MAʼNAVIYaT SABOQLARI
Boy ona tilimizning izohli luğatidan örin olgan "jon” va "jonim” sözlari inson uçun eng aziz bölgan yaqinlariga nisbatan, şuningdek, uning uçun qadrli bölgan Vataniga nisbatan keng qöllaniladi. Masalan, jonim Vatan, jon döstim, sevgan yoriga nisbatan jonginam va h.k. Ammo, bugungi kunda ayrim insonlar, ayniqsa yoşlar tomonidan bu sözlarning asl maʼnosi buzib, milliy maʼnaviyatimizga zid sözlar qatorida, hatto nojoiz örinlarda qöllanilayotganligi insonni öyga toldiradigan holatlardan biridir. Şu bois, avvalo uşbu sözlarning qöllaniliş örni va mazmunini teran anglab oliş zarur.
Maʼlumki, xalqimiz orasida «ruhi şod bölsin....», «joni orom topdi», «jon kuydirmasang, jonona qayda...», "jonginam” kabi söz va iboralar bor. Nima uçun şunday deyiladi?
Nega:
«Bir jon emas, ey suyguli tomirlarning qoni Vatan,
Sensan, bale bilganlarga jonlarni, jononi Vatan»
(H.Niyoziy, «Vatan») kabi ijod namunalari paydo bölgan.
Ruh nima? Jon nima? Jon nima uçun bizga berilgan, yaʼni hayotimiz (jonimiz)ning maʼnosi, maqsadi nima?... Bu kabi köplab savollar jon, ruh masalasi haqida haqiqatni bilişga undaydi.
Jon, ruh haqidagi savollar odamzot ongli yaşay boşlagan zamonlardan buyon uni öylantirib keladi. Ular haqidagi tasavvurlar ibtidoiy tuzum davrida vujudga kelganligi tarixdan maʼlum. Yaʼni, ibtidoiy odamlar tabiat hodisalari, tuş köriş, ölim, uyqu kabi hodisalarni özlariça talqin qilib, tabiatdagi har bir jismda jon, rux bor, deb işonişgan.
Buyuk bobokalonimiz Ibn Sino ruhni tanadan ajratib bömasligini asoslaydi hamda tanadagi kasalliklarni davolaş uçun ruhiyatdan foydalaniş imkoniyatlari haqida aytadi.
Adabiyotlarda, luğatlarda «jon» tuşunçasiga turliça taʼriflar berilgan. Masalan, Gomer şunday taʼriflaydi: «Jon vujud oxirgi nafasni çiqarganida tanani tark etadigan «hayot quvvati», baʼzi adabiyotlarda "tirik vujudni şakllantiruvçi va quvvatlantirib turuvçi faol maqsadga yönalgan asos” (Aristotel) deb, baʼzan esa «inson borliğining ölmas ruhiy asosi» (diniy taʼlimotlarda) deb talqin etiladi.
Baʼzida uxlaganda, tuş körganda jon tanani vaqtinça tark etişi taʼkidlanadi. Xalq oğzaki ijodining noyob namunalaridan biri bölgan. «Alpomiş» dostoni qahramonlaridan biri Barçinning körgan tuşini kanizagi Suq-suroyga aytayotgan quyidagi holatida ham u öz aksini topadi:
Jon jasaddan bir beqaror bölganda,
Ziyon yotib, rahmat toşar bölganda,
Rahmat daryo ayni toşib kelganda,
Tuş köribman fayzi sahar bölganda.
Jon, ruh sözlari bizning şoir va yozuvçilarimiz ijodida ham keng qöllanilgan hamda ularning ahamiyati körsatilgan. Jumladan, Ahmad Yassaviy inson tanasidagi jonning omonatligi, u bir kun tanani tark etişini, şu bois, vaqtni ğanimat bilib, ruhni poklaş zarurligini uqtirib şunday deydi:
Banda bölsang, mehnat topgil odam,
Oqil ersang, ğanimatdur senga şul dam.
Omonatdir aziz joning yurma beğam...
"Jon”, "jonim”, "jonginam” kabi kundalik hayotimizda köp uçraydigan sözlar insonlarning bir-birlariga munosabat quroli hamdir.
Ayrim şoir va yozuvçilarimiz ijodida muhabbat tuyğulari bilan boğliq mayl, vasl, intizor, jondan aziz yor, Vatan, döst kabi sözlar insonning joniga, ruhiga doir holatini, keçinmalarini ifodalab, yaxlit bir ruhiy manzara yaratadi.
Alişer Navoiy: «Jon berib, yori muddaosi uçun,
Balki yuz jon aning rizosi uçun», deb yorning roziligi, muddaosi uçun jonini berişga tayyor insonlar haqida kuylaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa sevikli yorning inson hayotiga maʼno bağişlovçi, umrini uzaytuvçi, jismidagi ruhi ham u bilan boğliq ekanligini taʼkidlab, şunday deydi:
Jonimda mening hayoti jonim sensan,
Jismimda mening ruhi ravonim sensan.
Boburni seningdek özga yöq yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sensan.
Özbekiston qahramoni I.Yusupov: «Jonimni berayin, demasin senga, Bersa, aytmay berar bir dösting bölsin», deya döstning maʼnaviy tarafdan qöllab-quvvatlovçi, yaxşi-yomon kuningda yoningda turuvçi bir qadrdon bölişini, yaʼni döst taningdagi joning kabi bölişi lozimligini aytadi.
Şuni taʼkidlaş kerakki, inson muhabbatining eng uluği Vatanga bölgan muhabbatdir. Zero, insonlar Vatan uçun şirin jonidan keçişi mumkin. Şuning uçun ham jonlarning joni Vatan, deyiladi.
Bir donişmand: «Umr men uçun baridan qimmat, muhabbat umrdan ham qimmat. Lekin elimning ozodligi, tinçligi uçun kerak bölsa ikkovidan ham keçaman», deya Vatanparvarlik tuyğusining naqadar buyuk ekanligini, Vatan uçun jonni fido qiliş lozimligini aytadi.
Muxtasar qilib aytganda, ruh va jon insonlarning tub mohiyatini taşkil qiladigan maʼnaviy asosdir. Zero, ruh va jon soğlomligining takomil nuqtasi maʼnaviy yetuk insondur.
Iroda YaXŞIMURODOVA,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi.
(Foto - http://www.gazeta.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶