Mardlikka ehtirom, xotiraga sadoqat: Amudaryoda Afğon uruşi faxriylariga yuksak ehtirom körsatildi
1989-yil 15-fevral — Afğoniston hududidan sobiq Sovet Ittifoqi qöşinlari töliq olib çiqilgan kun sifatida tarixda muhrlangan. Uşbu sana yillar ötgan sari jasorat va fidoyilik timsoliga, jang-u jadallarda qatnaşgan minglab yurtdoşlarimiz xotirasini yod etiş, omon qaytgan faxriylarimizga hurmat bajo keltiriş kuniga aylandi.
Ön yilga yaqin vaqt mobaynida davom etgan harbiy harakatlar köplab oilalar taqdiriga öz taʼsirini ötkazdi. Respublikamizdan 3580 nafar harbiy xizmatçi uşbu uruşda iştirok etib, öz burçini ado etdi. Bugun esa ularning jasorati va sabr-matonati tinç va osoyişta hayotimizning qadriga yetiş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim ibrat maktabi bölib xizmat qilmoqda.
Joriy yilda sobiq ittifoq qöşinlari Afğonistondan olib çiqilganining 37 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanida ham keng kölamli tadbirlar taşkil etildi. Sana arafasida tuman Xotira maydonida afğon uruşi faxriylari xotirasiga bağişlab haykal muqaddas örnatilgani tadbirning maʼnaviy ahamiyatini yanada oşirdi. Uşbu maskanda ötkazilgan marosimda jangçi-faxriylar, nuroniylar, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tuman hokimligi taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda hokimning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Şuhrat Mamatov, Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasining respublika va tuman miqyosidagi rahbarlari hamda aʼzolari, bir guruh baynalmilal jangçilar qatnaşdi.
Tadbirni oçib bergan tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov öz nutqida 15-fevral sanasi faxriylar uçun çin maʼnodagi bayram ekanini alohida taʼkidladi. U murakkab şaroitlarda jang-u jadallarda qatnaşib, Vatanga omon qaytgan yurtdoşlarimizning jasorati, matonati va sadoqati bugungi tinç hayotimizning qadriga yetişda muhim örin tutişini qayd etdi.
Sözga çiqqanlar yurtimizda jangçi-faxriylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning munosib hayot keçirişi, salomatligini tiklaşi va ijtimoiy himoyasini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtaldi. Şu bilan birga, Afğon uruşi saboqlari bugungi yoş avlod uçun ibrat maktabi ekani alohida qayd etildi.
Tadbir davomida amudaryolik afğon uruşi qatnaşçilari iştirokida Xotira maydonidagi haykal poyiga gulçambarlar qöyildi. Baynalmilal jangçilar Afğonistondagi uruş harakatlarida halok bölgan quroldoşlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning yorqin xotirasini yod etdilar. Yurtimizda tinçlik va osoyiştalik mangu bölişi tilab, duoga qöl oçildi.
Tantanalar Manğit şahridagi “Diamond” restoranida davom ettirildi. Bu yerda faxriylar uçun bayram dasturxoni yozilib, ularning xizmatlari eʼtirof etildi. Sana munosabati bilan taşakkurnomalar va esdalik sovğalari topşirildi. Faxriylar hukumatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik uçun minnatdorlik bildirdilar.
Bayram tadbirida tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyiş etildi. Vatan, ona, tinçlik va şukronalikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar tadbirga kötarinki ruh bağişladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶