OʻZINI-OʻZI OʻLDIPISh – FOSIQLIKDIP
Alloh taolo inson zotini azizu mukarram qilib yaratgan. Uning shaʼnini ulugʻlab, yer yuzidagi barcha narsalarni uning manfaati uchun paydo qilgan. Insonning shaʼniga, moliga, joniga nohaq tajovuz qilishni harom qilgan. Uning hayotini saqlashni Islom shariatining asl maqsadi qilib belgilab qoʻydi. Qurʼoni Karimda bular haqida shunday bayon etilgan: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp jonzotlardan afzal qilib qoʻydik”. (“Isro” surasi, 70-oyat).
Demak, Alloh aziz qilgan insonning joniga qasd qilib, uning qonini toʻkish eng ogʻir gunoh sanaladi. Qurʼoni Karimda aytiladiki: “Biror jonni oʻldirmagan yoki Yerda (buzgʻunchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni oʻldirgan odam xuddi hamma odamlarni oʻldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (oʻlimdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir” (“Moida” surasi, 32-oyat).
Boshqa oyati karimada Alloh taolo aytadi: “Alloh taqiqlagan jonni nohaq qatl qilmangiz! Aql yuritishingiz uchun (Allohning) hukm qilgani shu(lar)dir” (Anʼom surasi, 151-oyat).
Qurʼoni Karimda insonni oʻzining yashash huquqiga tajovuz qilishdan qaytarib: “Oʻz qoʻlingiz bilan oʻzingizni halokatga tashlamangizlar”. – deyilgan. (“Baqara” surasi 195-oyat)
Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham oʻz hadisi shariflarida oʻzini-oʻzi oʻldirish harom ekanligi, bunday ishni qilgan kishiga oxiratda qattiq azoblar bor ekanligi haqida aytib oʻtganlar. Jumladan, bir hadisda: «Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qilurki: «Bandam oʻzini-oʻzi oʻldirib, Mening unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim».
Yana bir hadisda: “Kimki oʻzini temir parchasi bilan oʻldirsa, u kishi oʻsha temir parchasi qorniga suqilgan holda qiyomatda jahannam oʻtida abadiy qolur. Kimki oʻzini zahar bilan oʻldirsa, u kishi oʻsha zahar bilan qiyomat kunida doʻzax azobida doimiy azoblanur”, degan boʻlsalar, boshqa hadisda: “Kim oʻzini biror narsa bilan oʻldirsa, qiyomatda oʻsha narsa bilan azoblanadi”, deganlar.
Boshqa bir rivoyatda esa: “Kimki oʻzini togʻ tepasidan tashlab oʻldirsa, oʻlgandan keyin ham jahannamda shu xil azobga giriftor boʻladi. Oʻzini suvga tashlab yoki osib, kuydirib oʻldirgan kishilarning hukmi ham uning hukmi bilan barobardir”, deyilgan.
Ming afsuslar boʻlsinki, hozirgi kunda baʼzi insonlarda sabr-u matonat yetishmay, oʻz jonlariga qasd qilayotganlarining guvohi boʻlib turibmiz. Buni Alloh bergan hayotga noshukurlik oqibati deb baholashdan oʻzga chora yoʻq. Bunday mudhish holatlar nafaqat Islom taʼlimotiga, balki Alloh taoloning qazoi qadariga ham tugʻyon qilish, unga qarshi borish demakdir.
Oʻzini-oʻzi oʻldirish naqadar ogʻir gunoh ekanligini shundan ham bilish mumkinki, Pasululloh (s.a.v) bunday ishni qilgan kishiga janoza namozini oʻqimaganlar.
Islom shariatida oʻzini-oʻzi oʻldiruvchilar haqida maxsus fatvolar berilgan.
Maʼlumki, oʻzini-oʻzi oʻldirgan kishining janozasini oʻqish paytida har xil gap-soʻzlar chiqa boshlaydi. Bu bejizga emas, sababi fiqh kitoblarida oʻz joniga qasd qilib, oʻzini-oʻzi oʻldirgan shaxslarga ayrim ulamo va fuqaholar janoza namozi oʻqimaslik toʻgʻrisida fatvo ham berganlari bu jinoyatni amalga oshirayotgan, irodasi sust kishilarga keskin ogohlantirishdir.
Alloh taolo barchamizni bunday ulkan gunohlardan saqlanishga va doimo Oʻzi-ning itoatida boʻlishga, ayni paytda hayotdan mazmunli foydalanishimizga muvaffaq aylasin. Omin!
A.Matsapoyev, “Yusuf eshon bobo”
jomeʼ masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶