12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:38
Jamiyat 👁 502

YaNGI ÖZBEKISTONNING TARAQQIYoT STRATEGIYaSI PORLOQ ISTIQBOL SARI YÖL OÇADI

YaNGI ÖZBEKISTONNING TARAQQIYoT STRATEGIYaSI  PORLOQ ISTIQBOL SARI YÖL OÇADI

Hamza HAYTIMBETOV, Amudaryo tumani hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça yordamçisi:


– Hujjat loyihasining birinçi bobida erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş orqali xalqparvar davlat barpo etiş, inson şaʼni, qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan  “Yangi Özbekiston – xalqçil va insonparvar davlat” ğoyasini ifoda etuvçi 12 ta maqsad belgilab berilgan. Loyihada davlat  funktsiyalarining katta qismi markazdan hududlarga ötkaziş ğoyasi ilgari surilgan.
Jamiyat boşqaruvining tayanç böğini bölgan mahalla tizimini hokimliklar bilan boğlaş maqsadida har bir mahallada hokim yordamçisi, yoşlar masalalari  bilan doimiy şuğullanadigan Yoşlar işlari agentligining vakili faoliyat yuritadi.

Şuningdek, markaziy idoralarning hududiy tuzilmalar bilan işlaş jarayoniga yangiça yondoşuvlar joriy etilişi, Xalq qabulxonalari xalq ovozini, jamoatçilik fikrini  ifoda etadigan haqiqiy tuzilmaga aylanişi uçun qöşimça huquqiy asoslar yaratilişi körsatilgan. Har bir hudud, soha va tarmoq faoliyatiga ularda fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari qanday taʼminlanayotganiga köra baholaş, rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga xizmat qilişi lozimligi belgilangan.
Endilikda Xalq deputatlari mahalliy kengaşlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilaşga oid qonuniy asos yaratiş lozimligi ham loyihadan joy olgan.
Qisqa qilib aytganda, uşbu loyiha xalqimizning, davlatimizning butun kuç va salohiyatini ezgu maqsad – obod va farovon, xalqçil Yangi Özbekistonni barpo etişga  yönaltirilgani bilan ğoyat qadrlidir. Bir söz bilan – Taraqqiyot strategiyasi loyihasida farovon kelajagimiz kafolati aks etgan desak, juda örinli böladi.


Jasur ÖRAZBOYeV,
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi:

– Mazkur taraqqiyot strategiyasidagi yetti yönalişning ikkinçisida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur şartiga aylantiriş borasidagi vazifalar qamrab olingan. Uşbu yönalişda 8 ta maqsad mavjud. Yönaliş 13-maqsaddan boşlangan bölib, unda mulkiy huquqlarning daxlsizligini işonçli himoya qiliş hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralaşuvini çeklaş böyiça vazifalar körsatilgan. Şuningdek, qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlaş hamda inson qadrini uşbu jarayonning boş mezoni sifatida belgilaş, davlat organlari va mansabdor şaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini örnatiş hamda fuqaro va tadbirkorlik subʼektlarining odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş kabi maqsadlarda tegişli vazifalar belgilab qöyilgan.
Şuningdek, huquqni muhofaza qiluvçi organlarning yangi qiyofasini şakllantiriş va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilişga xizmat qilişga yönaltiriş böyiça vazifalar belgilab berilgan.
Sud va boşqa organlar hujjatlarining öz vaqtida va töliq ijrosini taʼminlaş böyiça vazifalar esa 18-maqsadda körsatilgan. Uşbu hujjatga köra, endilikda sud va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişning samarali mexanizmlari joriy etiladi.
Undan taşqari, advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişdagi salohiyatini tubdan oşiriş, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bölgan talabini töliq qondiriş, faol fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş hamda fuqarolar örtasida qonunga hurmat va itoat qiliş hissini şakllantiriş borasida töxtalib ötilgan.
Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini özida qamrab olgan bölib, unda faoliyatimizning ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Taʼkidlaş joizki, uşbu hujjatda rejalaştirilgan çora-tadbirlar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga hamda davlatimizning xalqaro hamjamiyatdagi mavqei va obrösini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.


Azamat MATKARIMOV,
“Amudaryo sohili” fermer xöjaligi rahbari, ÖzLiDeP aʼzosi:

– Men mamlakatimizda fermer xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, yaratilayotgan şart-şaroitlardan quvonib ketaman. Yangi 2022-yilni quvonç va kötarinki kayfiyatda, yanada yuksak orzu va rejalar bilan qarşi oldim. Yangi Özbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantiriş böyiça taraqqiyot strategiyasi bilan tanişarkanman, fermer xöjaligimizni ham yanada rivojlantiriş uçun yangi imkon eşiklari oçilayotgani qalbimga quvonç bağişladi.
Mazkur strategiyaning milliy iqtisodiyotni rivojlantirişga bağişlangan 3-bölimida çorvaçilik  sohasida yem-xaşak bazasini kengaytiriş va işlab çiqarişni ikki baravar oşiriş közda tutilgan. Bu degani, bizning “Amudaryo sohili” kabi naslçilik fermer xöjaliklari uçun juda  katta imtiyoz. Bu – birinçidan, nasldor qoramollar uçun orzuqa bazasini mustahkamlaş, ikkinçidan, qoramollarni qişlovdan töq va soğlom olib çiqiş imkonini beradi.
Bundan taşqari, strategiyada  nasos stantsiyalarini davlat-xususiy şerikçiligi asosida fermerlarga beriş, çet davlatlardan olib kelinadigan naslli çorva mollari, baliq, qöy va eçkilar uçun subsidiyalar ajratilişi mazkur sohalar bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar uçun juda katta yordam böladi, albatta.
Muhimi, qaçon, qanday şaroitda qanday mehnat qilişni biliş, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan töğri foydalaniş nafaqat biz fermerlar, balki xalqimiz uçun ham istiqbolli rejalar sari oydin yöl oçadi.


Maxsud SAʼDULLAYeV, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi rahbari:
– Loyihaning IV yönalişi bevosita “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritiş, inson kapitalini rivojlantiriş” deb nomlanadi. Darhaqiqat, odilona ijtimoiy siyosat yuritiş orqali davlat va jamiyat teng rivojlanadi, inson qadr-qimmati ortadi.
Loyihaning uşbu yönalişida taʼlim sohasidagi islohotlar keng qamrovga olinib, rivojlantiriş bosqiçlari aniq belgilab berilgan. Muhtaram Prezidentimizning taʼlim-tarbiya sohasiga alohida eʼtibor qaratganlari bejiz emas, albatta. Çunki, har bir rahbar Vatan kelajagini intellektual salohiyatga va bilimga ega soğlom farzandlarida köradi. Yurtboşimizning sport, taʼlim, madaniyat, soğliqni saqlaş sohalari böyiça belgilab bergan ustuvor yönalişlari biz maʼnaviyat va maʼrifat xodimlari uçun mayoq vazifasini ötaydi.
Maktabgaça taʼlim, örta taʼlim va oliy taʼlim tizimida kelgusi 2022-2026-yillarga möljallangan rejalarning ijrosi töliq amalga oşirilsa, Özbekistonda faqat va faqat barkamol yoşlar istiqomat qiladi, deb bemalol ayta olaman.
Şuningdek, loyihada yurtimizning ayrim hududlaridagi salbiy ekologik muhit va muammolarni bartaraf etiş aholi salomatligini mustahkamlaş borasida ham bir qança çora-tadbirlar belgilab berilgan. Bunda oilaviy poliklinikalar sonini köpaytiriş, barça şifoxonalarni zamonaviy tibbiy asbob uskunalari bilan töliq jixozlaş közda tutilgan.
Hurmatli Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bölsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi Özbekistonni barpo etişda ana şu ikkita mustahkam ustunga, yaʼni, bozor tamoyillariga asoslangan kuçli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuçli maʼnaviyatga tayanamiz” degan edilar. Darhaqiqat, maʼnaviyat bu avvalo, insonlar örtasidagi özaro işonç, hurmat va eʼtibor, xalq va davlat  birgalikda quradigan ezgu intilişlar, ibratli fazilatlardir.“Taraqqiyot strategiyasi” ning V bandida maʼnaviyatni yuksaltiriş, uni yangi bosqiçga olib çiqiş masalasi qöyilgan.
Dasturga asosan, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasi”dan “Taraqqiyot strategiyasi sari” ğoyasini  keng tarğib etiş orqali jamiyatda soğlom dunyoqaraş  va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantiriş vazifasi qöyilgan.
Bundan taşqari, loyihada jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglik muhitini mustahkamlaşning öziga xos yönalişlari öz ifodasini topgan.
Milliy madaniyat avvalo oiladan, mahalladan boşlanadi. Şunday ekan, ajdodlarimizdan meros bölib qolgan boy milliy qadriyatlarimizni avlodlarga yetkaziş uçun, xalqaro darajada ommalaştiriş uçun hududlarda tarğibot tadbirlarini muntazam ötkazib, madaniyatimizni butun dunyoga  yoyişimiz, özbek degan millat nomini eşitgan har qanday elat qalbida özgaça mehr-muhabbat uyğonişiga erişmoğimiz darkor.
 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026