Ayolga ehtirom
(Aziz va muhtarama opa-singillarimga bağişlayman)
Quvonçning rangi bor, men uni kördim:
Yetti iqlim aro bölguday çiroy.
Uning oğuşida baxtni simirdim,
Uning qarşisida ğarib qoldi oy.
Şu latif ranglarga qorişib ketgan,
Fayziyob onlarning gaştini surdim.
Ayolning qölida tebranib turgan,
Dunyo beşiklarin şu rangda kördim.
Şunçalar buyukmi, quvonç şevasi –
Dunyoni bağriga bosguday Ayol!
Qarang-a! Yuzida baxtning jilvasi,
Közlarida esa jannatiy xayol!
"Inga”lab ulğayar qölida dunyo,
Ayol quvonçining çegarasi yöq.
"Bolam!” – deb emranib kelganda göyo,
Dunyo bolalarin begonasi yöq.
Ana, kördingizmi, turişlarini,
Muhabbati uluğ, mehrda tengsiz.
Oydan-da suluvroq kulişlarini,
Bolasiga berib ötguvçi Dengiz!
Men ham bola böldim aziz Onamga,
Hayotday iforli bağriga singdim.
"Jonim”, - deb jondayin aziz bolamga,
Talpinib turmoqni undan örgandim.
"Bolam!” – deb talpinsam köngilim aro,
Quvonçlar rangida tökilar ğazal.
Çölponning tilida ahli şuaro,
Bayt öqir: "Oydan-da, kundan-da gözal!”.
Bilaman, möʼjiza – Yaratganga xos,
Yaşamoq – biz uçun oddiy qoida.
Xudoyimning özi qöydimi ixlos,
Jannat rangin tökmiş Ayol poyiga!
Robiya.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶