatlar bilan ularni voyaga yetkazganlari, yolgʻiz boshi bilan yetti nafar oʻgʻil-qizlarini uyli-joyli qilgani, uch nafarini oliygohlarda ham oʻqitgani koʻz oʻngidan oʻtadi, onasining izdoshi boʻlib, ota-onasi chirogʻini yoqib, hovlisini obod qilib oʻtirganidan koʻngli faxrga toʻladi. Bugungiday kunlarga oʻzi ham osonlikcha erishmaganiga iqror boʻladi.

Ha, ular ham farzandlarini ulgʻaytirib, oliy maʼlumotli, oilali qilgunicha halovat bilishmadi. Baʼzan charchagan damlarida er-xotin bir-biriga:

– Sinfdosh, hali yaxshi kunlarimiz oldinda, – deya tasalli berishar edi. Darvoqe ular sinfdosh, yoshligidan bir-biriga koʻngil qoʻyib turmush qurishgan.

Sharif Oʻrozov va ayoli ana shunday mashaqqatlari evaziga bunyodga keltirgan baxtli oilasiga bugun koʻpchilik havas qiladi, mahalladoshlari hurmat qilishadi.

Xonadon sohibi Sharif Oʻrozov 30-yildirki, turmush oʻrtogʻi Mohim Xolmenova bilan birgalikda ahil-inoqlikda yashab kelishmoqda. Ular 4 nafar farzandni kamolga keltirib, el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalashdi. Ayni paytda ular bobo va buvi boʻlib, 5 nafar nevarani voyaga yetkazishmoqda.

Oila tayanchi Sharifjon 20-yildan beri Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl oʻzagidagi Qoraoʻzak stantsiyasida navbatchi boʻlib ishlaydi. Mohim esa oʻrta tibbiyot xodimi, uzoq yillar oʻz mutaxassisligida ishladi, hozir pensiyada. Shunda ham uy yumushlari bilan birga tadbirkorlik qiladi. Katta qizi Aziza hozirda ikki farzandning onasi, 9-MTTda tarbiyachi boʻlib ishlaydi. Namunali kelin, ishchan xodim sanaladi. Oʻgʻli Farrux otasi yonida stantsiyada yuklarni qabul qilib oluvchi boʻlib ishlasa, kichik oʻgʻli Islom Nukus Davlat universitetining geodeziya fakultetida sirtdan tahsil olish bilan birgalikda Qoratovdagi xususiy zavodda ekskavatorchi boʻlib ishlaydi. Kichik qiz Adiba oliy oʻquv yurtiga kirishga tayyorgarlik koʻrayotir.

Farzandlari, nevaralari dasturxon atrofiga yigʻilishganida topganlarini oldiga qoʻyib, ularning diydoriga toʻyib oʻtirishni Sharif Oʻrozov ham, ayoli Mohimjon Xolmenova ham ulkan baxt deya hisoblashadi, Yaratgandan shunday kunlarini bardavom qilishini soʻrashadi, oʻzlari ham shunga intilishadi.

Ularning xonadonida boʻlib, oila hayoti bilan tanishgan odam avvalo bu yerdagi obodlik sohiblarining koʻnglidan boshlanganini anglaydi.

Ular oʻz halol mehnatlari evaziga turmushlarini obod etib, mahalladoshlarini ham shunday yashashga daʼvat etmoqda, zarur hollarda moddiy qoʻllab-quvvatlamoqda. Xayr-ehsonni oʻng qoʻling berganini chap qoʻling bilmasin, deya hisoblaydigan xonadon sohibi, sohibasining istagiga koʻra bu haqda ochiq gapirmadik. Biroq koʻnglimizda ularga yanada ixlosimiz ortdi.

Istagimiz, elimizda ana shunday oilalar koʻpayaversin.

Ziyoda SADADDINOVA,

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026