“KONSTITUTsIYa – QOMUSIMIZ, FAXRIMIZ”
8-dekabr 1992-yildan boshlab mustaqil davlatimizning Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida butun mamlakatimizda ulkan bayram qilinadi.
Sana munosabati bilan 6-dekabr kuni bizning 19-sonli maktabimizda ham “Konstitutsiya – qomusimiz, faxrimiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda maktabimizning yuqori sinflari oʻquvchilari, oʻqituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirni maktab direktori M.Haytboyev ochib berdi va Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati xususan, yosh avlodga ulkan gʻamxoʻrlik oʻz ifodasini topgani haqida batafsil gapirib oʻtdi. Shundan keyin oʻquvchilar Konstitutsiyani, ona Vatanni tarannum qiluvchi sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar ijro qilishdi. Bayram tadbiri yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Muhabbat ShAMAYeVA, 19-maktabning rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶