TENGLIK, OŞKORALIK, OÇIQLIK VA ŞAFFOFLIK TAʼMINLANADI
Jahon hamjamiyatida öz mavqeini egallab, barça sohalarda taraqqiyotning yangi bosqiçiga qadam qöygan, dunyoda tom maʼnoda yangi qiyofada namoyon bölayotgan mustaqil Özbekistonda muhim siyosiy voqelik – bugun, yaʼni 22-dekabr kuni vakillik organlariga saylovlar ötkazilmoqda.
Tumanimizda ham bu muhim siyosiy jarayonga puxta hozirlik körildi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatligiga saylov ötkazuvçi 4-Amudaryo okrug saylov komissiyasi tomonidan saylov kompaniyasiga start berilgan 2019-yil 20-sentyabr sanasidan boşlab uşbu muhim siyosiy jarayonni muvaffaqiyatli taşkil etiş va saylov kunini demokratik tarzda, oşkoralik ruhida ötkaziş maqsadida yangi tahrirdagi saylov Kodeksida belgilangan yangi, ilğor amaliyotni joriy etgan holda iş olib borildi. Avvalo, Özbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 10-, 22-moddalariga asosan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga saylov ötkazuvçi 4-Amudaryo okrug saylov komissiyasi qaroriga muvofiq Amudaryo va Beruniy tumanlari hokimlarining taqdimnomasi asosida 4-Amudaryo saylov okrugi hududida 42 ta Yagona saylov uçastkalari tuzilib, barça saylov uçastkalarining saylovçilarni qamrov hududlari belgilandi.
Saylov uçastkalarining markazlari asosan taʼlim muassasalari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari binolarida joyşlaştirilib, barça Yagona saylov uçastkalarining töliq elektr energiyasi, isitiş tizimlari, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan taʼminişiga alohida eʼtibor berildi. Şuningdek, saylov uçastkalari Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat ramzlari, saylov qonunçiligiga oid huquqiy-normativ hujjatlar, adabiyotlar, matbuot naşrlari, saylov tarğibotiga oid rangli bannerlar, siyosiy partiyalardan körsatilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar hamda 5 ta siyosiy partiyaning saylovoldi harakat dasturlari bilan bezatildi.
Saylov kompaniyasining muvaffaqiyatli ötişini taʼminlaş maqsadida okrug hududidagi barça uçastka saylov komissiyalari raislari, örinbosarlari, kotib va aʼzolari uçun öquv-seminar maşğulotlari taşkil etilib, saylov qonunçiligidagi yangiliklar bilan öz vaqtida taniştirildi. 5 ta siyosiy partiyadan körsatilgan nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlarini taşkil etişda xolislik, oşkoralik va şaffoflik tamoyiliga amal qilindi. Saylovga tayyorgarlik jarayonida partiyalar tomonidan harakat dasturlari va nomzodlar tarğibotini amalga oşirişlari uçun teng şaroitlar yaratib berildi.
Yangi tahrirdagi Saylov Kodeksiga asosan ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyat sodir etgani uçun ozodlikdan mahrum etiş joylarida bölib turgan yoki vaqtinça hibsda saqlanayotgan şaxslarda ham saylov huquqi vujudga keldi. Tumanimizda ham vaqtinça yaʼni sudgaça hibsda saqlanayotgan şaxslarning ovoz berişlari uçun şaroit yaratilib, köçma saylov qutilari taşkil etildi.
4-Amudaryo okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovlarni taşkil etiş, xalqimizning saylov huquqini tölaqonli röyobga çiqariş böyiça olib borilgan işlar kölami şuni körsatadiki, joriy yilgi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy şaroitda, partiyalararo kuçli raqobat asosida, ğoyalar va dasturlar kuraşiga boy vaziyatda ötmoqda.
Buni saylovda şod-u xurramlik bilan iştirok etayotgan saylovçilarning kötarinki kayfiyatlarida, saylovga oid huquqiy kafolatlarning amalda taʼminlanayotganida ham yaqqol köriş mumkin.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶