21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:56
Jamiyat 👁 2,938

Valentin kim oʻzi?

Valentin kim oʻzi?

OMMAVIY MADANIYaT — MAʼNAVIYaT KUShANDASI

Gazeta tahririyati. Bu yerga odamlarni baʼzan hayot tashvishlari, muammolar, baʼzan quvonch yetaklab keladi. Biz ularning tashvishlariga yelka tutmoqqa, muammolarini hal etmoqqa intilamiz, quvonchlariga sherik boʻlamiz, goʻyo oʻz muammolarimiz hal boʻlayotganday, yelkamizdan togʻ agʻdarilganday sezamiz oʻzimizni. Oʻzganing quvonchini oʻzimiznikiday qabul qilib, barcha bilan birga baham koʻrish uchun har lahza shaylanib turamiz. Ana shu tuygʻular bizni yozishga, hayotimizdagi jamiki yaxshiliklarni xalqimiz bilan birga baham koʻrishga undaydi.

Ammo... Ammo bugun meni yozishga undagan sabab tomoman boshqa  narsa – mohiyatan bizning mentalitetimizga yot bir holatki, bu haqda jurnalist sifatida fidoyilik qilmasligim, jon kuydirmasligim aslo mumkin emas.

                                     Hijronda kuygan "shoiralar”

Odatdagi ish kuni. Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablaridan birida tahsil olayotgan ikki nafar qizaloqni suratchi-muxbirimiz Mahmudjon Shomurodov xonamga boshlab kirdi. Qizaloqlar bilan tanishib oldik (maʼnaviy-axloqiy masalalarni hisobga olib, qizaloqlarning manzil va ismini sir tutdik). Sheʼrlar yozisharkan. Daftarlar toʻla gʻij-gʻij sheʼr. Fikrlari yomon emas, oʻqiy boshladim. Lekin meni hayratga solgan narsa shu boʻldiki, hali oʻrta maktabning 7-8-sinflarida oʻqiyotgan qizaloqlarning allaqanday Valentin ismli shaxsni muhabbat maʼbudi darajasiga koʻtarib, hatto Valantinning boshiga tushgan musibatni oʻzi boshidan kechirganday qabul qilib:

"Oh, hijrondan vujudim yonar,

Valentinday yuragim qonar.

Yuragim qoniga gʻarq boʻlaman,

Men ham sevgimni deb oʻlib qolaman”.

Sheʼrni hech bir tahrirsiz keltirdim. Qofiya joyida, vazn esa tumtaroq. Oʻqigan odamga, sheʼriyat muxlisiga bu satrlar nima beradi? Hech nima! Endigina 12-13 yoshdagi oʻsmir qizning "yuragini qonatib”, hatto kuydirib, qogʻozga toʻkilgan sheʼrdagi Valentin kim oʻzi?

- Valentin kim ekan? – savol berdim.

Qizlar jimgina bosh egishdi. Garchi oʻzim uyalib  tursam-da yana soʻradim:

- Valentin ismli yigitni sevasanmi?

Ikkala qizaloq ham "shuniyam bilmaysizmi?” – deganday menga istehzo bilan boqishdi.

Toʻgʻrisi, huzurimdagi qizaloqlarni hamma narsadan, hatto sevgi satrlari pala-partish yozib tashlangan, oʻzlari uchun aziz boʻlgan qoʻllaridagi daftarlaridan ham qattiq qizgʻandim. Va ushbu maqolani yozishga jazm etdim.

"Valentin kuni” muhabbat bayramimi?

Xuddi menga oʻchakishganday shu kunning ertasiga ishga kelayotib yana bir "Valentinparastlar”ga duch kelib, taʼbim battar xira boʻldi. Oʻqishga shoshilib ketayotgan 7-8 nafar yoshlar yoʻlakda men bilan bab-baravar odimlashardi. Chugʻurlashib gaplashib borayotib, bot-bot toʻxtab nimanidir muhokama qilishayotganidan bildimki, oʻquvchi-yoshlar "Valentin kuni”ni nishonlash uchun oʻrtaga pul yigʻishardi. Ana xolos! Yana "Valentin”. Ularning gaplaridan yana shuni angladimki, oʻsha kunni – 14-fevral sanasini  har galgidan oʻzgacha qilib oʻtkazish, davomli sevgi maktublari bitish zarurligi haqida biri olib-biri qoʻyib gap talashardi yoshlar. Yana jurnalistligimga bordim:

- U qanaqa kun ekan, bolalar?

Oʻsmir yoshlarning biri kulib, biri jiddiy tortib menga ajablanib qarashdi.

- Muhabbat bayrami kuni-ku!

Bir necha ovoz joʻrligidagi bu javobdan toʻgʻrisi, jonim ogʻridi. Biz farzandlarimiz tarbiyasiga loqaydmizmi yoki ularning hayotga qarashlari shunchalik sayozmi, deya kuyundim. Axir bir toʻda yoshlar qarshimda "Siz hali muhabbat bayramini ham bilmasizmi?” deganday istehzo bilan boqib turishsa? Boz ustiga, bu kunni nishonlash uchun falon soʻmdan oʻrtaga pul yigʻayotganlariga jim qarab turish mumkinmi? Demak, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongidagi maʼnaviy boʻshliqni yuksak axloqiy-tarbiyaviy omillar bilan toʻldirishga shoshilishimiz kerak. Toki, bu maʼnaviy boʻshliqni oʻzgalarning yot mafkurasi egallab olmaslaridan burun shoshilishimiz zarur, shart!

Valentin kim oʻzi?

Xoʻsh, yoshlarning qalbini mahv etish darajasidagi "muhabbat maʼbudi” – "Valentin” oʻzi kim? Nima uchun yoshlar koʻr-koʻrona bu shaxs nomini tilga olayotir. Oʻsmir qizaloqlarimiz ishqiy sheʼrlar yozib, "Valentinday sevgi yoʻlida qurbon boʻlish”ga oshiqayotir?

Men ushbu maqolani yozishdan avval juda koʻp tarixiy manbalarga murojaat qildim, entsiklopediyalarni titkiladim, turli matbuot nashrlarining taxlamlaridan bu shaxs xususidagi maʼlumotlarni axtardim. Va qatʼiy bir xulosa chiqardimki, Valentin – hech qanday yo ilohiy, yo jismoniy kuch-qudrat sohibi emas. U hech kim emas, aziz yoshlar! Valentin – hatto nafratga loyiq shaxs. U insoniyat hayotida hech qanday rol oʻynamaydi ham. Bu shaxs haqidagi haqiqatni bilmoqchi boʻlganlarga qatʼiyat va ishonch bilan ayta olamanki, bu – "Valentin kuni”ni oʻylab topib, yoshlar ongini buzishni, maʼnaviy  qadriyatlarimizni tanazzulga olib borishni maqsad qilgan missionerlarning hiyla-nayranglaridan  biri, xolos. 

Tarixiy manbalarga koʻra, eramizdan uch asr avval Rimning Tern shahrida tugʻilgan bu shaxs oʻz kasbiga xilof ravishda sevgi maktublarini yoza boshlaydi. Oqibatda, ibodatxonadan quvgʻin qilinadi. Vaholanki, rohiblar aslida sevish u yoqda tursin, tarki dunyo qilib yashashni istagan toifa odamlardir. Bu jihatdan Valentin oʻz tanlagan yoʻliga, eʼtiqodga xiyonat qilgan shaxs hisoblanadi. Valentin yashagan davrda Rim imperatori Klavdiy oʻzi boshlab qoʻygan qonli urush  rejalarini amalga oshirish uchun gʻalati bir farmon chiqaradi. Ushbu farmon mazmuni qisman shunday boʻlgan: "Rim jangchilari qizlar bilan uchrashmasin va uylanmasin...”

Oʻzi rohib boʻlaturib Valentin imperator farmoniga birinchi boʻlib qarshi chiqadi va zindonga tashlanadi. Va eramizdan  oldingi 273-yilning 14-fevral sanasida Valentin qatl etiladi. Shundan soʻng u nasroniylar orasida "muhabbat qurboni” degan nom oladi.

Aziz yoshlar, endi bir yaxshilab oʻylab koʻraylik. Kimningdir oʻlgan kunini "bayram” sifatida nishonlash mantiqan toʻgʻrimi? Qolaversa, imperator Klavdiy Valentin yashagan davrda pravoslavlarga qonli mahorabalar olib borgani bois, hatto slavyanlarning oʻzlari ham Valentin ismli bu shaxsni eʼtiborga olishmagani tarixdan maʼlum. Bundan ham ajablanarli tomoni – MDH doirasidagi davlatlarning birortasida ham "Valentin kuni” bayram qilinmaydi. Masalaning yana bir jihati shundaki, rohiblar oila qurish, sevib-sevilish tuygʻularidan voz kechib, tarki dunyo qilgan, oʻz umrlarini Yaratganning oʻziga bagʻishlagan shaxslardir.

Yana bir narsaga eʼtiboringizni jalb etishni lozim topdim. Nasroniylar insonning tugʻilgan kunlarini doimo xursandchilik bilan, bayramday nishonlashadi, dunyodan oʻtganlarni esa xotirlashadi, xolos.

                    Oʻzini anglagan soʻzini anglaydi

Ana endi yaxshilab oʻylab koʻraylik. Bizning din-u mazhabimizga, milliyligimizga tamoman yot boʻlgan bu "bayram” kimga kerak? Oʻgʻil-qizining qoʻliga pul tutqazayotgan ota-ona fevral oyida mamlaktimizda qanday bayramlar nishonlanishi haqida nega oʻylab koʻrmaydilar? "Valentin kuni” nomi bilan yoshlarimiz ongini zaharlayotgan bu "yasama bayram” aslida bizning goʻzal hayotimizga raxna solishga urinayotgan missionerlarning nayranglaridan biri emasmi? Chunki mafkura maydonida sinovdan oʻtgan eng maqbul yoʻl – millat yoshlarining ongini zaharlash ekanligini missionerlar juda yaxshi bilishadi. Internet saytlari, turli xil radiokanallar taʼsirida hissiyotga beriluvchan yoshlarimiz jimjimador ishqiy nomalar, dil izhorlari bitish bilan band boʻlib tursalar, ularning ilm olish, kasb-kor oʻrganish xususidagi orzulariga putur yetsa, missionerlar oʻzlarining gʻarazli niyatlariga juda osongina  erishadilar, yoshlarni xohlagan tomonlariga egib oladilar. Oqibatda hayotimizdagi maʼnaviy boʻshliq tobora kengayib boraveradi, maʼnaviy-tarbiyaviy sohada muammolar yuzaga kelaveradi. Missonerlarning maqsadi shu. Buni nainki  oʻsmir-yoshlarimiz, balki ularning ota-onalari ham yaxshi anglab yetishlari zarur.

Yana shuni aytishni istardimki, oʻsib kelayotgan yosh avlod Valentin ismli shaxsdan ham, "Valentin kuni”dan hm nafratlanmogʻi kerak. Chunki yuqorida aytganimday,  birinchidan, Valentin – avvalo xiyonatkor shaxs – u oʻz eʼtiqodiga xiyonat qildi. Ikkinchidan, Valentin – oʻz mamlakati qonunlarini oyoq-osti qildi, oʻz qavmi nomiga isnod keltirdi. Oʻz qavmdoshlari slavyanlar nomini tilga olmayotgan bu shaxsni bizning millatimiz yoshlari eʼzozlayotganlari umuman mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Bu borib turgan gumrohlik emasmi?

Yoshlarimizga baralla aytaman: "Valentin kuni” bilimsiz, ahmoq odamlarning xayoli. Bunday xayolda yashash – badxulqlikdir, maʼnaviy qadriyatlarimizga nisbatan hurmatsizlikdir. Agar bilsangiz, aqlli inson haqiqiy muhabbat tuy-gʻusini halol kasb-kordan topadi va oʻz hayot yoʻlini ana shunday ulugʻ tuygʻular bilan bezaydi. Qolaversa mustaqil, ozod va obod Vatanimizda har bir kun bayram. Soʻz mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi  Mir Alisher Navoiy tavalludi ayyomi – 9-fevral eng ulugʻ maʼnaviy-maʼrifiy bayram-ku, aziz yoshlar! 14-fevralda esa ulugʻ shoh va shoir, vatanparvarlikning buyuk timsollarini yaratib ketgan Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavallud ayyomi! Faqat oʻzbek millati emas, balki butun dunyo xalqlarining qalb koʻzlarini ochib, oʻz ijod durdonalari ila nurafshon etgan ulugʻ bobolarimizning tavallud ayyomlarini nishonlab, bir-birlarimizni muborakbod etsak, ular qoldirgan bebaho maʼnviy merosdan bahramand boʻlsak – bu umrimizga yetgulik buyuk xazina  - hayotimizni bezagulik ulugʻ ayyom emasmi, aziz yoshlar?!

Xalqimizda ajoyib bir hikmat bor: "Oʻzini anglagan soʻzini anglaydi”, deydilar. Soʻzini anglagan inson esa bilimli, oʻz millati qadr-qimmatini yuksak tutguvchi maʼnaviyatli shaxsdir. Aytmoqchimanki, millatimizga, sharqona hayot tarzimizga zid boʻlgan begona qarashlarga berilmay, oʻz qadr-qimmatimizni baland tutib yashaylik, aziz yoshlar!

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://zarnews.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026