NAVOIY IZDOŞLARI NAVOIY ASARLARINI ÖRGANMOQDALAR
Umumtaʼlim maktablarida bölib ötayotgan Navoiyxonlik keçalari öquvçi-yoşlar qalbida Navoiy dahosiga çeksiz hurmat va ehtirom tuyğularini uyğotib, mumtoz adabiyotimizdan yanada katta bahra olişlariga imkoniyat yaratmoqda.
Uluğ şoir, buyuk davlat va jamoat arbobi Nizomiddin Mir Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 64-sonli umumtaʼlim maktabining nafaqat yuqori sinflari, balki quyi sinf öquvçilari tomonidan ham taşkillaştirilayotgani eʼtiborga loyiq.
Maktabning 8-“V”sinf öquvçilari tomonidan özbek tili va adabiyot fani öqituvçisi Hulkar Yaraşeva rahbarligida “Biz Navoiy izdoşimiz” mavzusida adabiy-musiqiy keça taşkil etildi. Unda öquvçilar Alişer Navoiy hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvçi jonli lavhalar namoyiş etişdi. Navoiy va Guli monologi öqilganida göyo hamma xayolan Navoiy zamonasiga qaytganday, qalblarni muhabbat va sadoqat tuyğulari bezadi. Husayn Boyqaro va Navoiyning döstona munosabatlari, Farhod va Şirinning jahoniy muhabbati aks ettirilgan sahna körinişlari, buyuk hukmdor Husayn Boyqaro bilan buyuk şoir Navoiyning özaro suhbatlari asosidagi adabiy kompozitsiyalar barçada biri-biridan gözal taassurotlar uyğotdi.
Adabiy-musiqiy keçada öquvçi-yoşlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, ajib ohanglarda yangragan Navoiy ğazallari keçaga yanada fayz-tarovat bağişladi.
Şuningdek, maktabning 3-“A”sinf öquvçilari tomonidan boşlanğiç sinf öqituvçisi Mohira Safarboyeva rahbarligida tayyorlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham Nizomiddin Mir Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligiga bağişlandi. “Navoiy asarlarini örganamiz” mavzusida ötkazilgan mazkur tadbirda Durdonaxon Baxtiyorova hamda Qudrat Bozorboyevlar boşlovçilik qildilar.
Şunisi eʼtiborga molikki, boşlanğiç sinf öquvçilari bölişlariga qaramay, 3-”A”sinf öquvçilari özlarining Navoiy asarlarini örganişga iştiyoqi baland ekanliklarini namoyon etişdi. Mohira Safarboyeva rahbarligida uşbu sinf öquvçilari Navoiyning “Xamsa” asari haqidagi zarur maʼlumotlarga ega bölişganini asardan yodlagan parçalar, Alişer Navoiy asarlarida qöllangan hikmatli iboralar, şoir ğazallari, ruboiy va tuyuqlarini yod aytib beriş orqali körsatib berişdi.
Bolajonlar yoş bölişlariga qaramay, Navoiy asarlarini sevib mutolaa qilişlarida, asar tilini tuşunib, özlaştirişlarida sinf rahbari Mohira Safarboyevaning xizmati katta. U öquvçilarni mazkur tadbirga tayyorlaşda Navoiy asarlarining tili, mazmun-mohiyati xususida öquvçilar bilan alohida şuğullangani bois, bolalar şoir ğazallari, muxammaslari, ruboiy va tuyuqlari xususida töliq maʼlumotga ega böldilar.
Boşlanğiç sinf öquvçilari tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbir bolalarning ona Vatanga muhabbat, özaro mehr-oqibat tuyğulari tarannum etilgan kuy-qöşiqlari jörligida yanada fayzli ötdi.
Maktabda Alişer Navoiy tavalludi munosabati bilan ötkazilgan uşbu tadbirlar öquvçilarga juda manzur böldi.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶