21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:10
Fan va taʼlim 👁 365

AMUDARYo TAʼLIM-TARBIYa SOHASINING UCh YoRQIN YuLDUZI

AMUDARYo TAʼLIM-TARBIYa SOHASINING UCh YoRQIN YuLDUZI

Nurbek Jumaniyazov

Insonning oʻz kasbiga mehri, fidoyiligi uning feʼlida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻularini uygʻotadi. Vataniga, xalqiga qayishgan insonlar el-yurt ardogʻiga, samimiy muhabbatiga, eʼtirof va eʼzoziga sazovor boʻlishadi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari Nurbek Jumaniyazov, Sherzod Ashirov va Sarvarbek Yaxshimovlar ana shunday, oʻz kasbiga mehri baland fidoyilardan. Biri-biridan iqtidorli va izlanuvchan, oʻz kasbiy faoliyatlari boʻyicha oʻqib, izlanishdan aslo charchamaydigan bu pedagoglar, nazarimda bugungi kunda nafaqat 40-sonli maktab, balki Amudaryo tumani taʼlim-tarbiya sohasining yorqin yulduzlariga aylanishgan. Ha azizlar, ular haqiqatdan ham oʻz sohalarining yulduzlari!

Biz bilgan va bilmagan “yulduz”lar koʻp: ikki-uchta ashula aytib, oʻzlarini ana shunday maqomga munosib deb biladigan sanʼatkorlar, bir-ikkita musobaqada sovrinli oʻrin olib, bosar-tusarini bilmay qolgan va yulduzlik kasaliga chalingan sportchilar oramizda kammi? Amudaryolik uch fidoyi pedagog — Nurbek, Sherzod va Sarvarbeklar taʼlim-tarbiya sohasi osmonida yulduz boʻlib porlagunga qadar ham, hozirgi kunda ham hamon nazarkarda insonlar sifatida el-yurt ardogʻida, eʼtibor va eʼzozida.

Ilk pedagogik faoliyatini ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida 2010-yildan boshlagan Nurbek Jumaniyazov oʻzining 15 yillik pedagogik faoliyati davomida kasbiga mehri, izlanuvchanligi va tashabbuskorligi bilan tanildi. Har bir darsini zamon talablari darajasida tashkil etish, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga boʻlgan intilishlari tufayli juda qisqa fursat ichida CEFR boʻyicha V2 va S1 darajadagi sertifikatlar sohibi boʻldi.

Bir necha yil ichida uning shogirdlaridan 220 nafari ingliz tilidan xalqaro va milliy sertifikatlarni olishga erishdilar. Quvonarlisi shundaki, ulardan 70 nafari 40-sonli maktab oʻquvchilaridir. 11-sinf bitiruvchilarining OTMlarga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari esa yanada quvonarli. Ketma-ket 3-yildan beri 40-sonli umumtaʼlim maktabining Nurbek Jumaniyazov rahbarligidagi variativ sinfi oʻquvchilari 100 foiz OTMlar talabalari safidan joy olishdi.

Uning pedagogika sohasidagi tadbirkorlik faoliyati ham alohida eʼtiborga munosib. 2022-yilda u Amudaryo tumanining Mangʻit shahrida “Brighton school” oʻquv markaziga asos soldi. Mazkur oʻquv markazida rus va ingliz tillari jahon andozalari asosida oʻqitiladi. Erishilayotgan yutuqlar esa yanada samarali.

Oʻtgan qisqa fursat ichida oʻquv markazi tahsilini olgan 220 nafar oʻquvchi IELTS va CEFR sertifikatlari sohiblari boʻlishdi. Oʻquv markazi oʻquvchilari orasida Prezident maktabi oʻquvchilari, fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi gʻoliblari, xalqaro Kembrij Universiteti, Janubiy Koreyaning Seul davlat Universitetlari talabalari bor. Nurbekning saʼy-harakatlari bilan 4-yildirki, 40-sonli maktab “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida Amudaryo tumanida faxrli 1-oʻrinni egallab kelmoqda.

Fidoyilik bilan qilingan mehnatning ham, insonning ham hamisha qadri baland boʻladi. Uning yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasidagi fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan bir necha marta eʼtirof etilib, “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi”, “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishonlari va 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Yaqinda Nurbek rahbarligida “Ingliz tilini oʻqitish boʻyicha ing yaxshi maktab” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 40-sonli maktab jamoasi faxrli 2-oʻrinni egallab, 200 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

 

Sherzod Ashirov

Maktabning yana bir iqtidorli oʻqituvchisi Sherzod Ashirov yoshlarga matematika fanidan saboq beradi. 8 yillik pedagogik tajribaga ega boʻlgan Sherzod Ashirov ilk pedagogik faoliyatini boshlagan yillardayoq Amudaryo tumanidagina emas, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻzining yuksak pedagogik mahorati tufayli juda tez tanildi. Ayniqsa, farzandlari aniq fanlarga qiziquvchi ota-onalar, hamkasblari orasida obroʻ-eʼtibor qozondi.

Farzandlarining kelajagiga befarq boʻlmagan ota-onalar samimiyat bilan: “oʻgʻlim (yoki qizim) Sherzod Ashirovning sinfida oʻqishini xohlayman”, deydigan boʻlishdi. Oʻz iqtidorini va bilimini taʼlim sifatini oshirish, mustaqil fikrli, keng dunyoqarashga ega barkamol insonlarni tarbiyalashdek sharafli vazifani ado etishga bagʻishlagan Sherzod Ashirovning shogirdlari orasida fan olimpiadalari va turli koʻrik-tanlovlarning Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Respublikasi bosqichlari gʻolib va sovrindorlari, Buyuk Britaniyaning PDP Universiteti granti sohib va sohibalari bor. Uning rahbarligidagi iqtisodiyot va texnologiya yoʻnalishidagi variativ sinf bitiruvchilari soʻnggi uch yildan beri OTMlarga oʻqishga kirish boʻyicha 100 foizlik natijaga erishib kelishmoqda.

Albatta, erishilayotgan yutuqlar zamirida oʻqituvchining fidoyi va samarali mehnati mujassam. Oʻz kasbiy mahoratini tinimsiz oshirib borish, taʼlim sohasidagi ilgʻor fan yutuqlarini ish faoliyatiga izchil joriy etish, doimiy ravishda oʻqib-izlanish Sherzod Ashirovning kundalik shaxsiy ish rejasida eng muhim va dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan.

Oʻz faoliyatini doimiy ravishda tanqidiy tahrir va tahlil qilib borishga odatlangan Sherzod 2021-2022 oʻquv yilida matematika fani boʻyicha oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiadaning Amudaryo tumani bosqichida 1-oʻrinni, Respublika bosqichida esa faxrli 3-oʻrinni egalladi. Aynan oʻsha yili umumtaʼlim fanini bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikat sohibi boʻldi va PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish jarayonida trener oʻqituvchi sifatida muntazam ravishda matematika fani oʻqituvchilariga tuman va Respublika miqyosida seminar-treninglar, ochiq darslar tashkil etib, yuzlab hamkasblarining hurmat va eʼtiboriga sazovor boʻldi.

U 2019-yildan beri Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston miqyosida “Xalqaro baholash PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS dasturlari”ni oʻrgatuvchi testolog va trener oʻqituvchi sifatida ham samarali faoliyat olib boradi.

Yuksak pedagogik mahorati, taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantirish borasidagi beminnat xizmatlari uchun Sherzod Ashirov Amudaryo tuman hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan bir necha marta faxriy yorliqlar, “Tashakkurnoma”lar va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlandi. 2021-yilda esa “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Sarvarbek Yaxshimov

Maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sarvarbek Yaxshimovni hamkasblari alohida hurmat va eʼtibor bilan “professor fizik” deya eʼtirof etishadi. Albatta, bu samimiy eʼtirofda jon bor. Bolaligidan fizika qonunlari siri, mazmun-mohiyatini tushunishga intilib, ana shu intilishlari tufayli qalbida fizika faniga nisbatan cheksiz mehr va ixlos uygʻongan Sarvarbek oʻquvchilik davrida ham, oliygoh tahsili davomida ham bu fanni puxta oʻrganish ishtiyoqi bilan yashadi. Pirovardida vaqt oʻtib, fizika fanining bilimdoniga aylandi. 2017-yilda ilk pedagogik faoliyatini boshlagan Sarvarbek Yaxshimov juda qisqa fursat ichida Amudaryo tumanidagina emas, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor fizika fani oʻqituvchisi sifatida tanildi.

Uning rahbarligidagi “Yosh fiziklar” toʻgaragi aʼzolari orasida fanlar olimpiadasi, Al Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman va Respublika bosqichlari gʻoliblari, Qoraqalpoq davlat Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Rektor kubogi” tanlovi sovrindorlari, milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlar egalari bor.

Oʻz darslari va “Yosh fiziklar” toʻgaragi mashgʻulotlarini “maktab.uz”, “kitob.uz” saytlaridagi qoʻshimcha manbalar bilan boyitib, “Apro.uz”, “Khan akademiyasi” testlari asosida tashkil etayotgani bois, 2021-2022 oʻquv yilida Sarvarbek Yaxshimov rahbarligidagi moliya-iqtisod yoʻnalishidagi 11-sinf bitiruvchilari 100 foiz, 2022-2023 oʻquv yilida texnologiya yoʻnalishidagi variativ sinf bitiruvchilarining barchasi OTM talabalari boʻlishdi. Oʻtgan oʻquv yilida esa texnologiya yoʻnalishidagi 11-“A” sinf bitiruvchilari OTMlarga oʻqishga kirish boʻyicha 96 foiz natijaga erishdilar.

Har qanday muvaffaqiyatning zamirida, albatta, fidoyi mehnat, yuksak bilim va salohiyat boʻladi. Sarvarbek Yaxshimov doimiy ravishda oʻz ustida ishlash, fizika fanini oʻqitish boʻyicha ilmiy izlanishdan aslo charchamaydi. Uning bir nechta ilmiy-uslubiy maqolalari pedagogik nashrlarda chop etilib, tajribalari Respublika miqyosida ommalashtirilgan. Trener oʻqituvchi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktablarning fizika fani oʻqituvchilari uchun ochiq darslar tashkil etish bilan birga fizika fanini oʻqitishning muammoli masalalari boʻyicha Telegram kanali orqali uslubiy yordam va oʻzaro muloqotni yoʻlga qoʻygan. U ishlab chiqqan “Fizikaning mexanika boʻlimidan masalalar yechish metodikasi” uslubiy qoʻllanmasi fizika fani oʻqituvchilari uchun bu borada nazariy va amaliy manbaga aylangan.

“Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishonlari sohibi Sarvarbek Yaxshimov hamkasbi, matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirov bilan hamkorlikdagi pedagogik faoliyati tufayli joriy oʻquv yilida yana bir quvonchli natijani qoʻlga kiritishdi. “Qoraqalpogʻiston ustozi” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallagan Sherzod Ashirov va Sarvarbek Yaxshimovlar “Qoraqalpogʻiston ustozi” deya eʼtirof etilib, Maʼmun Universiteti homiyligida chet elga sayohat yoʻllanmasi bilan taqdirlandilar.

Xalqimizda “halol va fidoyi mehnat qilganning yoʻli oydin, mukofoti ulugʻ” degan hikmatli ibora bor. Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabning uch nafar fidoyisi, taʼlim-tarbiya sohasining isteʼdodli va yorqin yulduzlari Nurbek Jumaniyazov, Sherzod Ashirov va Sarvarbek Yaxshimovlarning misoli igna bilan quduq qazigan kabi mashaqqatli va sharafli mehnatlari bois, bugun yoʻllari yanada oydin, el-yurtdan qaytayotgan mehr va eʼtibor bisyor. Oddiy, kamtarin va samimiy muallim uchun shundan ulugʻ mukofot bormi, azizlar!

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026