Bahodir Xudoyberganov: «Men Sizlarni yaxşi köraman»
Hayot – murakkab, şu bilan birga sir-sinoatlarga töla. Bu hayot böstonida turfa xulq-atvorli insonlar turfa xilda yaşaydilar. Kim uçundir hayot – mol-u mulk, şohona turmuş keçiriş uçun berilgan imkoniyat. Yana kim uçundir el-yurt, ona Vatan kelajagi, baxt-saodati uçun halol va fidoyi mehnat, xayrli taşvişlar bilan yaşaş maydoni. Oqil insonlar hamişa ikkinçi yölni – halollik va fidoyilikni, mehnatsevarlikni tanlaydilar. Ana şu yölda öz baxt-saodat koşonasini tiklaydilar. Bu –xalqqa yaqinlik, yaxşilar hurmat va ehtiromiga sazovor böliş degani.
Taʼbir joiz bölsa, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli yozuvçi va şoir, hamyurtimiz Bahodir Xudoyberganov betakror isteʼdodi, halolligi va fidoyiligi, ayni damda mehnatkaşligi bilan öz xulqini ziynatlagan inson. Nafaqat özi tuğilib ösgan yurt, balki butun mamlakatimiz, hatto qöşni davlatlar miqyosida öz asarlari bilan ming-minglab muxlislari qalbidan joy olib, minglab insonlar hurmat-eʼtiborini qozongan adib. Taniqli yozuvçi bugun tahririyatimizning aziz mehmoni.
- Bahodir oğa, avvalo, tahririyatimizga xuş kelibsiz.
- Rahmat, xuş kördik.
- Öz elingiz, eldoşlaringiz bilan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi orqali uçraşiş, dildan suhbatlaşiş Sizda qanday taassurot uyğotganini bilişni istardim.
- (Mamnuniyat bilan) Juda zör! Men azim Qiliçboy zaminida tuğilib, ösganman. Bu qadim göşa – mening ota makonim. Kindik qonim tomgan aziz tuproq. Har gal Toşkentdan yurtimga oşiqib kelişimning sabablari juda köp böladi. Avvalo, Qoratov bilan Jumurtovga közim tuşişi bilanoq ösmirlik va yoşlik damlarimga guvoh bölgan ona qişloğimning har bitta giyohini soğinib ketaman. Amudaryoning köprigidan ötayotib ayriça hayajon çulğaydi dilimni. Çunki şu köprikdan ötsam bas, har bir odamning qiyofasida otamni, onamni körganday, tuğişganlarimning nazarlarini his qilib turaman. Nima qilay, men Amudaryo zaminini, unga qöşib har bir amudaryolikni yurak-yuragimdan yaxşi köraman. Köpçilik döstlarim havas bilan: "Bahodir, senga mazza, poytaxtda yaşaysan, hurmat-eʼtiboring joyida. Biz yuribmiz, qişloqning urpongli yöllarida”, - deyişadi.
Qarang-a, "qişloqning urpongli yöllari...” Axir bu yöllar Vatanning aziz söqmoqlari-ku! Mening tomirlarimga tutaşgan-ku bu yöllar!
- Bilsangiz, ana şu urpongli dala yöllari meni ulğaytirdi. Xalqimni sevişni, uning uçun fidoyilik bilan mehnat qilişni örgatdi, şu yöllar mening yuragimga maʼnaviyatning yorqin nurlarini olib kirdi, jöralar! – deyman.
Bu – Vatan tuyğusi. Bu tuyğu aziz, qadrli. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi orqali men özim sevgan, özim talpingan xalqim bilan suhbatga çoğlanişim esa – Baxt!
- Bahodir oğa, köpçilik yozuvçi yoki şoir deganda adabiyot sohasida öqib, ijod olamiga kirganlarni köz oldiga keltirişadi. Siz esa...
- Tuşundim, "Siz adabiyot yönalişi böyiça tahsil olmagansiz?” – demoqçisiz. Töğri, men 1980-1986-yillarda Toşkent politexnika institutida öqib, muhandislik diplomini olganman. Lekin ijodkor uçun uning qaysi sohada tahsil olişi emas, balki umummanfaatlari yölida qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy işlari muhimroq, deb öylayman. Qolaversa, qonida yozuvçilik, şoirlik iqtidori gupirib turgan odam uçun heç qaçon ijod maydoni begona emas.
- Adabiy davralarda Sizga öta sermahsul yozuvçi sifatida baho berişmoqda. Tinimsiz ijod bilan şuğullaniş Sizni çarçatib qöyayotgani yöqmi?
- Mening ijodimga ozgina eʼtibordan ham özimni öta baxtiyor his qilaman. Agar meni sermahsul ijodkor, deyişsalar, bundan quvonaman. Albatta, yozganlarim kitobxonlarga manzur bölsa. Boşqalar qanday, bilmadim-u men uçun ijod qilişdan töxtaş – faqirlik. Faqir odamning imkoniyatlari çegaralangan böladi. Agar u ijodkor bölsa, yanayam yomon. Qaynab turgan buloqning töxtab qolişi - eng avvalo buloq atrofidagi nabotot olamiga, qolaversa, şu buloqdan suv içguvçi odamlarga ziyon. Suvsizlikdan qovjiragan giyoh bilan çöllagan odamning holatini bir tasavvur qiling-a! Suvsizlik tabiat uçun ham, inson uçun ham fojia. Aytmoqçimanki, ijodkor – kişi ruhiyatini ezgulik nurlari bilan töldirsa, adabiyot tom maʼnoda xalqni tarbiyalovçi, dunyoni gözallikka boşlovçi qudratga ega. Inson maʼnaviyatining tolmas qanoti ham şu – Adabiyot. Şuni bilib turib, yurak-yuragidan his etib turib ham yozuvçi ijod qilmasligi, unga jon quloğini tutib, kitoblarini uy töridagi javonda ardoqlab turgan eliga ezgu sözi bilan xizmat qilmasligi mumkin emas. Xulosa şuki, men ijod maydonida faqir bölib qolmaslik uçun öz ustimda tinmay izlanaman, mehnat qilaman, xolos.
- Hozirgi paytda 10-15 yaşar şoir-u şoiralar, yozuvçi-yu adiblar köpayib ketgan. Bu adabiyotga eʼtiborsizlikni yoki yoşlar ijodiga eʼtibormi bildiradimi?
- Menimça, har ikkalasi ham. Xalqimizda: "guruç kurmaksiz bölmas”, degan ajoyib hikmat bor. Yaxşi pazanda guruçni kurmaklardan tozalamay turib oşga unnamaydi, töğrimi? Agar eʼtibor bergan bölsangiz, yaxşi kitoblar heç qaçon kitob rastalarida çang bosib turib qolmaydi. Öşa siz aytayotgan ijodkorlarning kitoblariga kelsak, ularning köpçiligi har xil körik-tanlovlar uçun "maxsus tayyorlangan kitoblar”. Sezişimça, bunday kitoblarni tayyorlaşda hammollik qilayotganlar ham yöq emas. Lekin adabiyot halollik va fidoyilik maydoni. Bu maydonda ot surmoq uçun mohir, kuçli çavandoz bölmoq joiz. Qolaversa, kuç va mahoratdan, halollik va fidoyilikdan taşqari, ijodkorda bilim va qatʼiyat bölmasa, sinçkov Adabiyot uni aslo tan olmaydi. Demak, yoşmi, qarimi – özini ijodkor deb bilganlar yozaverişsin. Adabiyot esa özi tanlab, çertib-çertib olaveradi. Axir Adabiyot maydonida adabiy tahlil, adabiy tanqid degan öta murosasiz çiğiriqlar, imtihonlar bor-ku!
- Sizning "Oy nurlari sönmaydi” romaningiz kitobxonlar tomonidan ham, adabiyot ahli tomonidan ham yaxşi kutib olinganini bilamiz. Yaqinda şu romaningizning ikkinçi naşri sotuvga çiqarildi, oradan heç qança vaqt ötmay, ketma-ket "Qöynimdagi qotil” va "Ayol armoni” romanlaringiz naşr etildi, bu adabiyot olamidagi biznesmi yoki şaxsiy reklamami?
- Heç qaysisi emas! Agar men ijodda biznes yoki şaxsiy reklama haqida öylaganimda edi, allaqaçon milliarder boyvaçça bölib ketardim, bu qölimdan kelardi. Ijodkor uçun xalqning, zukko kitobxonlarning eʼtirofi, hurmat-ehtiromi har qanday boylikdan ham muhimroq. "Oy nurlari sönmaydi” romanim kitobxonlar talabidan kelib çiqib qayta naşr etildi. Undan taşqari, "Oqibat”, "Soğinç”, "Asrangan oltin”, "Taqdir öyinlari”, "Lafz”, "Öqilmagan maktub” kabi 10 ta kitobim naşr etilgan bölsa, ularning barçasi sotilib ketdi. Xalqqa manzur bölgandirki, kitob dökonlari peştaxtalarida turib qolgani yöq. Ana şuning özi menga boylik. Tunlari uxlamay, öz asarlaring qahramonlari bilan hamnafas yaşab, azob-uqubat çekib kitobni tartib etsang-u unga kitobxon qayrilib qaramasa, yozuvçiligingdan ne naf?
- Kitoblaringizga qança gonorar (qalam haqi) olasiz?
- (Kulib) Mehnatimga yaraşa-da!
- Masalan, "Qöynimdagi qotil” romaningiz 5000 nusxada çop etilgan ekan...
- Bunday köp nusxada çop etilgan asarlarim uçun 5-6 million atrofida qalam haqi berişadi. Nima desam ekan, bu qalam haqi yozuvçining mehnati qoşida heç narsa emas. Tinimsiz öqiş, izlaniş, tunlarni bedor ötkaziş, matn teriş..., to kitob holiga keltirgunça qilinadigan mayda-çuyda sarf-xarajatlarni jamlaganda, bu gonorar heç qanday toş bosmaydi. Yuqorida aytganimday, yozuvçida moddiy manfaatdorlik hissi ustun bölsa, u yozuvçi emas. Bunday ijodkor xalq diliga kira olmaydi. Kemtik köngillarga malham bölgulik söz topa olmaydi u. Hayotdagi maʼnaviy böşliqlarni töldiriş tugul, özi maʼnan bemor böladi uning. Yozuvçi – hayotning sanitari, kişi ruhiyatining muhandisi.
- Şuning uçun ham asarlaringizda nur bilan zulmat oraliğidagi kuraşlar, jaholat va razolat botqoğiga botgan kimsalar bilan halollik va haqiqat sari intilgan insonlar örtasidagi töqnaşuvlar hayotdagiday aks ettirilgan ekan-da! Qahramonlaringizning hayotda prototiplari bormi?
- Töğri, mening qahramonlarimning barçasi maʼlum maʼnoda biz bilan hamnafas yaşagan, yaşayotgan insonlar. Maqsadim, asarlarimni öqigan insonlar hayotdan töğri xulosa çiqarsalar, bu hayotning qadr-qimmatini bilsalar, yaxşilik tomon heç bölmasa, birgina ezgu qadam qöysalar. Ustozlarimiz aytardilar: "Sen elingga mingta söz aytib, boşini qotirma. Birgina, atigi bittagina söz ayt – şu söz elni ezgulik sari tebratsin!”.
Men takror va takror aytaman: men yozuvçiman, qurolim ham, boyligim ham oddiy Söz! Agar muxlislarim mening asarlarimni öqib, ulardan hayotiy xulosalar çiqarsalar, undan ibrat olsalar, demak, mening mehnatim öz qadrini topibdi. Ezgu Sözning elni tebratgani şu!
- Amu elidan yetişib çiqqan taniqli yozuvçining oilaviy hayoti barçani qiziqtiradi.
- Nima desam ekan, barça qatori oddiy özbek oilasining baxtli sohibiman. Vafodor umr yöldoşim, ikki nafar farzandim bor. Toşkent şahrining Sirğali tumanida yaşayman. "Qadriyat” gazetasi tahririyatida boş muharrir örinbosari lavozimida işlayman. Ğurur bilan aytamanki, men aziz Amudaryo elimning Qiliçboy qişloği bolasiman!
- Ijodiy rejalaringiz, "Taraqqiyot közgusi” gazetasi muştariylariga tilaklaringiz.
- Ijodkorning rejasi ham, orzulari ham köp böladi. Men şunday bir asar yozsamki, uning har bir satrida Amu böylarining, Qiliçboy boğlarining ajib harorati ufurib tursa, Istiqloldan nur emgan dalalar, taraqqiyot manzaralari bor böyi bilan qad rostlasa...
- Gazeta muxlislariga, aziz el-doşlarimga dilimdagi eng ezgu tilaklarimni baxş etib, ularni, aziz xalqimni bağrimga bosib qolaman:
- Men Sizlarni juda yaxşi köraman!
- Mazmunli suhbatingiz uçun taşakkur.
- Minnatdorman.
Suhbatdoş Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶