Soğlom ovqatlaniş soğliq uçun foydali
Ovqatlaniş – oziq moddalarning organizmga tuşişi, hazm bölişi, sörilişi va özlaştirilişi bilan keçadigan, hujayra va töqimalarning tarkib topişida zarur bölgan, organizmda sarflangan energiyani qoplovçi, uning funktsiyasini boşqaruvçi murakkab jarayon hisoblanadi.
davrlarda ham ovqatlaniş jarayoniga katta eʼtibor berişgan. Tibbiyot asosçilaridan Gippokrat ovqatlanişga katta eʼtibor berib, har bir inson qabul qilayotgan mahsulotlarining xususiyatlarini bilişi zarurligi, ovqatlaniş har bir insonning tana tuzilişi, yoşi, yil fasliga boğliq bölişi, meʼyorni biliş lozimligi haqida uqtirib, meʼyor – dono hayot keçiriş garovi deya taʼkidlaganlar.
taraqqiy etgan sari turli kasalliklarning oldini oliş va davolaşda baʼzi oziq-ovqat mahulotlarining dorivorligi, parhez ovqatlaniş, xalq tabobatining foydaligini isbotlovçi tadqiqotlar olib borilib, tibbiyotning alohida sohasi ovqatlaniş gigiyenasi fani rivojlana boşladi.
ovqatlanişning 3 ta xususiyati bölib; balanslaşgan, adekvat, optimal ovqatlanişdir. Balanslaşgan ovqatlaniş bu isteʼmol qilingan va sarflangan energiya örtasidagi balans bilan hisoblanadi.
ovqatlaniş individual xususiyatga ega bölib, odamning u yoki bu ovqatga munosabatini bildiradi. Soğliq uçun foydali, yaxşi hazm böladigan, umumiy ahvolni yaxşilab, kayfiyatni kötaradigan ovqatlaniş odam uçun adekvat böladi. Optimal ovqatlaniş – oziq moddalarning turli tuman bölişi bilan xarakterlanib, organizmning meʼyoriy hayot faoliyatini taʼminlaydigan ovqatlanişdir. Bu yoşga boğlik bölib, bolalar, ösmirlar, keksa va qariyalar uçun öziga xos ovqatlanişdir. Bolalar 6 oygaça faqat kökrak suti bilan boqilişi, asta-sekin qöşimça ovqatga ötişi zarur.
davrida suyaklar mustahkamligi uçun kaltsiy yetarli miqdorda bölişi kerak. Sut , tvorog, yogurt, baliq , tuxum, göşt mahsulotlarini qabul qiliş kerak. 14-16 yoşlarda ösmirlar organizmida gormonal özgarişlar sababli yuz terisida har xil toşmalar paydo bölişi mumkin. Şuning uçun yoğli qovurma ovqatlardan köra, dimlangan, qaynatma ovqatlar isteʼmol qiliş maqsadga muvofiqdir. Ösmirlarda notöğri ovqatlaniş natijasida: pakanalik, körişning susayişi, boş aylanişi, çarçaş, immunitetning pasayişi , tişlarning kasallanişi, suyaklarning mörtligi, yuz terisining kasallanişi – seboreya uçraşi mumkin. Keksalar ovqatlanişi balanslaşgan, antiaterosklerotik xususiyatli bölişi, tez-tez, kam miqdorda oziq-ovqatlarni isteʼmol qilişi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Keksalarda moddalar almaşinuvi susayişi munosabati bilan yoğsiz göşt, tuxum, baliq, sut, tvorog, pişloq, qora non, kökat, sabzavot, mevalar tavsiya qilinadi. Kletçatka köp saqlaydigan karam, sabzi, nöxat, anjirlar içaklarning harakat-sekretsiya faoliyatini oşirib, qabziyatning oldini oladi, xolesterinni çiqaradi, içaklar mikroflorasini yaxşilaydi. Yoğlardan asosan ösimlik yoğlari işlatilgani maʼqul, çunki hayvon yoğlarida xolesterin moddasi köpligi sababli, keksalarda aterosklerozni kuçaytirişi mumkin. Qariyalarda uglevodlarning miqdorini qand, oq non, murabbo, qandolat mahsulotlari hisobiga çeklaş lozim aks holda giperglikemiya – qonda qand miqdorining oşişi mumkin.
ovqatlaniş oqibatida anemiya – kamqonlik, semiriş, qandli diabet, yurak qon tomir kasalliklari, buyrak va jigar kasalliklari, buqoq kasalliklari kelib çiqişi mumkin.
oldini oliş maqsadida davlatimiz tomonidan unlarni fortifikatsiyalaş – temir moddasi bilan boyitiş, oş tuzini yodlaş, homiladorlarni vitaminlar, temir+foliy kislotasi, 6-60 oylik bolalarni retinol A vitamini bilan taʼminlaş işlari ötkazildi.
harakat ovqat hazmini taʼminlovçi muhim omildir. Töğri ovqatlaniş ilmiga ega böliş, iqtisodiy şaroitimizni hisobga olib, töğri oziq moddalarni tanlaş – salomatligimiz garovidir.
T. Saidova, tuman Aholi soğlom turmuş tarzini qöllab quvvatlaş
va jismoniy faolligini oşiriş markazi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶