Soni va sifati ortmoqda
Mustaqil davlatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantiriş sohalarida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Yurtboşimiz tomonidan ilgari surilgan «Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik sari» printsipi kundalik hayotimizda özini namoyiş qilmoqda.
Nukusda Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasining hisobot konferentsiyasi bölib ötdi. Önda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, tuman va şaharlar kengaşlarining deputatlari, vazirliklar, jamoat birlaşmalar, nodavlat va notijorat taşkilotlar, huquqni muxofaza qiliş taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, faol talaba-yoşlar iştirok etdi.
Konferentsiyani institutning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi rahbari M.Soriboyev boşqarib bordi.
Tadbir qatnaşçilarini Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi B.Yangibayev qutladi.
Konferentsiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari, respublika Xotin-qizlar qömitasi raisi Z.Ibragimova, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarma boşliği Q.Yelmuratov, Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi Qoraqalpoğiston bölimi rahbari K.Reymov, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi raisi J. Abdijamilov va institutning hududiy bölinmasi xodimlari sözga çiqib, yurtimizni demokratlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş kontseptsiyasidan kelib çiqadigan vazifalarga töxtab ötişdi.
Konferentsiyaga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengaşi Raisining örinbosari A.Hamrayev, Fuqarolik jamiyatini şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti loyiha rahbari Ş.Yakubovlar qatnaşdi.
Qoraqalpoğiston axborot agentligi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶