14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:23
Maqolalar 👁 632

ENDI YoMON DADA BOʻLMANG, DADAJON!

ENDI YoMON DADA BOʻLMANG, DADAJON!

(Kichik hikoya)

Komiljon mansab pilla-poyalaridan tez koʻtarildi. Uning boshqalarday “zar”i ham, “zoʻr”i ham yoʻq, nimagaki erishgan boʻlsa, bari oʻzining halol mehnati, intilishlari tufayli edi.

Uning topish-tutishi roʻzgʻorini obod etishga bemalol yetar, shuning uchun ayolining ishlashiga qarshi boʻlib, bolalari tarbiyasi bilan mashgʻul qilib qoʻygandi. Chunki u deyarli har kuni ishdan kech, horib-charchab, asablari qaqshab kelardi. Tabiiyki, bunday vaqtlarda ikki qizi, endi qadam bosib kelayotgan oʻgʻli shovqin-suroniga roʻy-xush bermas, bagʻriga olib ular bilan oʻynashga holi boʻlmasdi. Uning bir zardasi bilan uchovi ham jimib qolardi.

Ramazon oyi kunlaridan birida Komiljon odatdagidan ertaroq qaytib, iftorlikka chaqirgan qoʻshnisinikiga chiqdi. Yigʻilganlar taomlanib boʻlishgach, bergan rizq-nasibasi uchun Yaratganga shukrona aytib, fotiha oʻqildi, choy ichib, u yoq-bu yoqdan gurunglashib oʻtirishdi. Suhbat mavzui turlicha edi.

Komiljon har yili ramazon oyida garchi roʻza tutib, iftorlik berishni, xayr-ehson qilib turishni kanda qilmasa ham, bunday tadbirlarda deyarli ishtirok etolmas, koʻp vaqti ishxonada oʻtar, qolaversa, koʻpchilik bilan oʻtirishni oʻzi ham koʻp xushlayvermas, vaqtini qizgʻanardi. Biroq, bugun u negadir koʻngli tortib keldi, davradoshlarining goh ramazon oyi xosiyatlari, goh savob va gunoh amallar, goh chor-atrofdagi hayot haqidagi suhbatlarini tinglab, bu borada oʻzining tasavvuri juda sayoz ekanini, nega bu haqda avvallari oʻqimay, bunday davralarga kelmay, omi boʻlib yurganiga hayron boʻldi. Endi bilsa, iftorlik ham bir saboq ekan. Buni, hatto oʻzi iftorlik berganida ham bemalol oʻtira olmaganidan anglamagan ekan-da, ajab!

Uning xayollarini yonginasida oʻtirgan otasining tengquri Olim akaning soʻzlari boʻldi:

– Yoʻlda ertalab bir ayol besh-olti yashar bolasini zarda bilan yozgʻirib, bogʻchaga olib ketayapti. Bola nimadir deb xarxasha qilayapti, onasi uni jerkib, tezroq yurishga undaydi, bolasini tinglashni oʻylamaydi ham. Koʻrib, bolaga jonim achidi. Hozir koʻpchilik yosh ota-onalar bolalariga eʼtiborsiz boʻlib ketayapti, oʻz navbatida erta bir kun bola ham ularga mehrsiz boʻlib ulgʻayishini oʻylashmaydi.

– Birovlar pul topib, yedirib, yaxshi kiyintirib qoʻysa, bolalarga shu kifoya deb oʻylaydi. Aslida, farzandga avvalo mehr kerak, – gapga qoʻshildi yonidagi kishi.

– Oilasini taʼminlamay, mehr ham bermaydiganlar bor, – dedi yana biri.

– Ha, toʻgʻri, – dedi koʻchaboshchi oqsoqol. – Farzandingizga yaxshilik qiling, ajru savobini men beraman, degan marhamati bor Yaratganning. Buni yoshlarga koʻproq tushuntirish bizning ishimizda, birodarlar.

Suhbat davom etardi. Biroq endi Komiljon deyarli hech narsa eshitmas, eshitganlarini ham anglamas, koʻz oʻngiga oʻz oilasi, ishdan kelgan paytlarida qoʻrqqanidan yarim ovozda soʻzlashadigan qizlari, uning tinchini buzib qoʻyishdan choʻchib, oyoq uchida yuradigan, gapini oʻylab, uning avzoyiga qarab gapiradigan ayoli keldi. Yaqin orada biron farzandini bagʻriga bosib erkalamaganini, mehrini izhor etmaganini, ayoli bilan ham dildan suhbatlashmaganini esladi. Itoatkor ayoli esa doim uning koʻngliga qarab, bolalariga dadasi ishdan charchab kelganini, shovqin qilmay oʻtirishini tayinlaydi, hatto dasturxon yozgan vaqtida ham erini bezovta qilmaslik uchun kichkinasini bir qoʻlida koʻtarib yuradi. Komiljon esa...

Shunday vaqtlarda hech boʻlmasa, uning qoʻlidagi bolani olib turay, ham demabdi. Shunchalar toshbagʻirmiding-a?! Faqat roʻzgʻoringni toʻkis qilishmidi, sening vazifang?

U uyiga kirib kelganida katta qizi xonasida rasm chizib oʻtirar, kichkinalari uxlab qolishgandi. Dadasining koʻzini uzmay oʻziga qarab turganiga “nega uxlamading”, deb koyimoqchimi, degan xavotirda Lola boshini qogʻoz ustiga yana ham egdi. Nogahon dadasining:

– Nima yasayapti, mening qizim, – deya yoniga kelib oʻtirganiga ajablanib, boshini koʻtarib qaradi. Qaradi-yu, uning koʻzlari mehrdan porlab, jilmayib turganini koʻrdi.

– Iya, mushuk rasmi-ku. Oʻzimizning mushugimizni chizdingmi, Lola? Kel, senga koʻmaklashaman.

U qizining qalam tutgan qoʻlini oʻz qoʻli bilan harakatlantira boshladi.

– Mana bunday, junlari hurpayib turadi, jahldorda mushugimiz, mana shunday...

Qogʻozdagi mushuk timsoli tobora sayqallanayotgan boʻlsa-da, Lolaning nigohlari dadasida edi, bu mashgʻulot unga juda yoqayotgan, hatto yana necha-necha mushuklar rasmini chizishga tayyor edi.

– Ana boʻldi, qizim. Rasming juda chiroyli chiqibdimi-a? – Komiljon rasmni obdon tomosha qildi. Keyin nimalar bilandir mashgʻul boʻlib yurgan ayoli-ni chaqirdi:

– Buyoqqa qara onasi, bir narsa koʻrsatamiz.

Lola dadasining shivirlab aytganiga koʻra, chizgan rasmini orqasiga yashirib turdi.

– Ha, nimaydi, – qizining xonasiga kirib kelgan Munisa yuzlarida tabassum oʻynab turgan ota-qizni koʻrib hayron boʻldi:

– Nima koʻrsatasizlar?

– Rasm! Mushugimizning rasmi!

Munisa ham kutilmagan vaziyatdan, ham bolalarga xos tasavvur mohirlik bilan ifoda etilgan rasmdan hayratga tushdi.

– Oʻzing chizdingmi, qizim?

– Ha, oʻzi chizdi, men koʻmaklashganim yoʻq, bir oʻzi chizdi, – dedi ayyorona kulib Komiljon. Keyin oʻrnidan turib qizini dast koʻtarib, tepaga irgʻitdi. – Mening qizim, shunday zoʻr qizda, zoʻr qiz!

Qizaloq otasi har tepaga otganida qiyqirib kular, entikib ketgan boʻlsa-da, yuzlarida quvonch porlardi.

Nahot bolalarni baxtiyor qilish uchun haligi amaki aytganlariday, ozginagina eʼtibor kifoya qilsa? Komiljon shunday oʻylar ogʻushida qizini bagʻriga qattiq bosdi. Shunda... shunda... oʻzi ham kutmagan, qandaydir bir rohatbaxsh tuygʻuni vujud-vujudidan his etdi. Bu ota mehridan yayragan norasida koʻngil quvonchi aks-sadosimi, yo iftorlikdagi otaxonlar gurungidan olgan sabogʻi sharofati – oʻz otalik burchini anglash baxtimi – oʻzi ham bilolmadi. Uning xayolini qizalogʻining yalinchoq ovozdagi iltijosi buzdi:

– Endi yomon dada boʻlmang, dadajon, xoʻpmi? Men sizning yaxshi dada boʻlishingizni xohlayman!

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019