Içimlik suvi taʼminoti böyiça körsatilayotgan xizmatlar sifati örganilmoqda
Kommunal xizmatlar sifati aholi turmuş darajasini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri sanaladi. Toza içimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimining uzluksiz işlaşi esa şu mezonning eng asosiy qismi hisoblanadi. Şu bois sohada davlat nazorati yildan-yilga kuçaytirilib, amaliy tekşiruvlar hududlarda muntazam tus olmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan isteʼmolçilarga yetkazib berilayotgan içimlik suvi hamda ularga körsatilayotgan oqova suv xizmatlarining sifati doimiy ravişda nazorat qilib borilmoqda. Bu yönalişdagi işlar tumanlar kesimida navbat bilan, tasdiqlangan jadval asosida olib borilmoqda. Navbatdagi örganiş işlari Amudaryo tumanida amalga oşirildi.
“Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbir davomida jismoniy va yuridik şaxslarga qaraşli binolar közdan keçirildi. Xususan, isteʼmolçilarning tarmoqqa qonuniy ulanganlik holati, tölov intizomi hamda xavfsizlik talablariga rioya qilinişi tahlil etildi.
Şuningdek, aholi va tadbirkorlik subʼektlari orasida xizmatlar haqini öz vaqtida tölaş va tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalaniş tarğib qilindi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, 2026-yilning ötgan yetti oyi davomida inspektsiya tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça jami 319 ta noqonuniy ulaniş aniqlangan. Şundan 144 tasi içimlik suv tarmoqlariga, 3 tasi oqova suv tarmoqlariga ulaniş, 172 tasi esa suv hisoblagiçlaridagi plombalarga oid holatlardir.
Körinib turibdiki, aniqlangan holatlarning yarmidan köpi aynan hisoblaş uskunalari bilan boğliq. Uşbu holatlar natijasida “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zarar miqdori salkam 300 million sömni taşkil etgan.
Şu bilan birga, respublika hududida joylaşgan byudjet taşkilotlarida içimlik suvidan foydalaniş qoidalariga amal qilinişi yuzasidan 231 ta örganişlar ötkazilgan. Natijalarga köra, 23 ta taşkilotda kamçiliklar qayd etilgan. Ulardan 3 tasiga kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan körsatma kiritilgan, 20 tasiga nisbatan esa umumiy qiymati 102,1 million sömlik maʼmuriy jarimalar rasmiylaştirilgan.
Bunday tekşiruvlar suv resurslaridan foydalanişda tartibni mustahkamlaş, hisob-kitob aniqligini taʼminlaş va halol isteʼmolçilar manfaatini himoya qilişga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir. Noqonuniy ulanişlarning oldini oliş esa tizimning moliyaviy barqarorligini saqlaşga, şu orqali xizmat sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi. Ayni paytda hududlarda nazorat bilan bir qatorda tarğibot işlari ham uzluksiz davom ettirilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶