Navröz – qadimiy va boqiy bayram
Navröz bayrami biz uçun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va çeksiz saxovati, köp ming yillik qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.
I. Karimov.
Qişning izğirin va ayozli kunlari tugab, barçamiz intiq bölib kutayotgan fasllarning kelinçagi bölgan bahor fasli özining özgaça ifori va mayin şabadasi bilan dillarni xuşnud aylab, yurtimizga taşrif buyurdi. Musaffo osmonimizda çaraqlab turgan va iliq taftini beminnat ulaşayotgan oftob ham biz uçun yanada köproq nur soça boşladi. Bahor fasli özining maftunkor bayramlarga boyligi bilan ham gözaldir. Nafosatga boy xalqaro xotin-qizlar kuni bahorning ilk ayyomi. Navröz esa özida qadimiy anʼana va urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etişi bilan ajralib turadi. Bir neça ming yillik tarixga ega uşbu bayram ajdodlarimiz tomonidan şarqona "Yangi yil” sifatida keng nişonlanib kelingan. Dehqonçilik mavsumining boşlanişi Navröz şodiyonalarida öz ifodasini topgan. Şuning uçun ham asrlar oşa bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida yaşab kelmoqda.
Köp asrlar davomida xurofotga berilgan kimsalar Şarq xalqlarining umumiy bayrami Navrözni yöq qilib, halok qilib yuborişga harakat qildilar. Ammo Navröz barhayotligiça qolaverdi, qayta tirilaverdi. Ota-bobolarimiz har qanday şaroitda ham , hatto yaşirinça bölsa-da, Navrözni nişonlaganlar, bayramga xos udumlarni ado etganlar. Navröz bayrami aslida tabiatning özidan kelib çiqqan, kun va tun tenglaşgaç, kunlarning uzayişi va uzluksiz mehnat boşlanişidan darak beruvçi bayramdir. Navröz sözi forsça "Nav – yangi, röz – kun” yaʼni "Yangi kun” maʼnosini bildiradi. Navrözning yangi kun deb atalişi ham bejiz emas. Bu kuni, yaʼni 21-mart kuni kun va tun tenglaşib, kunlar uzayadi va Ona tabiat öz mehr-muruvvatini namoyon etadi. Dehqonlar yerga qöş solişadi. Ötgan ajdodlar ruhi yod qilinib, ularning mozorlari obodonlaştiriladi. Ommaviy ravişda mevali va manzarali daraxt köçatlari ötqaziladi.
Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nişonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar ötkazişgan. Navröz bayramiga atab ajdodlarimiz maxsus kiyimlar tayyorlaşgan va ularni kiyib bayram qilişgan. Bu qadimiy, anʼanaviy Yangi yil bayramimiz haqida uluğ bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida, Mahmud Qoşğariy "Devonu luğotit-turk” asarida qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirganlar. Yuqoridagi asarlarda bayon etilişiça, Navrözni bayram sifatida nişonlaş miloddan avvalgi VI – V asrlarda boşlangan.
Qadimda Navröz bayrami bir hafta yoki ön kun nişonlangan. Barça yigit-qizlar Navröz bayrami haftaligida turli ommaviy öyinlar öynaganlar. Ot öyin, çullik, lapar aytişuv, ip öyinlari,varrak uçiriş kabilar şular jumlasidandir. Bulardan taşqari, köpkari-uloq, kuraş, turli hayvon va parrandalar "jang”lari, xalq öyinlari ötkazilgan.
Navröz bayramida öziga xos milliy taomlar tayyorlanadi. Şulardan eng totlisi, bayram körkiga yanada körk qöşuvçi taom bu – sumalak bölib, u ilk köklam darakçisi, baraka, hosildorlik, tökin-soçinlik, ahil-lik, tan-sihatlik va ezgulik timsolidir. Sumalak haqida juda köp afsonalar mavjud. Barça afsonalarning tub mazmun-mohiyatida umumiylik mujassam. Afsonalar mazmunida bolalarini oçlikdan qutqariş maqsadida çora izlagan Ona kökatlardan taom pişirişga intiladi. Barça mahsulotlarni qozonga solib qaynatib, bolalarini ovutadi va uxlab qoladi. Keçasi fariştalar yordamga keladi. Tongda taomga ilohiy taʼm kiradi. Natijada bu taom bolalarni ölimdan saqlab qoladi. Şuning uçun sumalak sözi "yetti malak” maʼnosini bildiradi. Bu ilohiy taom hozirgi kunda ham Navröz ayyomining tansiq taomlaridan biri bölib kelmoqda. Sumalak tayyorlaşdan oldin yoşi uluğ kişilarning duolari olinadi. Ota-bobolarning ruhlarini şod etiş uçun "Qurʼon” tilovat qilinadi. Sumalak pişiriş jarayonida qöni-qöşnilarning ahil-inoqligi, hamjihatlik va birdamliligi mustahkamlanadi. Nafaqat, sumalak pişirişda, balki Navröz boşlanişi bilan barça gina-kuduratlar unutilib, turli sayillar ötkaziladi.
Bugungi kunga kelib, Prezidentimiz Islom Karimovning milliy özlikni anglaş, maʼnaviy qadriyatlarimizni tiklaşga qaratilgan yuksak eʼtibori tufayli Navröz yurtimizda umumxalq bayrami deb eʼlon qilindi va har yili anʼanaviy tarzda keng nişonlanmoqda.
Iroda IBODULLAYeVA,
NDPI talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶