21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 01:18
Maqolalar 👁 554

IZHORI DIL

IZHORI DIL

Hayotdagi eng begʻam, betashvish, jamiki narsalarga hayrat koʻzi bilan qaraydigan masʼum bolalik davri birga kechgan, bir ota-ona farzandlariday quvonch-u shodliklarni birga baham koʻrib ulgʻaygan va ulgʻayib, har biri palaxmon toshiday turli yoqlarga otilib ketgan ikki qadrdon oradan yillar oʻtib, yana oʻzlari ulgʻaygan koʻcha boshida tasodifan uchrashib qolishdi. Yelkasiga roʻzgʻor tashvishi tushgan yigit ikki qoʻlida ikki toʻrxalta — bozor qilib, qiz esa xorijda oliygohni tugatib qaytayotgandi. Qiz qadrdon goʻshasiga yetishga oshiqib, goʻyo qanot bogʻlab uchmoqchiday oldinga talpinardi. U nogahon yigitni koʻrdi-yu... jamiki hissiyotlari zumda unutilib, unga tikilgancha turib qoldi. Ular bir-birlarini qanchalik qattiq sogʻingan boʻlsalar-da, biron nima deyishga tillari aylanmas, kulimsiragancha bir-birlariga qarab, goʻyo qotib turishardi. Ular oʻtayotgan daqiqalarni sezmas, yillar karvoni zimmalariga ortgan yuk zalvorini unutib, bir-birini koʻrib turganidan boshi osmonda edi.

Qishloqqa osuda yoz oqshomi qoʻna boshlagan, odamlar kundalik yugur-yugurlardan horib, uy- uylariga kirib ketgan, atrof kimsasiz boʻlsa-da, hovlilardan gʻala-gʻovur ovozlar eshitilib turar, ularning bu tarzdagi hech bir musavvir chiza olmaydigan darajadagi holatini tomosha qilgulik jon yoʻq edi. Tabiiyki, hech kim hol ham soʻramasdi.

— Oʻzingmisan? Qaytdingmi?— nihoyat hushiga keldi yigit.

— Oʻqishim tugadi, qaytdim. — Savol ham, javob ham qisqa edi. Ular uylari tomon, hoʻ-oʻ koʻcha oxir-rogʻidagi, olis bolalik xotiralari muhrlangan qadrdon hovlilari tomon yura boshlashdi.

— Uylanibsan? Qaydan topding? E... yoʻq... qanday topishdinglar, demoqchiydim.

Aslida qiz unga nega uylanding, demoqchiydi, oʻz savolidan oʻzi oʻngʻaysizlanib ketdi. Axir uylanish yo uylanmaslik har kimning oʻz ishi... Qolaversa, qiz yigitning oʻzini jonidan ortiq koʻrishini bilsa ham hech qachon tiliga olib iqror boʻlmagan, xorijga — oliygohga oʻqishga joʻnayotganida kuzatgani chiqqanida ham faqat qiz eshitguday past ovozda “Seni sogʻinsam nima qilarkinman-a”, degandi xoʻrsinib. Necha yillarki, shu birgina soʻz qizning qalbini yoritib, u bilan boʻlajak baxtiyor turmushiga kafolatdek qulogʻida qayta-qayta jaranglardi. Shu birgina soʻz musofir yurtlarda ota-onasi, oilasi, yurti sogʻinchidan bagʻri pora-pora boʻlgan damlarda unga suyanch boʻlgan, qiyinchiliklarni yengishga undagan. Bundan bir yilcha muqaddam yigitning uylanganini eshitganida... ehh... yaxshisi... u kunlarni eslamagani maʼqul.

Yigit qizdan oldinroq hushiga keldi. Qizning qoʻllaridan yuklarini olib, oʻz yuklariga qoʻshib koʻtardi va oldinga imladi:

— Qani ketdik. Koʻchada turgani kelmagandirsan?

Qizning savoli javobsiz qolmasligi uchun oʻzicha hazillashmoqchi edi, oʻxshamadi:

— Qayerdan topganimni ... aytaymi, shu... yoʻlda ketayotib, bir narsaga qoqilib ketdim. Qarasam — qiz ekan, uylanib qoʻyaqoldim.

U shunchalik begʻubor jilmayib turardiki, ayblashga koʻngli bormasdi, qizning. Yana “qovun tushirib” qoʻydi:

— Qiziq menga kim qoqilib ketarkan-a?

Yigit uning soʻzlarini eshitib taqqa toʻxtadi, koʻtarib kelayotgan yuklari sekin sirpanib, qoʻllaridan yerga tushdi. Keyin huvv, oʻsha oʻqishga joʻnayotganidagi kabi alamli xoʻrsindi:

— Bunday dema, bunday dema! — dedi u deyarli shivirlab. Biroq juda ozorlangan koʻyi tutilib, tutilib gapirardi. — Sen axir... yerda emas... osmonlardasan...mening qoʻlim yetmadi ...senga!

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026