16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:47
Jamiyat 👁 398

«Xavfsiz va sogʻlom yurt» oyligi doirasida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

«Xavfsiz va sogʻlom yurt» oyligi doirasida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Mamlakatimizda aholining tinch va farovon hayotini kafolatlash, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda xavfsiz muhitni yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qarori ijrosini soʻzsiz taʼminlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan «Xavfsiz va sogʻlom yurt» nomli keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbir doirasida respublikamizning barcha hududlarida, jumladan, chekka tumanlarda ham fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilyapti. «Xavfsiz hudud», «Xavfsiz mahalla» hamda «Sifat, ishonch va xavfsizlik» shiorlari ostida tashkil etilayotgan mazkur tadbirlar aholining davlat himoyasiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlarning yorqin amaliy ifodasini Amudaryo tumani misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Qoʻriqlash xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari hamda mahalla yettiligi vakillari bilan yaqin hamkorlikda hududlarni jinoyatchilikdan butunlay xoli mintaqaga aylantirish maqsadida maqsadli targʻibot ishlarini olib bormoqda. Jumladan, mazkur profilaktik tadbirlarning dastlabki bosqichi tumandagi Navoiy mahallasi hududida yuqori saviyada tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarga bugungi kunda hayotimizga va turmush tarzimizga keng tatbiq etilayotgan zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalarining afzalliklari, ularning ishlash tartibi tushuntirildi. Shuningdek, aholi vakillari tezkor harakatlanuvchi maxsus guruh xodimlarining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, barcha turdagi xizmat koʻrsatish obʼektlari va aholi xonadonlariga zamonaviy signalizatsiya vositalarini oʻrnatish orqali oʻgʻirlik va boshqa turdagi tajovuzlarning oldini olish mumkinligi hayotiy misollar yordamida keng ochib berildi.

Aholining huquqiy savodxonligi va hushyorligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari tumandagi Gulzar mahallasi hududida ham oʻtkazildi. Ochiq muloqotlar mobaynida asosiy eʼtibor mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash va ularni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishga qaratildi. Mutasaddilar tomonidan hududda joylashgan tadbirkorlik subʼektlari, turli xil savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari hamda fuqarolarning yashash xonadonlarini ishonchli qoʻriqqa olish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi. Fuqarolarning shaxsiy mol-mulklarini daxlsiz saqlashda zamonaviy qoʻriqlash xizmatining imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi tushuntirildi.

Maʼlumot oʻrnida aniq raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, bugungi kunda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi qoʻriqlash xizmatining texnik qoʻriqlash markazi tomonidan jami 610 ta obʼekt va 470 ta fuqaro xonadonlariga yuqori sifatli va ishonchli qoʻriqlash xizmati koʻrsatib kelinmoqda. Bu raqamlar aholining va tadbirkorlarning tizimga boʻlgan ishonchi tobora ortib borayotganidan dalolatdir. Joylarda oʻtkazilgan samarali tushuntirish ishlari natijasida tadbir kunlarining oʻzidayoq koʻplab yangi obʼektlar va yashash xonadonlari qoʻriqqa olinib, ularga kafolatlangan ishonchli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Fuqarolarning tinch va osuda hayotini taʼminlash, ularning mol-mulkini turli xil jinoiy tajovuzlardan asrashga qaratilgan bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar faqatgina maʼlum hududlar bilan cheklanib qolmaydi. Asosiy maqsad – har bir ovul va mahallada qonun ustuvorligini taʼminlash va xalq osoyishtaligini mustahkamlashdir. Ayni shu ezgu maqsad yoʻlida xavfsizlikni taʼminlash borasidagi targʻibot va amaliy ishlar tumanning barcha hududlari boʻylab izchil davom ettirilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026