Oqilona foydalanilgan tomorqadan oilaga ham, yurtga ham rizq-baraka keladi
Yurt boşiga iş tuşgan ayni sinovli kunlarda sabr-toqatli böliş kerakligi, insonlarda ertangi kunga umid, işonç tuyğularini yanada mustahkamlaş, qolaversa, mamlakatimizda joriy qilinayotgan karantin tartibiga rioya qiliş zaruriyligi mutasaddilar tomonidan aholiga keng tuşuntirilmoqda.
Tumanimiz xalqi juda mehnatkaş. Hozirgi karantin davrida uyda qolib, vaqtdan unumli foydalanayotgan, öz tomorqasida mehnat qilib, ertangi kunining ğamini körayotgan yurtdoşlarimiz ham talaygina. Qiliçboylik Saparboy Tilovov ham karantin paytida uyda qolib, tomorqasini yölga qöyib oldi. Uning tomorqasida, issiqxonasida ayni paytda hamma ekinlar unib çiqmoqda va barvaj ösmoqda.
Şu örinda aytiş joizki, mamlakatimizda keyingi yillarda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalaridan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça amalga oşirilgan islohotlar natijasida qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmi sezilarli darajada oşdi.
Mehnatkaş xalqimiz bugun özining tomorqasini ham daromad manbaiga aylantirmoqda. Ayni paytda xonadonlarda barpo etilgan issiqxonalarda turli sabzavot mahsulotlari, tsitrus mevalar yetiştiriş, parranda va çorva parvariş qiliş odatiy tusga kirdi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi “Dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalaridan samarali foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötardi. Davlatimiz tomonidan tomorqa xöjaligini rivojlantiriş, ularni qöllab-quvvatlaşga eʼtibor kuçaytirilayotgani tufayli aksariyat xonadonlar öziga tegişli yer maydonlaridan unumli foydalanib, nafaqat oilasi daromadini oşirmoqda, balki bozor tökinligi va el-yurt farovonligiga katta hissa qöşmoqda.

Tomorqasi borning xazinasi bor deyişadi. Buning isbotini kiçkina tomorqasida turli kökatlar, mevali daraxtlar etiştirayotgan, möʼjaz issiqxonalar taşkil qilib, farovon hayot keçirayotgan omilkor xonadonlar misolida köriş mumkin.
Saparboy Tilovovlar oilasi ham öz tomorqalarida mehnat qilib, tomorqasida mevalardan olma, uzum, nok, örik, olça va boşqalar, sabzavotlardan – kartoşka, sabzi, piyoz, bodring pomidor hamda kökatlar yetiştirişadi. Özlaridan ortganini bozorga olib çiqib ham el farovonligiga hissa qöşişadi, ham oilasi uçun qöşimça daromad topişadi. Oilaning barça aʼzolari katta-yu kiçik birdek bu işga jalb qilingan.
Tomorqa — rizq-nasiba, mömay daromad manbai. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmuş farovonligi, yurt obodligini taʼminlaşdagi örnining esa qiyosi yöq. Hamma gap undan neçoğli oqilona foydalana olişda.
Ç. Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶