TURKIY ADABIYoTNING PORLOQ YuLDUZI
Nafaqat turkiy adabiyot balki dunyo adabiyotini larzaga solgan, asarlarining badiiy tasviri va qiymati beş asrdan oşsa hamki, özining beqiyos kuçini yöqotmay kelayotgan adabiyot jonkuyari hamda komil inson, buyuk davlat va jamoat arbobi Alişer Navoiy asarlari ham, hayoti ham biz uçun tarbiya va ibrat maktabi vazifasini ötaydi.
Bu uluğ zotni, avvalo, inson sifatida köplab yöqsillarga, beva-beçoralarga qölidan kelgança yordam berganini, Hirot şahridagi bunyodkorlik işlariga katta hissa qöşganligini alohida taʼkidlaş joiz. Alişer Navoiyning insoniy fazilatlari hamda ijodiy mahorati haqida buyuk tarixçi va Navoiyning dösti Xondamir özining “Makorim ul-axloq” asarida batafsil maʼlumot bergan. Men uşbu asarni öqiş jarayonida hazrat Navoiyni qaytadan kaşf etdim. Muso Toşmuhammad öğli Oybekning “Navoiy” romani esa bu “kaşfiyot”imning eng yuqori çöqqisi, kulminatsion nuqtasini kaşf etmoğimga katta yordam berdi. Ayniqsa, “Makorim ul-axloq” asaridagi Navoiy hayotidan olingan hikoyalardan şuni angladimki, Hazrat nafaqat insonlarga, balki mittigina jonzot, yaʼni çumoliga ham ozor berişdan tiyiladi. Negaki, u ham “Allohning yaratgan yaratiği”dir, degan xulosa bilan insonlarni hayvonot olamiga mehrli bölişga undaydi.
Hazrat Navoiy öz asarlarida insonlarni ezgulik qilişga, komillikka daʼvat etadi hamda Allohning naqadar buyuk ekanligini uqtiradi. Beş dostondan iborat “Xamsa” asarini olamizmi, “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbubul-qulub” asarlarini olamizmi, bularning barçasi badiiy va tarbiyaviy jihatdan biz uçun eng nodir ibratnomadir. Bu asarlar bugungi kunda ham maʼnaviyatni suğoruvçi zilol suvdirki, bu köngillar çöllariga misli obi-malhamdir.
“Hayrat ul-abror” asarida hazrat Navoiy insonlarga şunday xitob qiladi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nişoni anga iymon erur.
Bu şohbaytdan körinadiki, inson degan bilan hamma ham inson bölib qolmaydi, balki iymon uni inson qiladi, uning insoniyligini belgilaydi.
Alişer Navoiy hayot yöli va bebaho merosi bilan ham zamondoşlaridan keskin farq qiladi. Uning özi insoniylik gulşanining bir guli bölsa, asarlari ana şu gulning nafis iforidir. Bu gul asrlar şamoli essa-da, öz iforini aslo yöqotgan emas, insoniyatning maʼnaviy olamida barq urib gullayveradi. Uluğ bobokalonimiz asarlari şuurimizda mudom yangrayveradi.
Laylo OLIMOVA,
56-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶